2-savol
81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
96-modda. Qimmatli qog‘ozlar
Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi.
Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, konosament, aksiya hamda qonunchilik bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
3-savol
26-modda. Aksiyadorlarning huquqlari AJ togrisidagi Qonundan
Aksiyadorlar:
tegishli jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilish;
depo hisobvarag‘idan o‘ziga taalluqli ko‘chirma olish;
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
jamiyat tugatilgan taqdirda o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilish;
o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
qimmatli qog‘ozlarni olishda zarar ko‘rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish huquqiga ega.
Aksiyadorlar qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Aksiyador tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aksiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim.
Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasini ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular bo‘yicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |