3-rasm. Ildiz sistemasi: A — o‘q ildiz; B — patak ildiz: 1 — asosiy ildiz, 2 — yon ildiz, 3 — qo‘shimcha ildiz.
dagi ildiz sistemasi sodda bo‘lib birlamchi gomoriza (yunon. gomoyos — birxil; riza — ildiz) deb ataladi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchilik vakillarida urug‘ unib chiqqandan so‘ng, avvalo asosiy o‘qildiz rivojlanadi, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, asosiy o‘qildiz quriydi va qo‘shimcha ildizlar taraqqiy etadi. Bu xildagi ildiz sistemasiga ikkilamchi gomoriz (4- 5-rasmlar) deyiladi (masalan, qulupnay, kartoshka, oqqaldirmoq va boshqalar). Ba’zan qo‘shimcha ildizlar, qirqilgan ildiz poyalardan ham rivojlanadi (masalan, zupturum) va ipsimon ildiz sistemasini hosil qiladi. yo‘ng‘ichqada qo‘shimcha ildizlar ildizpoyadan taraqqiy etadi, eniga o‘sib, ikkilamchi o‘qildiz hosil bo‘ladi va kuchli tarmoqlanadi.
4-rasm. Ildiz sistemasi: 1 — birlamchi gomoriz; 2— 4 alloriz; 5 —
gomoriz; 2,3 — o‘qildiz, 4— 5 patak yoki popuk ildiz.
Asosiy ildiz qora rangda ko‘rsatilgan.
5-rasm. Ikkilamchi o‘qildiz sistemasi: M— ona o‘simlik; D— ona o‘simlikdan ajralgan yosh o‘simlik.
Ildiz sistemasining tuproq tarkibida bunday joy-lashishi o‘simliklarning har xil namlik miqtsoriga qarab moslashish darajasini ko‘rsatadi.
Ildiz sistemasining o‘sishi va ekologik xususiyatlari. Ildiz to‘xtovsiz, cheklanmagan holda o‘sish xususiyatiga ega. O‘simlik urug‘dan rivojlanib kelayotgan dastlabki davrda ildiz sistemasi uning yer ustidagi organlariga nisbatan ancha kuchli rivojlanadi. Shuningdek, o‘simlik hayotining keyingi rivojlanish davrida ham ildiz bo‘yiga va eniga o‘sadi.
Ildizning bo‘yiga o‘sishi apeks (o‘sish zonasi)dan bosh-lanadi. Ildizning o‘sishi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillardan biri namlik va oziq moddalardir. Qaysi tomonda namlik ko‘proq bo‘lsa, qo‘shimcha ildizlar o‘sha tomonga qarab o‘sadi. Masalan, O‘rta Osiyoning qumli cho‘lla-rida o‘suvchi o‘simliklarning ildizlari namlikka qarab maksimal chuqurlikka o‘sib boradi va 2—3 marta tarmoq-langan qatlamlar hosil qiladi. Jumladan, Qoraqumda o‘suvchi qora saksovulning iddizi 10—12 m chuqurlikka yeta-di va kuchli tarmoqlangan ildiz sistemasini hosil qilib, yer osti suvlaridan foydalanadi. Qumli cho‘llarda o‘suvchi juzg‘unning asosiy o‘qildizi 1,5—2 m chuqurlikka yetib boradi. Uning yer osti poyasidan hosil bo‘lgan qo‘shimcha ildizi yoniga o‘sib 20—30 m ga yetadi. Qo‘shimcha ildiz qum-ning ustki qatlamlarida to‘planadigan namdan foydala-nadi. Natijada qum shamol ta’siridan saqlanadi.
Cho‘l va yarim cho‘l zonalarida o‘suvchi o‘tchil o‘simliklardan yantoqning yer ustki novdalari 50—60 sm uzunlikda bo‘lib, ildizi 20—25 m chuqurlikka yetib boradi va yer osti suvlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham jazirama yozda cho‘lda ko‘pchilik o‘simliklar qurib ketganda yantoq o‘sadi-gan joy yashil rangligicha qoladi.
Ba’zi o‘simliklar masalan, archa, bodom tog‘da tosh va shag‘al orasida o‘sadi. Bu xildagi o‘simliklarning ildizi har xil kislotalar ajratib, toshlarni yemirib, o‘sish uchun zamin tayyorlaydi va ularning orasidagi to‘planib qol-gan suvni kuchli osmotik bosim yordamida shimib oladi.
Loytuproqli yerlarda o‘suvchi o‘simliklarning ildiz sistemasi uncha chuqurlikka kirmaydi va asosan yon ildiz-lar chiqarib, tuproqning ustki qatlamlarida joylashadi. Ildizlar tuproq qatlamida qanday chuqurlikda joy-lashishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) bo‘yiga yoki eniga o‘suvchi ildizlar. Bu tipdagi ildizlar ko‘pincha substrati qattiq bo‘lgan tuproklarda o‘suvchi o‘simliklarda kuzatiladi. Ular-da asosiy o‘qiddiz ma’lum vaqtgacha o‘sib, keyin quriydi va yon hamda qo‘shimcha ildizlar rivojlanadi; 2) Chuqur-likka (vertikal) va eniga (gorizontal) o‘suvchi ildizlar. Bu xildagi ildizlarga universal ildiz sistemasi deyila-di (saksovul, shuvoq, lagoxilus-ko‘kparang va boshqa cho‘lda o‘suvchi o‘simliklar).
Ildiz sistemasining qancha chuqur kirishi, qay dara-jada va qanday chuqurlikda tarmoqlanishi o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘simlik turiga xos belgidir. Masalan, makkajo‘-xorining ildiz sistemasi 1,5—2 m, karam — 1,5 m, tok-ning o‘qildizi 5—7 m chuqurlikka boradi, yon ildizlari-ning diametri 2—4 m ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |