2. Oy - Yerning tabiiy yo‘ldoshi
Oydagi fizik sharoitlar. Oy bizga eng yaqin joylashgan osmon jismi bo‘lgani
uchun juda yaxshi o‘rganilgan. Bizga yaqin bo‘lgan planetalar Oyga qaraganda
taxminan 100 marta uzoqda joylashgandir. Oy diametri bo‘yicha Yerdan to‘rt marta,
masasi jixatidan 81 marta kichiq. Uning o‘rtacha zichligi 3,3 x 10
3
kg/m
3
bo‘lib,
Yernikidan kam. Ehtimol, Oyning Yernikiga o‘xshash zich yadrosi bo‘lmasa kerak.
Oyda Quyoshning jazirama nurlarini yumshatadigan va kosmik nurlar hamda
mikrometeorlar oqimidan saqlaydigan atmosfera yo‘q. Oyda bulutlar, suv, tumanlar,
kamalaklar, tongda asta-sekin shu’lalanadigan shafaq ham yo‘q. Soyalar keskin
chegaralangan va tim qora. Oyda suv buglari va atmosferaning yo‘qligi, Oy sirtida
o‘tkazilgan bevosita o‘lchashlar bilan isbotlandi. Oyni ko‘rshab olgan juda siyrak
27
chang qobig‘i Quyosh yorug‘ligini kuchsiz bo‘lsa-da sochmaganda edi, Oy osmoni
kundo‘zi ham xuddi kosmik fazodagidek qorong‘u bo‘lishi kerak edi.
Oy sirtiga tushadigan meteoritlarning uzluksiz kelib urilishlari, Oy sirtini
mayda parchalar va changlarga aylantiradi. Vakuum sharoitida bu chang molekulyar
birikmaga aylanib, g‘ovak shlaksimon qatlam xolga o‘tadi. Oy qobig‘inining bunday
tuzilishi undan issiqlik kam o‘tishini ta’minlaydi. Natijada tashqarida harorat keskin
o‘zgarganda ham, Oyning uncha chuqur bo‘lmagan qatlamida harorat o‘zgarishsiz
qoladi. Oy sirtidagi haroratning kundan tunga o‘tganda keskin o‘zgarishi sababi,
unda faqat atmosferaning bo‘lmasligigina emas, balki Oyda kun va tun uzoq vaqt
davom etib, har biri bizning ikki haftamizga to‘g‘ri kelishi bilan ham tushuntiriladi.
Oyning Quyoshga qaragan nuqtasidagi harorat +120
0
C ga, tungi yarim sharidagi
unga qarama- qarshi nuqtasida esa – 170
0
C ga teng. Oyning bir kuni davomidagi
harorat ana shunday o‘zgaradi. Galiley yashagan zamondayoq Oyning ko‘rinadigan
yarim sharining kartasi tuzila boshlangan edi. Oy sirtidagi qora dog‘lar «dengizlar»
deb atalgan. Bular tekisliklar bo‘lib, ularda bir tomchi ham suv yo‘q. Ularning
tublari qora va deyarli tekisdir. Oy sirtining katta qismini nisbati yorug‘ balandliklar
– «materiklar» egallagan. Oyda bir necha tog‘ tizmalar bo‘lib, ularga Yerdagi
kabi Alplar, Kavkaz va xokaza nomlar berilgan. Тog‘larning balandligi 9 km ga
yetadi. Lekin tashki tuzilish (relefi) asosan kraterlardan iborat. Ularning balandligi
bir necha bo‘lgan xalqasimor ko‘tarmalari diametri 200 km gacha bo‘lgan doira
shaklidagi katta chuqurliklarni o‘rab turadi. Bularga Klaviy va Shikkard kraterlari
misol bo‘ladi. Eng katta kraterlarga olimlarning nomlari berilgan. Jumladan, Oyda
Тixo, Kopernik, Ulug‘bek va boshqa nomli kraterlar bor.
28
2.5-rasm
Тo‘linoy paytida durbindan uyga qaraganda uning janubiy sharida diametri 60
km bo‘lgan Тixo krateri ravshan xalqa shaklda va undan radial yo‘nalishda tarqalgan
yorug‘ nurlar juda yaxshi ko‘rinadi. Bu nurlarning uzunligi oyning radiusiga yaqin
bo‘lib, ular juda ko‘p kraterlarni va qora bo‘lib ko‘rinadigan chuqurliklarni kesib
o‘tadi. Nurlar ravshan devorli ko‘plab mayda kraterlarning tizma ko‘rinishda qiya
joylashishi sababli paydo bo‘lishi aniqlandi(2.5-rasm).
Kuzatiladigan joylar terminator yaqinida, ya’ni oyda kundo‘zi bilan tunning
chegaralari yaqinida bo‘lsa, oyning taki tuzilishini o‘rganish juda qulaydir. Chunki
bunda yon tomonga quyosh nurlari tushayoitgan kichiq baland- pastliklardan uzun
soyalar tuzilib ularni ko‘rishna osonlashtiradi. Тeleskop orkali bir soat davomida
terminatorga yaqin bo‘lgan Oyning tungi tomonida yorik nuqtalarning paydo
bo‘lishini kuzatib borish juda kizikdir. Bu nuqtalar Oy kraterlari ko‘tarmalarining
cho‘qqilaridir. Sekin-asta qorong‘ilikdan krater ko‘tarmasining bir qismi yorug‘
taka shaklida chiqa boshlaydi, lekin bu paytda kraterning tubi xali bo‘tunlay
korongilikda bo‘ladi. Oy gorizontidan Quyosh ko‘tarila borib asta-sekin kraterni
bo‘tunlay namoyon qiladi. Bunda kraterlar qancha kichiq bo‘lsa ularning shuncha
ko‘pligini yaxshi kuzatish mumkin. Ular ko‘pincha zanjir simon joylashga va xatto
bazan bir-birining ustida o‘tirgayen bo‘ladi. Bu xold yangi kraterlar eski kraterlaring
ko‘tarmalari ustida vujudga kelgan. Kraterning markazida ko‘pincha uncha baland
bo‘lmagan tog‘ ko‘rinadi. Aslida bu bir necha tog‘chadan iboratdir. Kraterning
29
devorlari ichki tomonga pogonali jarlik ko‘rinishida keskin enkayib tushgan bo‘ladi.
Kraterlarning tubi uni urovchi tekislik sirtidan ancha past bo‘ladi.
Oyning butun sirti kichkina kraterlar-qiya chuqurliklar bilan qoplangan. Bu
mayda meteoritlarning Oy sirtiga kelib urilishi natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |