Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Download 4,47 Mb.
bet73/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Geologik-geomorfologik shart sharoitlar. O’zbekiston hududi geologik – geomorfologik jihatdan Turon pasttekisligi, Ustyurt platosi va tog’ oldi pasttekisliklar, adirlar, baland tog’ Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalarini o’z ichiga oladi. Bu maydonlarning ko’p qismini Chotqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon va Hissor tog’ tizmalari va tog’ oldi mintaqalari, ulardan keyin adirlar, lyossli tekisliklar, daryo vohalari qamrab olgan. Tog’li mintaqalarda o’ziga xos balandliklarning

murakkab relyefi eroziya bazisining chuqurligi, tik qiyaliklar, chuqur soylar bilan xarakterlidir (Maxsudov, 1989, Tursunov va b., 2009).

O’zbekiston quyidagi litologik-geomorfologik rayonlarga ajratiladi:


  • Baland tog’li mintaqalar (Chotqol, Qurama, Turkiston, Xissor tog’lari).

  • O’rtacha balandlikdagi tog’ mintaqalari.

  • Past tog’ va tog’ oldi mintaqalari, bu yerlarda asosan to’rtlamchi davr yotqiziqlari, qiyalik yonbag’irlarda chag’irtoshli mayda zarrachali prolyuvial- delyuvialli yotqiziqlar bilan qoplangan.

  • O’r-qirli tog’ oldi mintaqasi, relyefi baland-past yonbag’irli qiyaliklardan iborat. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan lyoss va lyossimon yotqiziqlar hamda skeletli mayda zarrachali prolyuviydan iborat.

  • Tog’ oldi pasttekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari, relyefi baland- past qiyaliklardan iborat bo’lib, lyossimon va skeletli-mayda zarrachali prolyuviy bilan qoplangan.

  • Tog’ etagi tekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari baland-past relyefli bo’lib, lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan, qolgan hududlar tekis relyefli bo’lib har xil yoshdagi geologik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Bularning ichida qadimiy uchlamchi davr “neogen” yotqiziqlari bilan qoplangan jinslar uchraydi.

Ushbu rayonlar yerlarining geologik-geomorfologik tuzilishi jihatidan relyefi murakkab to’lqinsimon baland-past yonbag’irlardan iborat bo’lib, eroziya jarayonlari rivojiga yordamlashadi, chunki lyoss va lyossimon yotqiziqlar eroziyaga oson beriladi, yemirilib jarliklar hosil qiladi. Qumoqli, qadimiy uchlamchi davr yotqiziqlari yemirilishga ancha chidamli, qumoqli yengil qumoqli eol yotqiziqli shamol eroziyasiga oson uchraydi. O’zbekistonning Farg’ona vodiysida rivojlangan adirli maydonlardagi tuproqlarning, ayniqsa 30-50 sm chuqurliklarda joylashgan va usti g’ovak yotqiziqlar qoplagan zich tog’ jinslari (granit, slanes va qumtoshlar) suv eroziyasi jihatidan juda xavfli. Hozirda bu yerlarda noto’g’ri sug’orib dehqonchilik qilish oqibatida ko’pgina maydonlar tashlandiq yerlarga, jarliklarga aylanib, qishloq xo’jalik aylanmasidan chiqib ketmoqda.

Shunday qilib, geologik-geomorfologik jihatdan qayd etilgan mintaqalarning ko’pchiligi bo’linib–bo’linib ketgan tog’li va to’lqinsimon past-balandliklardan iborat murakkab relyefga ega. Bu relyeflarda rivojlangan tuproqning va tuproqosti qatlamlarining eroziyaga uchrashi oson kechadi. Ayniqsa daryolarning yuqori terrasalariga tutashgan tog’ oldi va to’lqinsimon past-baland relyefli tog’ etagidagi adirlar katta qiziqish uyg’otadi. Bulardan tashqari respublikamiz hududida loyli, qumoq lesslar va skeletli-mayda zarrali yotqiziqlarda rivojlangan bo’z tuproqlar mavjud. Bu yerlar asosan sug’oriladigan va lalmikor dehqonchilik mintaqalari bo’lib, paxta, donli – boshoqli va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari o’stiriladi. Bundan tashqari bu mintaqalarda bog’dorchilik va uzumchilik ham rivojlangan (Maxsudov, 2003).



Eroziya jarayonining rivojlanishida o’simlik qoplamining roli. Ma’lumki, tuproq paydo bo’lishida, shuningdek, oziqa-kul elementlarining biologik aylanishida, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlanishida o’simliklar asosiy va yo’naltiruvchi omil hisoblanadi.

Ayniqsa tuproq paydo bo’lishida oliy o’simliklarning roli kattaligi, ya’ni tuproqning rivojlanishi o’simliklar formasiyasi bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi. Bu borada akademik V.R.Vilyams ta’limotiga murojaat qilsak, o’simliklar, jonivorlar dunyosining tuproqqa ta’sirini asosan to’rtta o’simliklar formasiyasiga bo’lganini aniqlaymiz:



  1. O’rmon-daraxt formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi daraxt o’simliklari bo’lib, ularning chirigan ildizlari va qoldiqlarini zamburug’lar va aktinomisetlar parchalaydi.

  2. Pichan o’t o’simliklari formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi pichan o’tlari bo’lib, ularning qoldiqlarini anaerob bakteriyalar va qisman aerob bakteriyalar parchalaydi.

  3. Dasht o’tlari formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi dasht o’tlari bo’lib, uning qoldiqlarini aerob bakteriyalar va qisman anaerob bakteriyalar parchalaydi.

  4. Cho’l sho’ra o’tlari va buta o’simliklari formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi cho’l buta o’simliklari bo’lib, uning qoldiqlarini aktinomisetlar, aerob bakteriyalar va zamburug’lar parchalaydi.

O’zbekiston tuproqlarida akademik V.R.Vilyams ko’rsatgan mana shu to’rt o’simliklar formasiyasining hammasi uchraydi va bularning ta’sirida turli xil tuproq tiplari va tipchalari hosil bo’ladi.

O’simliklarning hamma xillari eroziyaga qarshi tura oladigan eng kuchli omil hisoblanadi. O’simliklarning ta’sir ko’rsatish darajasi ularning xillariga va o’simliklarning o’sish sharoitiga bog’liq: ya’ni o’simlik qancha yaxshi rivojlansa va tuproqning qoplama darajasi yuqori bo’lsa, shunchalik o’simliklarning tuproqni eroziyadan ximoyalash va suvlarni taqsimlash roli oshadi, chunki kuchli yomg’ir tomchilari o’simlik ustiga tushadi va so’ngra yerga tushadi tuproq qa’riga singib, tuproq donachalarini yemirilishdan saqlaydi. Bunda birmuncha miqdordagi yog’in o’simliklarning yer ustidagi qismida saqlanadi, natijada tuproq yuzasida oqim paydo bo’lmaydi. Olimlarning kuzatishlariga qaraganda, havodan yoqqan yog’in- sochinlarni madaniylashgan o’simliklar 11 foizgacha, daraxtli o’simliklar 30 foizgacha ushlab qolishi aniqlangan.

O’simliklar o’z ildizlari bilan tuproq zarrachalarini mustahkamlab va yog’in suvlarini oqib ketmasdan tuproq qariga singishiga sharoit yaratadi.

Shuningdek, o’simliklarning eroziya jarayonlariga qarshi tura olish qobiliyati ular ildizlarining tarmoq yoyib rivojlanganligiga, qalinligiga va o’sishiga bog’liq. O’simlik ildizlarining chirishi natijasida ularning yo’llari ochilib, tuproqda g’ovaklik kuchayadi va shu sababli tuproqning suv o’tkazuvchanligi oshadi, o’simlik ildizlarining qoldiqlari ta’sirida tuproq organik moddalarga boyiydi, tuproq tuzilmasi donadorligi yaxshilanadi, unumdorlik oshadi. Ma’lumki, yer usti o’simliklar bilan yaxshi qoplansa, namlikni parlanishdan va tuproqni qurg’oqchilikdan saqlaydi.

Tuproqni shamol eroziyasidan saqlashda o’simliklar qoplami nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tuproq yuzasida o’simliklar qancha yaxshi rivojlansa, yer yuzasidagi shamol tezligini kamaytiradi, tuproq zarrachalarini ushlab qolib, shamolni

kuchli yo’li pasayadi. Natijada shamol eroziyasining rivojlanishi yo’li to’siladi, tuproq unumdorligi saqlanadi.

Har xil o’simliklar qoplami eroziyadan saqlash xususiyati bo’yicha quyidagicha joylashadi:


  • O’rmon-daraxt o’simliklari

  • Pichan o’t o’simliklari

  • Mevali ko’chatzorlar (ularning qator oralari o’simlik qoplamida bo’lsa)

  • Qishloq xo’jalik ekinlari: a) boshoqli, dukkakli o’simliklar aralashmasi; b) boshoqli don ekinlari; v) dukkakli ekinlar; g) chopiqli ekinlar. Olimlarning kuzatishlaricha eng kuchli deflyasiya va suv eroziyasi o’simliksiz qiyalik yerlarda va yozda haydalgan ang’izlarda bo’ladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ko’p yillik o’tlar, dukakli o’simliklar tuproqni eroziyadan eng yaxshi ximoya qiladi, ikkinchi o’rinda yoppasiga ekiladigan bir yillik kuzgi ekinlar, uchinchi o’rinda bahorgi boshoqli ekinlar tuproqni ancha bo’sh himoyalaydi, chopiq qilinadiganlari – tuproqni eroziyadan eng yomon himoyalaydi. O’simliklarning tuproqni himoyalashdagi roli rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha bo’ladi. Bu o’simliklarning yer ustki massasi va ildiz tizimining holatiga bog’liq bo’ladi. Muayyan davrda barg yuzasining proyektiv qoplami qanchalik to’liq bo’lsa, o’simliklarning yashil massasi qanchalik ko’p bo’lsa, ular tuproqni eroziyadan shunchalik yaxshi himoya qiladi.

Shu boisdan ekinlarni parvarishlash agrotexnikasi: ekishning maqbul me’yorlarini qo’llash, qatorlar orasi kengligi, ekishning to’g’ri yo’nalishi, o’g’itlar solish va o’simliklarning rivojlanishiga ko’maklashadigan boshqa usullar katta ahamiyatga ega.

Respublikamizning ko’pgina cho’l va tekislik-tog’ etaklari, adirli va tog’ mintaqalaridan iborat mo’tadil iqlim poyasida joylashgan. Mintaqalar doirasida iqlim va tuproq sharoitlaridagi katta farq o’simliklar qoplamining xususiyati va yerlarning o’zlashtirilishi darajasi bilan bog’liq.

Eroziyaga moyil yerlarga bahorikor donli va chopiqtalab ekinlar ekilganda tuproq agregatlari parchalanadi, tuproq haydalma osti esa zichlashadi. Natijada ularning suv o’tkazuvchanligi yomonlashadi. Bu yuza oqimning ko’payishiga va yuvilishining keskin oshib ketishiga sabab bo’ladi. Bu ekinlar o’stirilganda tuproq o’simlik qoplamisiz yumshoq g’ovak holatda bo’ladigan payt bahorgi kuchli jala yomg’irlar davriga to’g’ri keladi. Shu sababli proyektiv qoplam o’simliklarning tuproqni himoyalash xossalarini belgilovchi asosiy ko’rsatgich hisoblanadi. Ko’p yillik o’tlar va kuzgi ekinlar tuproqni juda yaxshi himoya qiladi. Shunday qilib, o’simlik qoplami qanchalik qalin bo’lsa eroziya va deflyasiya jarayonlarining rivojini kamaytiradi, tuproq unumdorligi yaxshilanadi.




Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish