Agrokimyo va tuproqshunoslik


Vulkanizm. Vulkan qurilmalari



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

3.Vulkanizm. Vulkan qurilmalari. 
Endodinamik jarayonlar ichida bevosita 
kuzatish va tekshirish mumkin bo‘lganlaridan biri vulkanizmdir. Vulkanizm 
magmatizm jarayonining bir qismi bo‘lib, bunda yer yuzasiga magma mahsulotlari 
otilib yoki oqib chiqadi. 
Yer sharidagi eng yirik vulkanlar

Afrikadagi Kilimanjaro - 5895 m, 
Chimboraso (Ekvador) - 6267 m, Popokatepet (Meksika) - 5452 m, Klyuchi Sopkasi 
(Kamchatka) - 4750 m, Mauna - Loa (Gavayi orollari) - 4166 m (okean tagidan 10 
ming m). Etna (O‘rta dengiz) - 3263 m, Stromboli vulkani (O‘rta yer dengizi) - 900 m 
hisoblanadi. 
Vulkanizm jarayonini odamlar ibtidoiy tuzumdan boshlab kuzatib keladilar. 
O‘tmishda vulkan otilib turadigan o‘lkalarda yashovchi kishilar bu tabiiy jarayonni 
ilohiy kuchga bog‘lab kelganlar. 
Darhaqiqat, tabiatda sodir bo‘ladigan dahshatli hodisalar ichida eng 
qo‘rqinchlisi vulkan otilishidir. Vulkanlar harakatidan yer po‘stida kuchli 
o‘zgarishlar ro‘y beradi, kishilik jamiyatiga moddiy ham ma’naviy zarar keltiriladi.
Vulkan harakati tufayli turli yangi reyef shakllari hosil bo‘ladi. Ularning 
orasida vulkan konuslari asosiy ahamiyatga ega (2.11 - rasm). Daslab magma 
o‘chog‘ida vujudga kelgan magma burdalangan zonalar yoki yer yoriqlari bo‘ylab 
yer sirtiga intiladi. 
Vulkan mahsulotlari chiqadigan kanal 
bo‘g‘iz
, uning og‘zidagi doira 
shaklidagi pastkamlik 
krater
deb ataladi. Ba’zan vulkan apparatlarining yon 
tomonlarida yeriqlar paydo bo‘ladi, u yerdan ham vulkan mahsuloti chiqa 
boshlaydi. Bu xildagi 
vulkan parazit vulkan
deb ataladi. Ulardan ham ko‘p 
miqdorda 
lava
chiqishi mumkin. 
Vulkan ildizi, ya’ni uning birlamchi magmatik o‘chog‘i 60-100 km 
chuqurlikdagi astenosfera qatlamida joylashgan bo‘ladi. Yer po‘stining 20-30 km 
chuqurligida ham ikkilamchi magmatik o‘choq joylashgan bo‘lib, u bo‘g‘iz orqali 
vulkanni bevosita oziqlantiradi. Vulkan konusi otilib chiqqan mahsulotlardan 


51 
tuzilgan. Konus uchidagi krater ba’zan suv bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Krater diametri 
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Klyuchevsk Sopkasiniki 675 m, Pompeyni 
vayron qilgan Vezuviy vulkaniniki esa 568 m.Vulkan otilishdan hosil bo‘lgan relyef 
shakllari xilma - xildir. Masalan, Maar tipidagi vulkan kraterining atrofi tuf yoki 
vulkan kulidan iborat. Vulkan kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo‘lib, 
uning shakli voron-kaga o‘xshash, krateri ko‘pincha suv bilan to‘lib, ko‘l hosil qiladi. 
Vulkan otilganidan so‘ng krater yemiriladi va tik devorlarga ega bo‘lgan 
cho‘kma – kaldera hosil bo‘ladi. Kalderalar gaz va bug‘ning juda ko‘p to‘planib 
qolishi natijasida ba’zan juda kuchli portlash evaziga vujudga kelishi mumkin
(1 - rasm).

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish