60
bilan qo‘shilgan. Shimoliy-g‘arbda Yevrosiyo yana Shimoliy Amerika bilan
qo‘shilgan.
Neogen davomida Yevrosiyoning janubida tog‘ hosil bo‘lish jarayoni davom
etgan bo‘lib, u Tetis okeanining yopilishiga hamda Yevropa va Osiyoning janubiy
rayonlarida tog‘ qambarining shakllanishiga olib kelgan. Ilgari mavjud bo‘lgan
sinklinal botiqliklar ham qo‘shilib ketgan geoantiklinal tepaliklar kengaygan, oldingi
strukturalarga ustama tushgan tog‘oralig‘i botiqliklari vujudga kelgan. Bu tog‘oralig‘i
botiqliklarining chegaralarida vulkanizm faoliyat ko‘rsatgan yer yoriqlari shakllanadi.
Alp-Himolay orogen qambarining chetlarida platformalar
bilan chegarasida chekka
botiqliklar vujudga keladi va ular asta-sekin molassa yotqiziqlari bilan to‘ldiriladi.
Neogenning oxiri va to‘rtlamchi davrning boshida Alp-Himolay qambaridagi
tog‘ tizmalari va ularni o‘rab turgan hududlar yanada ko‘tariladi. Osiyoning ichki
rayonlaridagi tektonik faollashuv qudratli kuchga ega bo‘lgan. Shu tufayli Himolay,
Tibet, Qoraqorum va ularga yondoshgan Markaziy Osiyoning o‘ta baland tog‘lari –
Kunlun, Tiyon-Shon va b. vujudga keladi. Yevropada Alp, Karpat, Kavkaz, Apennin,
Andalus tog‘lari paydo bo‘ladi, lekin ular Osiyo tog‘laridan derli ikki marta pastdir.
Skandinaviya tog‘lari ancha ko‘tariladi, Yevropaning markaziy qismidagi kechki
paleozoy tog‘lari va Boltiq kristalli qalqoni ozroq yangilanadi. Hududlarning
ko‘tarilishi keng maydonlarning cho‘kishi va old botiqliklarning
yotqiziqlar bilan
to‘ldirilishi orqali kechgan. Bularning barchasi materiklarning hozirgi ko‘rinishiga
olib kelgan.
Atlantikaning shimoliy qismi va Shimoliy Muz okeanining qo‘shni rayonlarini
qamrab olgan cho‘kishi Yevrosiyoning Shimoliy Amerikadan ajralishiga va
Shpitsbergen arxipelagining alohida quruqlik bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgan.
To‘rtlamchi davrda Britaniya orollari La-Mansh bo‘g‘ozi orqali materikdan ajralib
qoladi. O‘rta yer dengizining g‘arbiy qismida chuqur kotlovina vujudga keladi. Uning
sharqiy qismida Egey dengizi o‘rni ancha cho‘kadi. Bolqon yarimoroli va Kichik
Osiyoni birlashtirgan quruqlik ham parchalanib, Egey va
Qora dengizlari orasidagi
bo‘g‘oz hamda Marmar dengizi botiqligi vujudga keladi.
Osiyoning sharqida, Tinch okeani orollar yoyi hududlarida botiqliklar
chuqurlashadi, seysmik va vulkanizm faoliyati kuchayadi. Materikning janubiy-
sharqida Osiyo va Avstraliyani birlashtiruvchi quruqlik parchalanib, Malay arxipelagi
paydo bo‘ladi. Bunda ba’zi ichki va chekka dengizlarda subokean tipidagi yer
po‘stiga ega bo‘lgan chuqur botiqliklar shakllanadi. Bunday botiqliklar O‘rta yer
dengizi, Qora, Yapon va Xitoy dengizlarida va
Tinch okeanining materikka
yondoshgan maydonlarida kuzatiladi.
Neogenning oxiri Afrika-Arabiston platformasi hududida kechgan qudratli
tektonik faollik bilan xarakterlanadi, Qizil dengiz rifti shakllanadi, natijada Arabiston
61
Afrikadan ajralib qoladi. Alp-Himolay qambarining ko‘tarilishi bilan bir vaqtda
Hind-Ganga va Mesopotam old botiqliklari to‘ldiriladi, Arabiston va Hindiston
Yevrosiyo materigiga qo‘shilib ketadi.
Neogen
davrida
materiklarning
tarqalishi davom etgan. Ayniqsa Atlantika
okeani faol shakllangan. Bu okeanning
keyingi
50
mln
yildagi
asta-sekin
kengayishini
undagi
orollar
yoshi
ko‘rsatadi.
Radiogeologik
usullar
yordamida quruqlikka yaqin bo‘lgan
orollarning yoshi okean markazidagilariga
nisbatan qadimiyroq ekanligi aniqlangan.
Masalan,
Yashil Burun, Prinsipi, San-
Tome, Annobon, Fernandu-di-Noronya
(Shimiliy va Janubiy Amerikaning sharqiy
sohillari bo‘ylab) orollarning yoshi 120-
150 mln yilga teng. Azor, Bibi Yelena,
Gof, Naytingeyl va Bermud orollari ulardan ancha yosh -30-20 mln yil.
Deyarli
Antantika okeanining o‘qida joylashgan Tristan-da-Kunya, Buve, Yan-Mayyen
orollarining yoshi 10 mln yildan ortiq emas. Orollarning yoshini va ulardan
materiklargacha masofani hisobga olib Afrika va Yevropaning Shimoliy va Janubiy
Amerikadan uzoqlashish tezligini hisoblab topish mumkin. Bu tezlik 2-6 sm/yilni
tashkil etadi (2-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: