Mavzu:Suyaklarning tuzulishi va birikishi Tayyorladi:Mirzajonov Shukrullo Suyakning tuzilishi Suyak biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, alohida suyaklar nerv tolasi, qon tomirlari bilan ta`minlangan organ hisoblanadi. Suyak to’qimasi qattiq, birikturuvchi to’qima bo’lib, suyak hujayralari osteotsitlardan tashkil topgan. Suyak hujayralarida ko’p o’simtalar bo’lib, ular bir-biriga qo’shilishidan alohida plastinkalar — govers plastinkalari ^hosil bo’ladi. Bu plastinkalar tartib bilan ustma-ust joylashishidan govers ustunchalari — minoralari hosil bo’ladi, ularning ichi kovak bo’lganligidan govers kanallari deb ataladi. Bu kanallarda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Har qanday suyakning ustki qismida suyak hujayralari zich joylashib, suyakning qattiq (kompakt) qavatini tashkil etadi. Bu qavat tagidagi xujayralar siyrak joylashgan bo’ladi. Ular murakkab tuzilgan bo’lib, suyakning pishiqligini oshiradi. Bu qavat g’ovak qavat deb ataladi. U uzun suyaklarning ikki uchida yaxshi ko’rinadi. Fovak qavatda qonning shaklli elementlari hosil bo’lgani uchun u qon hosil qiluvchi organ—qizil ilik deb ataladi. Yassi suyaklarning ba`zi qismlarida, masalan, kurak suyagida bu qavat bo’lmaydi. Suyakning ximiyaviy tarkibi. Suyak organik va anorganik moddalardan tuzilgan. Anorganik moddalarga: kaltsiy, fosfor, magniyli va boshqa mineral tuzlar kiradi. Suyak anorganik moddasining 95%ni kaltsiyli tuzlar tashkil qiladi. Suyak tarkibida ossein va osseomukoid degan organik modda bo’lib, ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan va yog’sizlantirilgansuyaklarning 70%ni mineral tuzlar, 30%ni organik moddalar tashkil qiladi. Organik va anorganik moddalar aralashmasi suyakning pishiqligini ta`minlaydi. Suyakning pishiqligi misning qattiqligiga yaqin. Masalan, ko’ndalang qo’yilgan son suyagi 1200 kg, tik boldir suyagi 1650 kg yuk ko’taradi. Suyak tarkibida ximiyaviy moddalar borligini kuzatish uchun ingichka suyak 10—15% li sulfat kislotaga tushirilsa, tuzlar erib ketib, organik qism qoladi. Bunday suyak rezina kabi elastik bo’lib qoladi. Agar suyak kuydirilsa, organik moddasi yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak mo’rt bo’ladi. Yosh organizmning suyaklarida organik moddalar ko’p bo’ladi, yosh oshgan sari anorganik moddalar ortib, organik moddalar kamayib boradi. Skeletda xilma-xil funktsiya bajaradigan: uzun naysimon suyaklar, kalta suyaklar,yassi suyaklar va aralash suyaklar bo’ladi. Uzun suyaklar qo’l-oyoqda bo’ladi. Masalan, son, Yelka, bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo’lib, uchlari epifiz, tanasi diafiz deb ataladi.Kalta suyaklar har xil shakldagi mayda suyaklar bo’lib, bularga kaft usti, tovon suyaklari va boshqalar kiradi.Yassi suyaklar serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo’lib, bularda suyaknnng g’ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko’krak qafasida va miya qutisida bo’ladi. Aralash suyaklar shaklsiz, har qaysi qismi har xil ko’rinishda bo’ladi. Bularga chakka suyagi, umurtqalar misol bo’ladi. Bulardan tashqari, skeletda bo’shliqlarida havo saqlanadigan pnevmatik suyaklar uchraydi. Masalan, kalla suyagidagi yuqorigi jag’, peshana suyagi va boshqalar ana shunday suyaklardir. Skeletda ba`zi mayda va erkin suyaklar bo’lib, ular seysmik suyaklar deb ataladi. Masalan, tizza qopqog’i suyaklari va boshqalar. Suyaklarning birikishi. Skelet suyaklari o’zaro hap xil usulda birikadi. Bu birikishni, asosan, 2 gruppaga: oraliqsiz — uzluksiz birikish, ya`ni sinartroz va oraliqli birikish, ya`ni diartrozga bo’lish mumkin. Sinartroz birikish qo’proq umurtqali hayvonlarda, diartroz birikish odamda, yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda uchraydi. Harakatchan bo’g’imlar bilan suyaklarning birikishi tarixiy taraqqiyot natijasida kelib chiqqan. Suyaklarning bir-biri bilan suyak modda yordamida birikishi sinastoz, tog’ay yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to’qima yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo’lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg’aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba`zi suyaklari, masalan, umurtqa pog’onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg’alar to’sh suyagiga uzluksiz tog’ay yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o’zaro biriktiruvchi parda yordamida birikadi. Kurak suyagi ko’krak qafasi suyaklariga muskul yordamida birikadi. Suyak skeleti suyaklarning turli tuzilmalari va shakilaridan iborat.Katta yoshli odamda sklet 200 ta alohida suyaklardan tashkil topgan Ular tig’ay, tolali va synovial birlashmalar orqali bog’langan. Har bir suyak, tog’ay birlashma yuzalar va joylar qayi yumshoq paylar birikkan, birlashtiruvchi to’qima g’ilofi bilan o’ralgan xuddi paypoq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |