O’simlik o’zlashtira oladigan fosfor va kaliyni ildiz atrofida va tuproqdagi miqdori, (100 g quruq tuproqda mg hisobida)
t u r i
|
Ildizdan
tashqarida
|
Ildiz atrofida
|
Ildizdan
tashqarida
|
Ilidz atrofida
|
Arpa
|
18,6
|
22,5
|
9,3
|
12,8
|
Kuzgi bug’doy
|
37,2
|
43,2
|
6,6
|
27,9
|
Suli
|
31,5
|
34,5
|
10,7
|
34,4
|
Sebarga
|
16,2
|
21,9
|
6,4
|
8,2
|
Tuproqda azotofiksatorlar (azot to’plovchi mikroblar) ham mavjud bo’lib, ular o’simliklar bilan simbioz holda yashab havo azotini o’zlashtirib oladi va u bilan o’simliklarni ta’minlaydilar. Ular beda, no’xat va boshqa dukkakli o’simliklar ildizida bo’lib gektariga 250-300 kg azot to’playdilar, tuproqni bu modda bilan boyitadi. Nitrifikasiya jarayonida tuproq bakteriyalari ammoniyli azotni nitrat shakllariga o’tkazadilar. Bu jarayon 2 bosqichdan iborat bo’lib: 1 - oilasiga kiruvchi mikroblar NH ni nitritlargacha oqsillaydilar. Bu jarayon quyidagi tartibda yuz beradi:
2NH3 + 3O2 ---- HNO2 + 2H2O + 158 kal.
(Nitrosomonas, Nitrosoccus)
Ikkinchi pog’onada nitrifikasiya bakteriyalari nitritlarni nitratlargacha oqsillaydilar:
2HNO2 + 3O2 2HNO3 + 48 kal. ( Nitrobacter).
Nitrifikasiya bakteriyalari avtotrof organizmlar hisoblanadi. Lekin nitratlar yaxshi eruvchan xususiyatiga ega bo’lganligi uchun namlik ta’sirida pastga yuvilishi va parchalanish ta’sirida tuproq ustki qatlamlarida to’planishi mumkin.
Tuproq tarkibidagi organik azot o’simlik ildizlari orqali qiyin yutiladi, shuning uchun, o’simlikni yaxshi oziqlanishida mineral azot bo’lishi shartdir. Qulay sharoitlarda tuproq muhitida mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadilar. Ular oqsil shaklidagi murakkab moddalarni oddiy, ya’ni aminokislotalarga amidlarga aylantiradilar. Natijada proteolitik har xil guruh mikroorganizmlar tomonidan (chirituvchi mikroblar, aktinomisetlar, shilliqsimon zamburug’lar) ajratgan fermentlar ta’sirida kimyoviy jarayonlarda ammiakni amino va amid birikmalaridan ajratib oladi. Hosil bo’lgan ammoniy tuproq tomonidan shimiladi, tuproqda kislotalar ularni neytrallaydi, ammoniy azot qaytadan mikroblar tomonidan o’zlashtiriladi va ularni tanasini ajralmas qismini tashkil qiladilar.
Ayrim sharoitlarda ammoniyli azot ozod bo’ladi va shu shaklda havoga uchib ketishi mumkin. Agar tuproqda havosiz sharoit bo’lsa, u vaqtda azotli organik birikmalar ammiak shaklida spora tashuvchi bakteriya klostridium yordamida parchalanadilar.
Aerob (havoli) tuproq sharoitida ammoniy nitratlargacha, ya’ni aerob mikroorganizmlar azotobakterlar ta’sirida parchalanadilar.
Denitrifikasiya jarayoni ta’sirida nitrat shaklidagi azot qaytarilishi natijasida molekulyar azot shaklida uchib ketadi. Bu jarayon nitrifikasiya jarayonini teskarisi bo’lib, faqat denitrifikasiya havosiz (kislorodsiz) sharoitda yuz beradi. YepHi yumshatish, qator oralariga ishlov berish, tuproq namligini boshqarish, azotni elementar shaklida uchib ketishini kamaytiradi.Shunday qilib, mikroorganizmlar havodagi molekulyar azotni o’zlashtiradi, azot bilan tuproqni boyitadi, bu esa o’z navbatida tuproqni gumus bilan boyitadi.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, hamma mikroorganizmlar ham o’simlik uchun foydali hisoblanmaydi. Ularni ayrimlari o’simlikda har xil kasalliklarni qo’zg’atuvchi guruhlarga kiradilar. Masalan, g’o’za o’simligi vilt yoki ildiz chirish gammoz kasalligiga chalinadi. Vilt yoki so’lish kasalligini qo’zg’atuvchisi (Verticillium Dohlia) tuproq muhitida yashaydi, o’simlik qoldiqlarida qishlab, ildiz orqali uning o’tkazuvchi to’qimalariga kirib uni zararlantiradi, natijada o’simlik so’liydi, hosilga katta zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |