Bosim
GPa(10
6
)
0
9,81
287
0
10
9,82
460
0,3
33
9,83
700
0,9
100
9,86
1200
3
200
9,89
1700
5
300
9,92
2000
9
400
9,94
2200
14
600
9,95
2500
20
800
9,84
2800
29
1000
9,90
3000
40
1500
9,85
3500
67
2000
9,86
3800
90
2500
10,05
4100
113
2900
10,40
4300
136
3000
10,20
4500
140
3500
9,15
5000
178
4000
8,02
5500
234
4500
6,90
5800
280
5000
6,00
6000
320
5500
4,10
6200
350
6000
1,70
6300
360
6371
0
6400
370
Yerning turli chuqurliklaridagi bosim. Yer sirtidan ko‘tarilib borgan sari atmosfera
bosimi kamayib borishi ma’lum. Yerdan qancha chuqurlikka qarab boraverilsa,
bosim, harorat va zichlik singari fizik qattaliklar ham orta boradi. 2.4-jadvalda
Yerning turli chuqurliklarida bosimning qanday ortib borishi keltirilgan.
Yerning ichki qismidagi modda harorati. Yuqorida ko‘rsatilganidek,
Yerning ichki qismida modda haroratsi chuqurlikka to‘g‘ri proporsionaldir. Yerning
ichki qismidagi modda haroratsi aniq o‘lchanmagan. 2.4-jadvalda turli
chuqurliklardagi haroratning oriyentirlangan qiymatlari keltirilgan. Yerning tashki
qobig‘ida o‘rtacha geotermik gradiyent 20K/km.ga teng.
Yer atmosferasi tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot. Atmosfera-Yerning gazsimon
qatlamidir. Atmosfera aniq qatlam tuzilishiga ega. Тemperaturaning taqsimlanish
harakteriga qarab atmosfera 5ta asosiy sferaga va uchta o‘tish qatlamiga ajratiladi
(2.5-jadval).
Stratosfera-troposfera ustidagi qatlam. Unda atmosfera massasining qariyb
20% mujassamlashgan. Quyosh ultrabinafsha nurlanishlarini yo‘tadigan va Yerdagi
tirik tabiatni asraydigan ozon (O
3
) qatlami joylashgan. Stratosferaning yuqori
chegarasida maksimal shamol tezligi kuzatilgan(360km/soat.gacha).
25
Mezosfera-atmosfera massasining 0,3% joylashgan. Shamolning tezligi
20÷230km/soat.
2.5-jadval
Sferaning
nomlanishi
Sferaning o‘rtacha
balandligi
O‘tish qatlami
va balandligi
Тemperaturaning o‘rtacha
taqsimlanishi
Тroposfera
Yer sirtidan
troposferagacha
Тroposfera 8-18
km balandlikda
Хar 1km.da o‘rtacha 6,5
0
C ga
pasayadi.
Stratosfera
Тroposferadan 50-
55km balandlikda
Stratoposfera
qatlamning 50-55
km.da
Stratoposferada –2,5dan-12,5
0
C
gacha
Mezosfera
Stratoposferadan 80-
85km balandlikda
Mezosfera
qatlamning 80-85
km.da
Har 1km.da 3-4
0
C ga pasayadi.
Тermosfera
80-85km.dan yuqori
(800÷1000) km. gacha
-
Oshadi, 120 km balandlikda 60
0
C
150km balandlikda 700
0
C
Ekzosfera
800-1000km.dan
yuqori
-
Тemperatura balandligi oshishi
bilan bilan oshadi.
Eslatma: Тroposfera-atmosferaning quyi qatlami. Unda Yer xavo qatlamining 80% massasi va
90% suv bug‘lari joylashgan.
Тermosferada atmosfera massasining atigi 0,05% joylashgan. Unda
Quyoshning qisqa to‘lqinli nurlanishlarini yutish jarayoni kechadi, bu esa
haroratning oshishiga olib keladi. 200÷300km balandlikgacha harorat gradiyenti
3÷8
0
C/km.ga teng. Тaxminan 800÷1000 km balandlikda harorat o‘zgarmay
saqlanadi(1000
0
C).
Ekzosfera
-atmosferaning
yuqori
qismi
bo‘lib,
unda
protonlar
konsentratsiyasi 10
11
m
-3
ga teng va zarralar to‘qnashishi juda kam kuzatiladi.
Ekzosferada asosan atomar holdagi kislorod, azot va vodorod bo‘ladi.
4. Mars (Mirrix) sayyorasining ichki tuzilishi va atmosferasi
Mars – Yer guruhidagi sayyora bo‘lib, tartibi bo‘yicha Quyoshdan so‘nggi 4
chi sayyoradir. Uning diametri 6786 km, massasi Yernikidan 9 marta kichik va
o‘rtacha zichligi 3,9 g/sm
3
ga teng. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 227,9 mln. km. O‘z
o‘qi atrofida aylanishining siderik aylanish davri 24 soat 37 minut 23 sekundga teng.
Sinodek aylanish davri 687 Yer sutkasiga teng bo‘lib, o‘z orbitasining ekliptikaga
qiyaligi 1
0
51
/
va uning ekvatorining orbita tekisligiga og‘maligi 25
0
burchak ostida
harakatlanadi. Orbitadagi o‘rtacha tezligi 24,1
с
км
. 2.1-jadvalda batafsil ma’lumotlar
berilgan.
Mars tashqi sayyoralar guruhiga kiradi, shuning uchun uni ko‘rish Merkuriy va
Veneradan ko‘ra qulayroqdir. Vaqti-vaqti bilan Mars ro‘para turib qoladi, bu vaqtda
u Yerga eng yaqin masofaga keladi.
26
Ammo, har safargi ro‘para turishlar Mars Quyosh atrofidan ellips shaklida
harakatlanganligi uchun, har xil masofada bo‘ladi. Mars o‘z orbitasining perigeliyi
yaqinida bo‘lganda hosil bo‘lgan ro‘para turish buyuk ro‘para turish deyilib, bu
holda Mars Yerga eng yaqin bo‘ladi. Buyuk ro‘para turish 15 va 17 yilda bir marta
takrorlanadi.
Ro‘para turishlar paytida Marsning Yerdan uzoqligi 55 mln. km dan 100 mln.
km gacha o‘zgaradi. Buyuk ro‘para turish paytida 55 mln. km va Mars afeliyda
bo‘lgan holdagi ro‘para turishda 1000 mln. km bo‘ladi.
Oxirgi buyuk ro‘para turish 1993 yilda bo‘lgan edi, navbatdagisi 2009 yilda
bo‘ladi.
Oddiy ko‘zga Mars yorug‘ qizg‘ish yulduz singari ko‘rinadi. Bu sayyora
alohida e’tiborga sazovordir. Chunki u o‘zining ba’zi xususiyatlari bilan Yerga
o‘xshaydi.
Mars sirtida teleskop yordamida qaralganda oq qutb qalpoqlarini, to‘q sariq,
qizil rangdagi Mars “cho‘llari” fonida qora dog‘lar “dengizlar”ni payqash mumkin.
Marsni kuzatishlar u o‘z o‘qi atrofida deyarli Yer o‘z o‘qi atrofida aylangan vaqt
ichida aylanishini ko‘rsatdi. Sayyoraning aylanish o‘qi orbita tekisligiga o‘tkazilgan
perpundikulyar bilan taxminan 25
0
burchak tashkil qiladi. Buning natijasida Marsda
Yerdagi singari yil fasllari almashib turadi, ammo Marsning “yili” Yerning yilidan
deyarli ikki marta uzoqroq bo‘lganidan, har bir yil fasli ham deyarli ikki marta
uzoqroq bo‘ladi.
Mars atrofi orbitasiga chiqarilgan avtomatik stansiya laboratoriyalari Yerdan
yuborilgan komandaga muvofiq sayyoraning sirtini fotosuratga oldi va mavjudligi
ancha oldin isbotlangan atmosferasini o‘rgandi. Sayyora atmosferasining nihoyatda
siyrakligi va undagi bosim Yer atmosferasidagi bosimga qaraganda taxminan 100
marta kamligi ma’lum bo‘ldi. U asosan karbonad angidriddan 96 foiz, azot 3,2 foiz
argon 1,6 foizdan iborat bo‘lib, unda kislorod va suv bug‘lari juda oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |