54
Lavaning kimyoviy tarkibi asosan kremnezyom (silikat kislotasi),
alyuminiy,
temir, kalsiy, magniy, natriy va kaliy oksidlaridan iborat.
Nordon lavadan obsidian, riolit, granit porfir,
felzit va boshqa nordon
vulkanitlar hosil bo‘ladi. Bunday jinslar O‘rta Osiyoda – Korjantov, Chotqol -
Qurama, Hisor tog‘ tizmalarida yuqori karbon, perm, quyi trias davrlari yotqiziqlari
orasida uchraydi.
Asosli
lava qotganda bazalt, diabaz va boshqalar, o‘rta lavadan - andezitlar,
traxitlar hosil bo‘ladi.
5- rasm. Vulkan buluti. www.ellf.ru
Kuchli vulkan otilishi tufayli Krakatau arxipelagining eng katta oroli bo‘lgan
Rakataning uchdan ikki qismi vayronaga aylangan.
Danan va Perbuatan vulkan
konuslari bilan birgalikda orolning 416 km2 maydoni havoga otilgan. Ularning
o‘rnida chuqurligi 360 m li o‘yilma hosil bo‘lgan. Vulkan otilishi tufayli vujudga
kelgan sunami bir
necha soat davomida Fransiya, Panama va Janubiy Amerika
sohilla-riga yetib borgan. Krakatau vulkanidan ko‘tarilgan chang va to‘zonlar
atmosferaning yuqori qismini qoplagan va uch - to‘rt oy maboynida Yerni aylanib
yurgan.
Maar turi (Bandaysan).
Bu turdagi vulkan otilishi o‘tgan geologik epoxalarda
kuzatilgan. Ular kuchli gaz portlashi bilan farq qilgan, ko‘p miqdorda gaz va qattiq
mahsulotlar ajratib chiqargan. Magmaning qovushoqligi juda yuqori bo‘lganligi
sababli lava oqib chiqmasdan vulkan bo‘g‘izini yopib qo‘yib, portlashga olib kelgan.
Kuchli portlash tufayli diametri yuzlab metrdan bir
necha kilometrga boruvchi
voronkalar hosil bo‘lgan. Voronkasimon quvur kraterining eni 250 dan 3000 m gacha
bo‘lib, atrofida jinslar aylana shaklida to‘planadi. Bunday vulkanlar Yevropada
Reynbo‘yi viloyati yaqinida uchraydi. Uning krateri ko‘pincha suv bilan to‘lgan
bo‘lib, mahalliy nom bilan maar deb ataladi.
55
Maarlar
konussiz nisbatan yassi tubli kraterlar bo‘lib, diametri 200 dan 3000 m
gacha, chuqurligi esa 150 dan 400 m gacha boradi.
Krateri otilib chiqqan mahsulotlardan to‘plangan g‘ovlar bilan o‘ralgan va suv
bilan to‘lgan bo‘ladi.
Maar turidagi portlash trubkalariga
diatremlar
juda o‘xshash (6-rasm). Ular
Sibir,
Janubiy Afrikada va boshqa
joylarda
mavjud.
Bu
qatlamlarning
vertikal kesib o‘tuvchi silindrik trubka
bo‘lib, voronkasimon kengayish bilan
tugaydi.
Diatmerlar slanets va qum
bo‘laklaridan tarkib topgan brekchiyalar
bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Brekchiyalarda
olmos mavjud bo‘ladi,
ulardan olmos
sanoat miqyosida qazib olinadi.Keyingi
vaqtda (1975-1980) Mars bilan Oyning
yuzasini tekshirib, u yerdagi kuzatiladigan
chuqurlar kometa urilishdan hosil bulgan deb taxmin qilinmoqda. Yer yuzidagi maar
tipidagi chuqurlar ham shunday urilishdan hosil bo‘lgan deb hisoblanmoqda.
Alyaskadagi 1912 yilda otilgan Katmay vulkani va boshqa vulkanlar ham Banday-
san vulkani guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: