Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Geodinamikasi.
Kaynozoyning boshlariga kelib hozirgi Yevrosiyoning 
shimoliy qismi o‘rnida konsolidatsiyalangan yagona quruqlik mavjud bo‘lgan. U 
keyingi jarayonlar natijasida kuchli o‘zgargan va tekislangan baykal, kaledon va 
gersin yoshidagi qurilmalar yordamida o‘zaro tutashgan qadimiy yadrolardan tarkib 
topgan. Yevrosiyoning sharqi va janubiy-sharqida qadimiy strukturalarga mezozoy 
tog‘lari qo‘shilib ketgan. Yevrosiyo Shimoliy Atlantika botiqligi orqali Shimoliy 
Amerikadan ajralgan. Uni janubda va janubiy-sharqdan birmuncha qisqargan Tetis 
o‘rab turgan. Tetis Yevrosiyoni parchalanib ketgan Gondvananing janubiy va 
janubiy-g‘arbiy 
uchastkalari – Afrik-Arabiston, Hindiston va Avstraliya 
platformalaridan ajratgan, sharqda esa Tinch okeani bilan bevosita qo‘shilgan. 
Kaynozoy erasining boshlarida Hindiston, Avstraliya va Antraktida yagona 
materikni tashkil etgan. Janubiy Amerika ham Afrika bilan tutashgan joylarga ega 
bo‘lgan. Yevropa va Shimoliy Amerika o‘rtasida faqat tor suvli qambar – bo‘lg‘usi 
Shimoliy Atlantikaning ilk o‘rni belgilangan. Kaynozoy erasidagi tektonik harakatlar 
yer yuzasi ko‘rinishini keskin o‘zgartirib yuborgan. 
Paleogen davridagi tektonik harakatlar natijasida Yevrosiyo quruqligi O‘rta yer 
dengizi va G‘arbiy Tinch okeani qambarlarida qo‘tarilgan tog‘ tizmalari hisobiga 
ancha kengaygan. Zond arxipelagi materikka qo‘shilib ketgan; Bolqon yarimoroli 
Kichik Osiyo bilan tutashgan, Yevropa hozirgi Gibraltar bo‘g‘ozi rayonida Afrika 
1-chizma. Litosfera plitalarining paleogen davrida tutgan o‘rni. 


60 
bilan qo‘shilgan. Shimoliy-g‘arbda Yevrosiyo yana Shimoliy Amerika bilan 
qo‘shilgan.
 
Neogen davomida Yevrosiyoning janubida tog‘ hosil bo‘lish jarayoni davom 
etgan bo‘lib, u Tetis okeanining yopilishiga hamda Yevropa va Osiyoning janubiy 
rayonlarida tog‘ qambarining shakllanishiga olib kelgan. Ilgari mavjud bo‘lgan 
sinklinal botiqliklar ham qo‘shilib ketgan geoantiklinal tepaliklar kengaygan, oldingi 
strukturalarga ustama tushgan tog‘oralig‘i botiqliklari vujudga kelgan. Bu tog‘oralig‘i 
botiqliklarining chegaralarida vulkanizm faoliyat ko‘rsatgan yer yoriqlari shakllanadi. 
Alp-Himolay orogen qambarining chetlarida platformalar bilan chegarasida chekka 
botiqliklar vujudga keladi va ular asta-sekin molassa yotqiziqlari bilan to‘ldiriladi. 
Neogenning oxiri va to‘rtlamchi davrning boshida Alp-Himolay qambaridagi 
tog‘ tizmalari va ularni o‘rab turgan hududlar yanada ko‘tariladi. Osiyoning ichki 
rayonlaridagi tektonik faollashuv qudratli kuchga ega bo‘lgan. Shu tufayli Himolay, 
Tibet, Qoraqorum va ularga yondoshgan Markaziy Osiyoning o‘ta baland tog‘lari – 
Kunlun, Tiyon-Shon va b. vujudga keladi. Yevropada Alp, Karpat, Kavkaz, Apennin, 
Andalus tog‘lari paydo bo‘ladi, lekin ular Osiyo tog‘laridan derli ikki marta pastdir. 
Skandinaviya tog‘lari ancha ko‘tariladi, Yevropaning markaziy qismidagi kechki 
paleozoy tog‘lari va Boltiq kristalli qalqoni ozroq yangilanadi. Hududlarning 
ko‘tarilishi keng maydonlarning cho‘kishi va old botiqliklarning yotqiziqlar bilan 
to‘ldirilishi orqali kechgan. Bularning barchasi materiklarning hozirgi ko‘rinishiga 
olib kelgan. 
Atlantikaning shimoliy qismi va Shimoliy Muz okeanining qo‘shni rayonlarini 
qamrab olgan cho‘kishi Yevrosiyoning Shimoliy Amerikadan ajralishiga va 
Shpitsbergen arxipelagining alohida quruqlik bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgan. 
To‘rtlamchi davrda Britaniya orollari La-Mansh bo‘g‘ozi orqali materikdan ajralib 
qoladi. O‘rta yer dengizining g‘arbiy qismida chuqur kotlovina vujudga keladi. Uning 
sharqiy qismida Egey dengizi o‘rni ancha cho‘kadi. Bolqon yarimoroli va Kichik 
Osiyoni birlashtirgan quruqlik ham parchalanib, Egey va Qora dengizlari orasidagi 
bo‘g‘oz hamda Marmar dengizi botiqligi vujudga keladi.
Osiyoning sharqida, Tinch okeani orollar yoyi hududlarida botiqliklar 
chuqurlashadi, seysmik va vulkanizm faoliyati kuchayadi. Materikning janubiy-
sharqida Osiyo va Avstraliyani birlashtiruvchi quruqlik parchalanib, Malay arxipelagi 
paydo bo‘ladi. Bunda ba’zi ichki va chekka dengizlarda subokean tipidagi yer 
po‘stiga ega bo‘lgan chuqur botiqliklar shakllanadi. Bunday botiqliklar O‘rta yer 
dengizi, Qora, Yapon va Xitoy dengizlarida va Tinch okeanining materikka 
yondoshgan maydonlarida kuzatiladi. 
Neogenning oxiri Afrika-Arabiston platformasi hududida kechgan qudratli 
tektonik faollik bilan xarakterlanadi, Qizil dengiz rifti shakllanadi, natijada Arabiston 


61 
Afrikadan ajralib qoladi. Alp-Himolay qambarining ko‘tarilishi bilan bir vaqtda 
Hind-Ganga va Mesopotam old botiqliklari to‘ldiriladi, Arabiston va Hindiston 
Yevrosiyo materigiga qo‘shilib ketadi. 
Neogen 
davrida 
materiklarning 
tarqalishi davom etgan. Ayniqsa Atlantika 
okeani faol shakllangan. Bu okeanning 
keyingi 
50 
mln 
yildagi 
asta-sekin 
kengayishini 
undagi 
orollar 
yoshi 
ko‘rsatadi. 
Radiogeologik 
usullar 
yordamida quruqlikka yaqin bo‘lgan 
orollarning yoshi okean markazidagilariga 
nisbatan qadimiyroq ekanligi aniqlangan. 
Masalan, Yashil Burun, Prinsipi, San-
Tome, Annobon, Fernandu-di-Noronya 
(Shimiliy va Janubiy Amerikaning sharqiy 
sohillari bo‘ylab) orollarning yoshi 120-
150 mln yilga teng. Azor, Bibi Yelena, 
Gof, Naytingeyl va Bermud orollari ulardan ancha yosh -30-20 mln yil. Deyarli 
Antantika okeanining o‘qida joylashgan Tristan-da-Kunya, Buve, Yan-Mayyen 
orollarining yoshi 10 mln yildan ortiq emas. Orollarning yoshini va ulardan 
materiklargacha masofani hisobga olib Afrika va Yevropaning Shimoliy va Janubiy 
Amerikadan uzoqlashish tezligini hisoblab topish mumkin. Bu tezlik 2-6 sm/yilni 
tashkil etadi (2-chizma). 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish