4-savol 1113-modda. Meros tarkibi Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.
Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar:
yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa;
hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunchilik asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;
mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.
Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo‘rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.
5-savol 51-modda. Dividendlarni to‘lash tartibi AJ togrisidagi qonun: Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.
62-modda. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari QQB togrisidagi Qonun Emitent va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun da’vo muddati emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini joylashtirish muddati tugagan sanadan e’tiboran bir yilni tashkil etadi.
Veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi talablari bo‘yicha da’vo muddati belgilangan muddatda bildirilgan protest kunidan e’tiboran yoki chiqimlarsiz oborot to‘g‘risida shartlashilgan taqdirda, to‘lov muddati kunidan e’tiboran bir yilni tashkil etadi.
Indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga nisbatan talablari bo‘yicha da’vo muddati indossant vekselni to‘lagan kundan e’tiboran yoki unga nisbatan da’vo taqdim etilgan kundan e’tiboran olti oyni tashkil etadi.
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan o‘zga hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari qonunga muvofiq belgilanadi.
6-savol Aksiyadorlarning barchasining ro’yxati qimmatli qog’ozlar egalarining hisob reyestrida ro’yxatga olinadi va unga tegishli yozuvlar kiritiladi. Bundan tashqari Markaziy depozitariy orqali ushbu ma’lumotlarni olish mumkin. Depo hisobvarog’idan ko’chirama ham Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachi orqali olinadi.