Agrokimyo va tuproqshunoslik


-kartasxema. Buyuk Afrika rift zonasi



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

3-kartasxema. Buyuk Afrika rift zonasi. 
 
 


64 
Uning g‘arbiy tarmog‘i shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda Tanganika va Eduard 
ko‘llaridan o‘tib tugaydi. Sharqiy tarmog‘i shimoliy-sharqqa qarab burilib, Somali 
yarimorolining janubiy chetini aylanib o‘tib Hind okeaniga chiqadi. Markaziy 
tamog‘i esa shimolga qarab Qizil dengizi orqali O‘lik dengiziga chiqadi va Kichik 
Osiyoning Tavr tizmasining janubiy etaklarida tugaydi. 
Buyuk Afrika yer yoriqlari tizimi relyefda Rudolf, Nyasa, Tanganika, Eduard, 
Albert va boshqa ko‘llar suvi bilan qoplangan tor va chuqur grabenlar qambaridan 
iborat. Yer yoriqlari odatda Hind okeani tomon pasayib boruvchi pog‘onali 
uzilmalarni tashkil etadi. Afrikadagi harakatdagi vulkanlar ushbu tizimda joylashgan 
bo‘lib, ulardan bazalt lavasining oqib chiqishi antropogen davrida ham davom 
etmoqda. 
Yosh graben-riftlarning hosil bo‘lishi yer sharining boshqa faol chuqur yer 
yoriqlari zonalarida ham kuzatiladi. Masalan, Sibirda cho‘kish amplitudasi 1700 m ga 
boruvchi Baykal ko‘li grabeni hosil bo‘lgan.
Faol vertikal harakatlarga ega bo‘lgan ulkan yer yoriqlari Shimoliy Amerika 
platformasining Kordilyera bilan tutashgan g‘arbida paydo bo‘ladi. Palaxsali 
harakatlar tufayli bu yerda tog‘li relyef (Qoyali tog‘lar) vujudga keladi va 500000 
km2 maydonni qoplab olgan qalin bazalt lavalarining kuyulishi kuzatiladi. 
Chuqur yer yorig‘i bo‘yicha Kaliforniya materikdan uzun va tor ko‘rfaz hosil 
qilib, ajralib qolgan. Kaliforniyani Shimoliy Amerikadan ajratib turuvchi San-
Andreas chuqur yer yorig‘i bo‘yicha gorizontal harakatlar hozirgi kunda ham kuchli 
zilzilalar bilan yiliga 5-6 sm tezlikda davom etmoqda. 
Paleogeografiyasi.
Bo‘rda boshlangan dengiz regressiyasi paleogenning 
boshida ham davom etgan, ammo bu davrning o‘rtalarida u Yevrosiyoning ancha 
qismi: Sharqiy Yevropa tekisligining janubiy qismi, O‘rta Osiyo va G‘arbiy Sibir 
tekisliklari, G‘arbiy Yevropa paleozoy tog‘larini ajratib turuvchi tekisliklarini qamrab 
olgan yangi transgessiya bilan almashadi. Shu bilan bir vaqtda oligotsenning oxirda 
Tetis va Tinch okeanining g‘arbiy qismida neogenda ham davom etgan tektonik 
harakatlar rivojlanadi. 
Paleogen davrining boshlarida shimoliy yarimshardagi epigersin platformalari 
egallagan yirik dengiz transgressiyasi rivojlanadi va Sharqiy Yevropa platformasining 
janubini, Arabistonni va Afrikaning shimolini qoplab oladi. Shimoliy Amerika va 
Sibir platformalari esa quruqligicha qolgan. 
Janubiy Amerika boshqa kontinentlardan to‘liq ajralib qoladi va o‘zining 
dastlabki sutemizuvchilari bilan xarakterlanadi Afrika, Hindiston va Avstraliya bir-
biridan yanada o‘zoqlashadi. Butun paleotsen davomida Avstraliya Antarktida 
yaqinida joylashgan. Dengiz sathi pasaygan, yer sharining ko‘p joylarida yangi 
quruqliklar vujudga keladi. 


65 
Tosh qotgan qoldiqlar odam evolyutsiyasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot 
bermasada, biz odamlarning odamsimon maymunlardan kelib chiqqanini bilamiz. 
Odamning eng qadimiy ajdodi avstralopitek Australopithecus afarensis (A) taxminan 
5 mln yil ilgari Afrikaning shimoliy-sharqida yashagan. Keyingi 3-4 mil. Yil 
davomida u A. Africanus (V) ga evolyutsiyalangan. Oddiy tosh qurollardan 
foydalangan uddobo‘ron odam Homo Habilis (S) undan 500 000 yil keyin paydo 
bo‘lgan. Tik yuruvchi odam N. erectus (D) 750 000 yil ilgari Afrikadan butun 
dunyoga tarqalgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, N Erectus dan ikki tarmoq 
rivojlangan. 40 ming yil ilgari qirilib ketgan neandertal (YE) aqilli odamning N 
Sapiens sapiens (F) eng ilk vakillari tomonidan siqib chiqarilgan (4.44-rasm). 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish