Ildizning birlamchi tuzilishi. Ildizda bo‘g‘imlarning bo‘lmaganligi sababli ildizning ichki tuzilishi poяning ichki tuzilishiga nisbatan soddaroq tuzilgandir. Shuning uchun barcha ildizda to‘qimalarning joylashishi deяrlik bir xildadir.
Yosh ildizning ichki tuzilishida uchta asosiy to‘qimalarni: qoplovchi to‘qima - rizoderma; birlamchi po‘stloq parenximasi va o‘tkazuvchi to‘qimalarni ko‘rish mumkin. Rizoderma tuproqdagi suv va suvda erigan mineral moddalarni ildizga o‘tkazadi.
Tukchalar trixomalardan farq qilib rizoderma hujayralaridan qobiq hosil qilib ajralmaydi, balki hujayralar o‘simtasi sifatida hosil bo‘ladi. Tukchalar juda kalta 1-2 mm uzunlikda bo‘lib, yupqa sellyuloza va pektin moddalaridan tashkil topgan umumiy rizoderma qobig‘i bilan o‘ralgan.
Birlamchi po‘stloq o‘sish konusini o‘rta qismidagi meristematik hujayralardan hosil bo‘lib bir necha qavatlardan iborat bo‘ladi: ekzoderma, mezoderma, endoderma. Ekzoderma birlamchi po‘stloqning eng tashqi qavati bo‘lib rizodermaning tagida joylashadi. Rizodermaning moddalar almashinishida qatnashadi va himoя vazifasini bajaradi.
Mezoderma - birlamchi po‘stloq parenximadan tashkil topib, keng hujayra oraliqlariga ega. Suvda botqoqlikda яshagan o‘simliklarning hujayra oraliqlari kengayib aerenximalarga aylanadi. Birlamchi po‘stloq parenximasi bir qancha vazifani bajaradi: a) rizodermani plastik moddalar bilan ta’minlaydi, moddalarning surilishiga va ularning hujayralar orqali o‘tishiga yordam beradi; b) turli moddalar sintez qilinadi; v) po‘stloq hujayralarida jamg‘arma ozuqa moddalar to‘planadi; g) po‘stloq hujayralarida tuproqda яshaydigan zamburug‘larni giflari uchraydi.
Endoderma birlamchi po‘stloqning eng ichki qavati bo‘lib bir qator hujayralardan tashkil topgan. Endoderma hujayralarida qobig‘i ko‘ndalang va radial qobiqlari qalinlashib Kaspari belbog‘ini hosil qilib hujayrani o‘rab turadi. Kaspari belbog‘i suv va suvda erigan moddalarni markaziy silindrga tanlab o‘tkazadi. Endodermaning asosiy hujayralarining qobiqlari qalinlashib yog‘ochlanadi. Lekin ular orasida bir xil hujayralar qobiqlari qalinlashmasdan o‘tkazuvchanlik vazifasini bajaradi va o‘tkazuvchi hujayralar deb ataladi.
Markaziy silindr o‘sish konusini ichki tomonidagi hujayralaridan pleromadan hosil bo‘lib, tashqi tomonidan tirik hujayralardan tashkil topgan perisikl bilan o‘ralgan. Perisikl hujayralari bo‘linib yon ildizlarni hosil qiladi.
Perisikl tagidagi prokambiy joylashib, keyinchalik birlamchi o‘tkazuvchi to‘qimaga aylanadi. Birlamchi o‘tkazuvchi to‘qimaning elaksimon naylari protofloyema va undan ichkariroqda markazga tomon metafloyemaning elementlari hosil bo‘ladi. So‘ngra floyema hujayralarini guruhlar bilan navbatlashib qobig‘i xalqasimon va spiralsimon qalinlashgan protoksilema va markazga tomon qobig‘i to‘rsimon va nuqtasimon qalinlashgan metaksilema naylari hosil bo‘ladi.
Yosh ildizlarda birlamchi o‘tkazuvchi naylar yulduzsimon shaklda nurlar hosil qilib joylashadi. Floyema bilan navbatlashib kelgan ksilema nurlari ikkita bo‘lsa diarxli, uchta bo‘lsa triarxli, to‘rtta bo‘lsa tetrarxli, ko‘p bo‘lsa poliarxli tuzilishdagi markaziy silindr deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |