Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


Tuzga chidamlilik darajasi



Download 4,47 Mb.
bet80/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Tuzga

chidamlilik darajasi

Qishloq xo’jalik ekinlari

Tuproqdagi xlor

miqdorining chegarasi, %

Tuproq eritmasining

xlor bo’yicha konsentrasiyasi, g/l

Juda kam

Beda, mosh, loviya,

no’xat


0,008-0,01

0,42-0,53

Kam

Bug’doy, arpa,

makkajo’xori



0,01-0,015

0,53-0,79

O’rtacha

Paxta, shabdar

0,015-0,02

0,79-1,05

Yuqori

Lavlagi, oq jo’xori

0,03-0,04

1,58-2,10

Baland

Kungaboqar

0,04-0,06

2,10-3,16

Poliz va sabzavot ekinlarining tuzga chidamliligi ham turlicha. Bu xil ekinlardan bodring, pomidor, tarvuz tuzga juda kam chidamli; karam, qovunlar ko’proq chidamli hisoblanadi. Mevali daraxtlar (urug’li mevalar) ichida olma va nok tuzga kamroq chidamli. Danakli mevalar (o’rik, olcha, tog’olcha) tuzga ancha chidamli, ayniqsa eng ko’p chidamli mevalardan - uzum hisoblanadi. Shuningdek, turli tuman va mintaqalarda ularning tabiiy sharoitlari, tuproq qoplami xarakteri, qishloq xo’jalik ekinlarining normal o’sishi uchun tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari (me’yorlari) turlichaligini ta’kidlash zarur (24-jadval).



  1. jadval

Tuproqlardagi tuzlar miqdori normalari


Hududlar

Tuzlarning me’yoriy miqdori, %

Quruq qoldiq

Sulfat ioni

Xlor ioni

Mirzacho’l

0,25-0,30

0,10-0,15

0,008-0,01

Farg’ona vodiysi,

Buxoro viloyati



0,75-1,00

0,30-0,40

0,01-0,0015

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm

viloyati

0,30-0,50

0,20-0,25


0,03-0,04



Farg’ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori me’yoriy miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sulfat tuzlarining o’simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko’p bo’lishi bilan, xlorning yuqori me’yoriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog’iston rayonlarida ko’p bo’lishi esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik (zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kalsiy kationining ko’p miqdorda bo’lishi bilan bog’liq.

Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo’yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho’rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho’rlanish va sho’rhoklanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:



  • suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga qo’shilib ularning sathini ko’tarilishiga sabab bo’ladi);

  • tuproq namligining bug’lanishini har taraflama kamaytirish;

  • yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.

Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo’lsa, undan namlik kamroq bug’lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ixota o’rmon polosalarini o’tkazish, g’o’za-bedani almashlab ekish, ekin ekishning rasional agrotexnikasidan foydalanish zarur. Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun qo’llaniladigan tadbirlar tizimi shu yerning tabiiy va xo’jalik sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko’riladigan barcha tadbirlar ma’lum tartibda, o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985).

Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Sug’oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffisenti (YeFK) sug’oriladigan maydonning shu xo’jalik umumiy maydoniga bo’lgan nisbatini bildiradi. Masalan, xo’jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug’oriladigan maydoni 2600 ga desak,


2600

YeFK = ⎯⎯⎯ = 0,74 % ga teng bo’ladi.

3500

YeFK qiymati turli hududlarning tabiiy va xo’jalik sharoitlariga qarab har xil: 0,3-0,4 dan 0,6-0,85 gacha va undan ham katta bo’ladi.



Sug’oriladigan yerlar orasida sug’orilmaydigan yerlar bo’ladi. Shu sug’orilmaydigan yerlarga sug’oriladigan yerlardan sizot suvlari oqib boradi. Shuningdek, sho’r yuvish jarayonida ham sug’oriladigan yerlarning sho’rini ketkizish ancha oson bo’ladi. Bu yerlar sho’rlanishga uncha moyil bo’lmaydi.

Yerdan foydalanish koeffisiyenti qancha katta bo’lsa, sizot suv oqimi ham shuncha kam - demak, sho’rlanishning oldini olish bo’yicha qilinadigan tadbirlar (suv-xo’jalik, agromeliorativ) ning zarurati ham katta bo’ladi.

Sizot suvlari oqimi kuchsiz bo’lgan tumanlarda zovur qazimasdan sug’orish maydonlarini kengaytirish sizot suvlari sathini ko’tarilishiga, bu esa o’z navbatida yerlarning sho’rlanishiga sabab bo’ladi.


Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish