1-ilova
2-ilova
3-ilova
Informatika va AT kurslari mashgulotlarini rejalashtirishda o’qituvchi nimalarga e’tibor qaratishlari lozim:
|
. . .
. . .
. . .
|
4-ilova
Mashg’ulot rejasi, uning asosini tashkil etuvchilari
5-ilova
Mavzu: «Shaxsiy kompyuter va uning qurilmalari»
Maqsad:
shaxsiy kompyuterning asosiy va atrof qurilmalarini farqlashga va ularning vazifalarini bilishga o’rgatish.
Materiallar:
Kompyuterning turli qismlarining rasmlari tushirilgan slaydlar, fotorasmlar, ´rgatuvchi dasturlar, vatmanlar, varaqlar, flomasterlar.
«Shaxsiy kompyuter» mavzusida klaster.
Kerakli apparat vositalari:
kompyuter,
multimediyali videoproektori,
Vaqt: ikki akademik soat
Shakl: guruhlarda ishlash
Usullar:
Suhbat,
«Bilaman. Bildim. Bilishni xoxlayman» (BBB) texnologiyasi.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism. o’qituvchi sinfni har biri 5-6 o’quvchidan iborat bo’lgan guruhlarga bo’ladi.
2. o’qituvchi «BBB» texnologiyasi bo’yicha «EHM avlodlari» mavzusida suhbat tashkil etadi. Bunda o’quvchilarga esga solish uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
EHM nima?
EHMlar har doim ham hozirgi ko’rinishda bo’lganmi?
Hisoblash mashinalarining rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
o’quvchilar berilgan mavzu bo’yicha o’zlariga ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni esga soladilar. o’qituvchi ularning javobi asosida doskada quyidagi jadvaldagi «Bilaman» ustunini to’ldiradi.
7-jadval.
«Bilaman. Bildim. Bilishi xohayman» texnologiyasining jadvali
Bilaman
|
Bildim
|
Bilishi xohlayman
|
1 avlod
|
|
|
2 avlod
|
|
|
3 avlod
|
|
|
4 avlod
|
|
|
3. o’qituvchi rasmlar yoki slaydlardan foydalanib EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlarning rivojlanish tarixi haqida batafsil ma’lumot beradi. Shundan so’ng suhbat shaxsiy kompyuterlarning turlariga ko’chadi.
4. Har bir o’quvchi o’z daftarida individual va mustaqil ravishda yuqoridagi jadvalning «Bildim» ustunini to’ldiradi. Shundan so’ng o’quvchilar guruhlarda ishlab olgan ma’lumotlarni umumlashtiradilar o’qituvchi o’quvchilardan so’rab doskadagi jadvalning ikkinchi ustinini to’ldiradi.
5. Shundan so’ng o’qituvchi o’quvchilardan o’z daftaridagi jadvalning uchinchi «Bilishni xohlayman» ustuniga bittadan savol yozishni tavsiya etadi. o’quvchilar individual va mustaqil ishlaydilar. o’qituvchi ayrim o’quvchilardan yozgan savollarini so’raydi.
6. ¤qituvchi uyga vazifa sifatida mustaqil bajarishlari uchun qo’yilgan savol bo’yicha material topib, referat yozish vazifasini beradi. Referatni topshirish muddati aniq bo’lishi lozim.
7. o’qituvchi asta-sekin shaxsiy kompyuterlarning apparat qismlarining tuzilishi masalasiga o’tadi va boshlanishida ushbu mavzu b´yicha bilimlarning zarurligini asoslaydi.
8. o’qituvchi har bir guruhga varaqlar va flamasterlarni tarqatib, varaqlarga kompyuterning o’zlariga ma’lum bo’lgan qurilmalarini yozish vazifasini beradi. o’quvchilar guruhlarda mustaqil ishlaydilar.
9. o’qituvchi doskada quyidagi sxemani chizadi:
Kompyuterning asosiy va atrof kœrilmalari.
10. o’qituvchi o’quvchilarga guruhlarda ishlash jarayonida hosil bo’lgan sxema asosida kompyuterning elementlarini quyidagi belgilar bo’yicha tasniflashni tavsiya etadi:
- axborotni kiritish qurilmalari;
- axborotni chiqarish qurilmalari;
- axborotni jamlovchilar;
- kompyuterning xotirasi va hokazo.
11. o’quvchilar guruhlarda ishlab klaster tuzadilar. Har bir guruh o’zining variantini namoyish etadi.
12. o’qituvchi klasterlar bo’yicha o’quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va darsga xulosa yasaydi.
6-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |