Daftaringizga o‘z o‘lkangizda qanday tabiiy boyliklar
borligini hamda u yerdagi noyob o‘simlik va hayvon-
larni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlarni yozing.
tabiiy boyliklar, tugaydigan tabiiy
boyliklar, tugamaydigan tabiiy boyliklar,
qayta tiklana-
digan tabiiy boyliklar, qo‘riqxona, rezervat.
1.
Tabiiy boyliklar deb nimaga aytiladi, ularga nimalar
kiradi?
2.
Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy boyliklarga
misol keltiring.
3.
Inson tabiatdan faqatgina foydalanib, unga be-
parvo bo‘lishi qanday
oqibatlarga olib kelishi
mumkin?
4.
O‘lkamizda noyob bo‘lib qolgan o‘simlik va hay-
vonlarga misollar keltiring.
5.
Qo‘riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi?
1
2
3
52-rasm.
O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi ayrim hayvonlar:
VATANIMIZ BO‘YLAB SAYOHAT
VATANIMIZ XARITASI YONIDA
Dunyoning siyosiy xaritasida Vatanimiz – O‘zbe-
kis ton Respublikasining hududi ham yaqqol ko‘zga
tashlanib turadi. O‘zbekiston hududi g‘arbdan sharq-
O‘zbekiston shimol va g‘arb tomondan Qozo-
g‘iston, janub tomondan Turkmaniston va Afg‘oniston,
sharq tomondan Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari
kishiga yaqin (Respublikamiz
va uning hududlari
bo‘yicha aholi soni 2019-yil 1-oktabr holatiga beril-
gan). Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisi eng
ko‘p davlat bu – O‘zbekiston Respublikasidir.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan Tosh-
kent shahri, 12 ta viloyat hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasiga bo‘lingan.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy xaritasida
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasining
hududi va poytaxti, viloyatlarning
hududi va mar-
kazlari ko‘rsatilgan.
Xaritada yonma-yon joylashgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar egalla-
gan hududi turli ranglar bilan tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy xaritasidan
Qoraqal pog‘iston Respublikasi va har bir viloyat qa-
yerda joylash ganligi, hududining kattaligi va chegara-
dosh qo‘shnilari haqida ma’lumotlarni olish mumkin.
Qoraqalpo g‘iston Respublikasi
va har bir viloyat tu-
manlarga, tumanlar qishloqlarga, qishloqlar esa ma-
hallalarga bo‘lingan. Ushbu ma’muriy xaritada marka-
ziy shaharlardan boshqa shaharlar, shuningdek, tu-
manlar, qishloqlar va mahallalar hududi ko‘rsatilmagan.
Mamlakatimizning shaharlari,
tumanlari va qish-
loqlaridan o‘tgan va ularni bog‘lab turuvchi avtomo-
bil yo‘llari juda ko‘p. O‘zbekiston Respublikasining
ma’muriy xaritasida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘is-
ton Respublikasining poytaxti va viloyatlar markaz-
larini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi asosiy avtomobil
yo‘llari ham ko‘rsatilgan.
Siz bilan birgalikda Vatanimiz bo‘ylab sayohati-
mizni Toshkent shahri va
Toshkent viloyatining tabi-
ati qo‘yniga sayr qilish bilan boshlaymiz. Shundan
so‘ng Farg‘ona vodiysiga yo‘l olamiz.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi chegarasida
Qurama tog‘ tizmasi qad ko‘targan. Vodiyga tog‘lar
orasidan oshib o‘tish kerak bo‘ladi. Tog‘larning oshib
o‘tadigan joyi
deb ataladi. Toshkent viloya-
tidan Farg‘ona vodiysiga Qurama tog‘ tizmasining
Dovondan o‘tib, Namangan, Andijon va Farg‘ona
viloyatlariga yo‘l olamiz.
Yana Qamchiq dovoni orqa-
li Toshkentga qaytib kelamiz. So‘ngra janub va g‘arb
tomonga yo‘l olib, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand,
Qash qa daryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy viloyat-
lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
tabiati bilan tanishamiz.
Ma’muriy xaritadan O‘zbekistonning qo‘shni
davlat-
lar bilan chegaralarini, qanday ma’muriy hududlarga
bo‘linganligini ko‘rib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: