Topshiriqni bajaring
Savollarga javob toping
Darsning
yakuni
Amaliy ishni bajaring
Mas’ul muharrir
Z. Jabborov –
biologiya fanlari doktori, professor
Taqrizchilar :
M. Mirakmalov –
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Toshkent
shahar Olmazor tumanidagi
233-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy
N. Yusupova –
Navoiy shahar 11-AFCHO‘IMning oliy
Xalq ta’limi a’lochisi.
ISBN 978-9943-5996-0-4
© Bahromov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M.
© «SHARQ» NMAK Bosh tahririyati, 2020.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
UO
Darslik mavzulariga joylashtirilgan ushbu QR-kod belgilarini skaner
qilish orqali mavzularga oid internet ma’lumotlaridan foydalanishingiz
mumkin.
3
KIRISH
O‘LKAMIZ TABIATI
Yozgi ta’tilda maza qilib dam oldingiz. Yoz o‘ziga
xos ajoyib fasldir.
Bu davrda kunlar uzun, tunlar esa
qisqa bo‘ladi. Quyosh nurlari o‘lkamiz hududiga tikroq
tushadi. Shuning uchun kunlar issiq, osmon bulutsiz
bo‘ladi.
Yoz bolalarning eng sevimli faslidir.
Yozda bolalar
tengdoshlari bilan o‘ynaydilar, cho‘miladilar, tabiat
ne’matlaridan bahramand bo‘ladilar.
Yozda dala va bog‘larda ishlar qizg‘in tus oladi.
Ekinlar tagi yumshatiladi, o‘g‘it solinadi, sug‘oriladi,
zararkunanda hasharotlardan tozalanadi. Hasharot-
larni
qirishda jiblajibon, so‘fito‘rg‘ay, chug‘urchiq,
qaldirg‘och, chumchuq, chittak kabi qushlar katta
yordam beradi.
Parvarish qilingan ekinlar barq urib o‘sadi. Yoz
o‘rtalarida g‘o‘zalar gullaydi, bug‘doylar pishadi. Bu
davrda birin-ketin karam,
kartoshka, bodring, pomi-
dor, sabzi, piyoz kabi sabzavotlar yetiladi. Polizlarda
shirin-shakar tarvuz va qovunlar pishadi. Dala ekinlari
hosilini yig‘ishtirish qizg‘in pallaga kiradi.
Yozda bog‘larda ham ishlar ko‘payadi. Daraxtlar
va toklarga zararkunanda hasharotlarga qarshi dori-
lar sepiladi. Ularning tagi yumshatiladi va sug‘oriladi.
Tok novdalari vaqti-vaqti bilan kesib turiladi.
Quyosh
taftida o‘rik, olcha, shaftoli, olma, nok, uzum kabi
mevalar navbatma-navbat pishadi. Ularning hosili el
dasturxoniga tortiq qilinadi.
Uy hayvonlari – qo‘y, echki, ot va qoramollar yoz
davomida yaylovlarda boqiladi.
Chorvadorlar aholini
go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlaydi.
O‘lkamiz tabiati g‘oyatda go‘zaldir (1-rasm). Mam-
lakatimizning kunchiqar tomonini baland tog‘lar egal-
lagan. Baland tog‘ cho‘qqilaridagi qorlar yozda ham
erib tugamaydi. Bu davrda tog‘ yonbag‘irlarining ta-
biati yashil libosda bo‘ladi. Bu joylar o‘zining chiroyli