102
Yog‘lar organizmga issiqlik beruvchi asosiy modda hisob-
lanadi.Yog‘lar o‘simlik va hayvonlardan olinadi. O‘simlik
yog‘lari paxta, zig‘ir, kungaboqar, zaytun, soya kabi o‘sim-
liklarning mag‘izlaridan olinadi. Eng yaxshi yog‘ sut mahsu-
lotlaridan olinadi. O‘simlik yog‘lari ham har xil taomlar va
salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Hayvon yog‘lari mol, qo‘y
kabi hayvonlar teri osti va ichki charvi yog‘laridan olinib,
ular organizmda qiyin hazm bo‘ladi.
Uglevodlar (shirin moddalar) organizm uchun asosiy quv-
vat, issiqlik manbayi hisoblanadi. Uglevodlarning asosiy man-
balari: qand, asal,
shirinliklar, ho‘l mevalar, sabzavotlar, sut
va don mahsulotlaridir. Uglevodlar organizmda tez va oson
hazm bo‘ladi.
Kishining normal o‘sishi va rivojlanishi, kasalga chalinmas-
ligi uchun vitaminlarning ahamiyati juda katta. Vitaminlarning
asosiy manbalari sabzavot va mevalar, don mahsulotlari, ba-
liq, sut va sut mahsulotlaridir.
Kishi organizmi uchun zarur bo‘lgan
oziq moddalarni har
kuni iste’mol qiladigan taom va oziq-ovqat mahsulotlari orqa-
li qabul qiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Sut va sut mahsulotlari.
2. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari.
3. Don va don mahsulotlari.
4. Sabzavot va mevalar.
5. Oziq-ovqat yog‘lari.
6. Qand va qandolatlar.
Sut tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan barcha mod-
dalar mav
jud. Bundan tashqari, organizmdagi kasalliklarni
yo‘qotuvchi va oldini oluvchi moddalar bor. Sut mahsulotla-
riga qatiq, tvorog, suzma, pishloq, qaymoq, sariyog‘ va bosh-
qalar kiradi.
Go‘sht – O‘zbekistonda, asosan, qo‘y va mol go‘shti, shu-
ningdek, ot, echki,
parranda, baliq go‘shtlari iste’mol qilina-
103
di. Go‘sht mahsulotlariga kolbasalar, sosiska, yaxna go‘shtlar,
qazi, go‘shtli konservalar kiradi. Bular yuqori qimmatli,
to‘yimli mahsulotlardir.
Don mahsulotlari juda ko‘p guruhlarga bo‘linadi. Ularga
yormalar (guruch, grechka, manniy, arpa, suli, tariq), dukkak-
li donlar (mosh, loviya, no‘xat), makaron mahsulotlari, non
va non mahsulotlari kiradi. Ulardan tayyorlanadigan
taomlar
uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlarga boy bo‘ladi.
Sabzavot va mevalarda organizm uchun zarur moddalar bor.
Ularning tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, ayniqsa, vi-
taminlar ko‘p bo‘ladi. Ishtahani ochishda, ovqat hazm qilish-
da, ichak faoliyatini yaxshilashda sabzavotlarning ahamiyati
katta. Piyoz, sarim
soqpiyoz, turp, sholg‘om
kabi sabzavotlar-
da organizmdagi zararli mikroblarni o‘ldiruvchi moddalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: