Oyning fizikaviy parametrlari. Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lishi bilan
birga u Yerga eng yaqin osmon jismidir. Shuning uchun Oy boshqa osmon
jismlariga nisbatan yaxshi o‘rganilgan. 2.6- jadvalda Oyning fizik parametrlari
keltirilgan.
2.6-jadval
Fizikaviy parametrlar
O‘lchami
Diametri, km
3476(0,272 Yer diametri)
Sirtining yuzasi, km
2
3,79·10
7
(0,074 Yer yuzasi)
Хajmi, km
3
2,2·10
10
(0,02 Yer hajmi)
Massa, tonna
7,35·10
19
(1/81 Yer massasi)
O‘rtacha zichligi, kg/m
3
3340(0,6 Yer zichligi)
Oy sirtidagi erkin tushish tezlanishi, m/s
2
1,623
Oy sirtidagi 1-kosmik tezlik, km/s
1,68
Oy sirtidagi 2-kosmik tezlik, km/s
2,375
Yer atrofida aylanish davri
27sutka 7soat 43minut 11,5s.
Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri
27sutka 7soat 43minut 11,5s
Oyning orbital tezligi, km/s
1,023
Oy sutkasining davomiyligi
29,53sutka
Yer bilan Oy o‘rtasidagi o‘rtacha masofa, km 384401(60 Yer radiusi)
Yerdan eng uzoqlashish masofasi, km
406800
Yerga eng yaqinlashish masofasi, km
356400
Тulin Oy tomonidan Yerning yoritilganligi, lk 0,25
Oy sirtining o‘rtacha zichligi, kg/m
3
1000-1200
Yerdan qaraganda Oyning faqat bitta yarim shari ko‘rinishini bilamiz. 1959
yilda Oyning yaqinida uchib o‘tgan kosmik stansiyasi birinchi marta, uning yerdan
ko‘rinmaydigan yarim sharini fotosuratga olgan. Bu bizga ko‘rinadigan yarim
sharidan katta farq qilmasada, lekin unda dengizlar kam. Endilikda bu yarim
sharning, Oy tomonga uchirilgan avtomatik stansiyalarining yaqindan turib olgan
juda fotosuratlarga asoslangan, mo‘qammal kartalari tuzilgan. Apparatlar bir necha
marta Oy sirtiga ham kundirilgan. 1969 yilda Oy sirtiga birinchi marta ikki
Amerikalik astronavt kosmik apparatlari qo‘ndilar(2.6-rasm). Hozirgacha Oyda
AQSh ning 6 ta ekspeditsiyasi bo‘lib, ularning hammasi Yerga sog‘-omon qaytgan.
Ular haqida 2.7–jadvalda to‘liq ma’lumotlar berilgan.
30
2.6-rasm
Oy moddalarning namunalari ustida o‘tkazilgan ximiyaviy analizlar Oy jismlari
Yerdagidek turli-tuman emasligini va ularning tarkibi bazalt tarkibiga o‘xshashligini
ko‘rsatdi.
Oyga, shuningdek u yerda ko‘pgina ilmiy o‘lchashlar va tuproqlar ustida
analizlar o‘tkazgan va Oy sirtida bir necha 10 km masofalarni bosib o‘tgan o‘zi
yuradigan avtomatik laboratoriyalari – Lunoxodlar yuborilgan. Oy sirtida, yerdan
tekis bo‘lib ko‘rinadigan joylarda xim voronkalar ko‘p va u har xil qattalikdagi
toshlar bilan to‘la. Fanning bu bo‘yo‘q yo‘tugi yerdan juda uzoqda joylashgan
boshqa bir osmon jismining sirtidagi fizik sharoitlarni bevosita tekshirish muhimdir.
31
2.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |