Ildiz tizimidagi ildizlarning morfologik turli tumanligi. Asosiy ildiz murtakning ildizidan rivojlanadi. Yon ildizlar esa asosiy, yon, qo‘shimcha ildizlarning apeksidan bir oz uzoqroqda so‘rish zonasida yoki undan bir qancha yuqoriroqda akropetal yo‘nalishda (ildiz asosidan apeksiga qarab) perisikl hujayralarining bo‘linishidan endogen holatda hosil bo‘ladi. Har qaysi yon ildizlar o‘zining apikal meristemasiga va ildiz qiniga ega bo‘ladi.
Yon ildizlar o‘zi paydo bo‘lgan ildizlarning ksilema guruhlari qarshisidagi perisikl hujayralarining bo‘linishidan hosil bo‘lib, uning o‘tkazuvchi to‘qimalari bilan doimo aloqada bo‘lib turadi. Qo‘shimcha ildizlar kelib chiqishi bo‘yicha yon ildizlardan farq qilib poяda, barglarda, ildizlarda (apikal meristemadan, kambiydan, o‘zak nurlaridan, fellogendan) ekzogen holatda paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |