Tugamaydigan
tabiiy boyliklarga Quyosh nuri, Yer-
ning ichki issiqligi, havo va boshqalar tegishlidir. O‘lkamiz,
ayniqsa, Quyosh nurlariga boy. Chunki yil davomida bu-
lutli kunlar kam bo‘lib, Quyosh nur sochib turadi. Shuning
uchun ham mamlakatimiz «serquyosh o‘lka» deyiladi. Bu-
gungi kunda Quyosh nurlaridan ko‘p miqdorda elektr ener-
giyasi olinmoqda.
Qayta tiklanadigan
tabiiy boyliklarga esa o‘simliklar,
hayvonlar, tuproqlar va suvlar kiradi. Ular inson tomoni-
dan ko‘p foydalanilishi oqibatida kamayib, nobud bo‘lishi
mumkin. Lekin ma’lum vaqt foydalanilmay turilsa yoki par-
varish qilinsa yana o‘z holiga qaytadi. Hozirgi paytda mam-
lakatimiz hududida o‘simliklarning 11 000 ga yaqin turi,
-
ning ko‘pchiligi yo‘qolib ketish arafasida. Shuning uchun
o‘simliklar va hayvonlardan ehtiyotkorona foydalanish zarur.
Ayniqsa, tuproq qoplamining
qayta tiklanishi juda qi-
yin. Chunki u hozirgi holatga kelgunicha ming yillar kerak
bo‘ladi. Shuning uchun tuproqni yuvilib ketishdan va turli
kerak.
Mamlakatimizda suv hamma joyda bir xil taqsimlanma-
gan. Zilol suvli, sersuv daryolar, asosan, tog‘li
hududlar-
esa suv manbalari juda siyrak, aholining ehtiyojini qondi-
rishga kamlik qiladi. Shuning uchun suvni nihoyatda tejab,
undan oqilona foydalanishimiz zarur.
O‘
Odamlar tabiat boyliklaridan o‘z ehtiyojini qondirish
maqsadida foydalanadi. Inson aql-zakovatining rivoj-
lanishi, mehnat qurollari
va texnikaning taraqqiyoti
natijasida tabiatga ta’siri ortib bormoqda.
Insonning tabiatga ta’siri kuchaygani sari Ona
-
at boyliklari kamaymoqda. Shuning uchun tabiatni
asrash odamlar uchun juda katta hayotiy ahami-
yatga ega.
Tabiat
Inson tabiatga beparvo, e’tiborsiz bo‘lsa, tabiat-
dagi o‘zaro bog‘liqlik buziladi.
Bu esa u yoki bu
tirik jon zotning halokatiga olib keladi. Masalan, agar
o‘rmondagi kesilgan daraxtlar o‘rniga ko‘chatlar
ekib, o‘rmon tiklanib borilmasa, inson uchun zarur
bo‘lgan havodagi kislorod miqdori kamayib ketadi.
O‘rmonlarning qisqarishi hayvonlarning qirilib keti-
shiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi paytda
tabiatni muhofaza qilish, uning
boy lik laridan oqilona
foydalanis h muammolari
dunyo miqyosiga ko‘tarilgan. Yuzdan ortiq mamla-
katlarda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus
tashkilotlar tuzilgan, ko‘plab qonunlar qabul qilingan.
O‘zbekistonda ham tabiatni muhofaza qilishga
hukumatimiz miqyosida alohida e’tibor berilmoqda.
Jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qi lish
davlat qo‘mitasi tuzildi, Ekologik partiya tashkil etildi.
Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan oqilona foydalanish O‘zbekiston Res-
publikasining Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan amalga oshi-
riladi. Har birimiz ana shu qonunlarga rioya qili-
shimiz, jonajon tabiatimizni asrashimiz,
u haqida
qayg‘urishimiz lozim.
Mamlakatimizdagi yo‘qolib borayotgan o‘simliklar
va hayv onlar «O‘z bekiston Res publik as i Qizil
kitobi»ga kiritilib, muhofazaga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: