Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


O’zbekiston hududidagi sho’rlangan tuproqlar maydoni



Download 4,47 Mb.
bet77/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

O’zbekiston hududidagi sho’rlangan tuproqlar maydoni. Hozirgi vaqtda Yer sharining turli hududlarida tez sur’atlar bilan yuzaga kelayotgan sho’rlanish jarayonlarini o’rganish muhim dolzarb masalalardan hisoblanadi. O’zbekistonda tarqalgan sho’rlangan tuproqlarning turli xossa-xususiyatlarini hamda unumdorlik ko’rsatkichlarini sho’rlanish jarayonlari ta’sirida o’zgarishi bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, ularning ishlarida sho’rlangan tuproqlarning genezisi va meliorasiyasiga oid umumiy muammolar o’rganilgan, shu bilan birga tuproqlardagi suv hamda tuzlar harakatining barcha mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari ochib berilgan. Bularga misol qilib L.T.Tursunov va b., 1972, 1990, 2008; Uzoqov va b., 2008; M.U.Umarov, 1974, 1975; A.M.Rasulov, 1976;

A.U.Axmedov va b., 1984, 1994; Ye.I.Pankova va b., 1987, 1996; A.A.Tursunov,

1987; S.A.Abdullayev va b., 1995, 1997; M.M.Tashkuziyev, 1996, 2000;

T.X.Xojiyev va b., 1997; I.Turapov va b., 2000, 2001; Kurvantayev va b., 2000; I.A.Yamnova va b., 2007, 2008; X.E.Yuldasheva, 2008 va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Ma’lumki, so’nggi yillarda O’zbekiston hududida tabiiy komponentlarning, shu jumladan tuproqlarning ham ekologik holati yomonlashuvi kuchli darajada kuzatilmoqda. Sug’orish va sho’r yuvish me’yorlarining oshishi sizot suvlari sathining ko’tarilishiga olib kelmoqda va bu o’z navbatida tuproq sho’rlanishining asosiy sabablaridan biriga aylanmoqda. Shu bois, arid mintaqa sho’rlangan tuproqlarining unumdorlik holatini hozirgi sharoitlarda o’rganish tuproqshunoslik fanining muhim hayotiy muammolaridan biri hisoblanadi.

O’zbekistonda sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar turli gorizontal-kenglik zonalarida uchraydi: janubiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari), markaziy (Farg’ona vodiysining ko’p tumanlari, Mirzacho’l, Jizzax, Samarqand viloyatining ayrim tumanlari) va shimoliy (Xorazm, Qoraqalpog’iston Respublikasi). Bu yerlarni sho’rhokli va sho’rhoksimon tuproqlar tashkil etadi. Bulardan tashqari tuproq singdirish kompleksida singdirilgan natriy yoki magniyning miqdorlari yuqori bo’lgan, agrofizikaviy xossalari o’ta yomon sho’rtobsimon tuproqlar ham uchraydi (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi)

O’zbekistonning ko’p tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori ko’p holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki sho’rlanish xlorid-sulfatli yoki sulfatli. Buxoro viloyatining tumanlarida va Farg’ona vodiysida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq sho’rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli sho’rlanish tiplari uchrab turadi. Sug’oriladigan tuproqlarning ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda sho’rlanishning o’ziga xos magniy karbonatli turi aniqlangan bo’lib, ular Samarqand, Farg’ona va Toshkent viloyatlarining qator tumanlaridagi o’tloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, ko’pgina maydonlarni egallagan.

Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sug’oriladigan sho’rlangan tuproqlar maydonlari doim o’zgaruvchan. Tabiiy va xo’jalik omillari sharoitlariga bog’liq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi va bir vaqtning o’zida sho’rlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin. Sug’oriladigan tuproqlar sho’rlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy guruhga - sho’rlanmagan, oz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va sho’rhoklarga bo’linadi. Sho’rlanish darajasi asosan tuproqning sho’rlanish ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Turli tipda sho’rlangan tuproqlar uchun tuzlar miqdorining maqbul chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan (20-jadval).



  1. jadval

Tuproqlarning ximizmi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi (xloridli sho’rlanish tipidagi tuproqlar uchun)

Sho’rlanganlik darajasi


Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish