67
Hayvonot olamida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Dastlabki sutemizuvchilar
va qushlar paydo bo‘ladi. Mezozoyning oxiriga kelib
dinozavrlar batomom qirilib
ketadi. Bu o‘zgarishlarning barchasi trias, yura va bo‘r davrlarida (170±10 mln yil)
sodir bo‘ladi.
Geodinamikasi.
Triasda Pangeyning parchalanishi, hozirgi dengiz va
okeanlarning shakllanishi boshlangan. Birinchi bosqichda sharqda Pangeyning
shimoliy qismini janubiy qismidan ajratgan Tetis okeani ochilgan (oldindan
mavjud
bo‘lgan Tinch okeani ko‘rfazi o‘rnida).
Afrika, Hindiston, Avstraliya va Antraktida oraliqlari dengizlar bilan qoplanadi
va ular keyinchalik Hind okeaniga aylanadi. Shunday qilib, Hind okeanining
shakllanish vaqtini taxminan 160 mln yil deb baholash mumkin. Afrikaning Janubiy
Amerika bilan aloqasi triasda hali mustahkam bo‘lgan.
Trias davri – Gondvananing parchalanishi bilan xarakterlanadi. Uning turli
rayonlarida chuqur yer yoriqlari vujudga keladi. Bu yer yoriqlarining dastlabki tutgan
holati janubiy yarimshardagi bo‘lajak materiklarning shaklini belgilagan. Ushbu yer
yoriqlari bo‘ylab yer yuzasiga bazalt lavalari quyuladi. Qalinligi 2,5
km gacha
boruvchi bazalt oqimlari 500000 km2 dan ortiq maydonlarni qoplab, trapplarni hosil
qilgan.
Trias uchun kontinental sharoitlarning ustuvorligi va sust tektonik faoliyat
xarakterli bo‘lgan. Tetis yurada g‘arbga qarab rivojlanib va kengayib Pangeyni
Lavrosiyo va Gondvanaga ajratib qo‘ygan. Bunda Lavrosiyo o‘zining yaxlitligini
saqlab qolgan, ammo Gondvana hududida janubiy pramaterikni ikkiga bo‘lgan Hind
okeanining g‘arbiy qismida botiqlikning shakllanishi boshlangan.
Yuraning oxiriga kelib chuqur yer yoriqlari bo‘ylab tektonik harakatlar yanada
kuchayadi
va ular Livan, Suriya va Mozambikda bazalt lavalarining quyulishi bilan
birga kechadi. Afrika va Janubiy Amerika orasida ham chuqur yer yorig‘i vujudga
kelib, undan ham qalinligi 1 km ga yaqin bazalt lavalari quyuladi. Yura davrida
Shimoliy Atlantika botiqligi vujudga keladi.
Bo‘r davrining oxirida, hozirgi o‘lchamiga yetmagan bo‘lsada, Hind okeani aniq
ifodalanadi. Tor tirsaksimon dengiz bo‘g‘ozi orqali Atlantika okeanining o‘rni
belgilanadi.
Shunday qilib, mezozoy bosqichi yerning geologik
tarixida juda muhim davr
hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab hozirgi zamon materiklari va okeanlarining
shakllanishi boshlangan. Yer shari tom ma’nosida choklari bo‘ylab darz ketgan.
Yerning qudratli ichki kuchlari yupqa yer po‘stini yorib, uning parchalarini turli
tomonlarga surib yuborgan.
Kechki paleozoyda hozirgi Afrikaning g‘arbiy chegarasida chuqur yer yorig‘i
zonasi shakllangan. Triasga kelib bu struktura yanada faollashadi va yer po‘stining
68
tor zonasi cho‘kib, bazalt lavasi quyuladi. Bu zonada graben-riftlar vujudga keladi.
Ularga dengiz suvlari bosib kirib,
hozirgi Qizil dengiz, Suvaysh, Kaliforniya
ko‘rfazlari va Adan bo‘g‘ozini eslatuvchi tor ichki dengizlar vujudga keladi. Shunday
dengizlar taxminan 160-150 mln yil ilgari Tetis okeanining janubida Hindiston va
Afrikaning Samali yarimoroliga kirib boradi.
Bu hodisalardan bir qancha vaqt keyin ichki dengizlar Hindiston va Avstraliya
orasida ham vujudga keladi. Keyinroq (120 mln yil ilgari)
dengiz suvlari Janubiy
Amerika va Afrika orasida ham tor bo‘g‘oz hosil qiladi. 10 mln yil o‘tib bu bo‘g‘oz
uning markaziy qismigacha kirib boradi. 100 mln yil ilgari Atlantika okeanining juda
tor qambari mavjud bo‘lgan.
Bo‘r davrida Atlantika okeanning hosil bo‘lishi boshlangan (oldin janubiy,
keyinchalik markaziy qismi), natijada Shimoliy Amerika Yerosiyodan ajrala
boshlagan, Tetisning g‘arbiy qismi esa (Karib) sharqiy qismidan (O‘rta yer dengizi)
ajralgan. Shimoliy qismida Lavrosiyoning yaxlitligi kaynozoy erasining oxirigacha
saqlangan.
Materiklar ko‘rinishidagi sezilarli o‘zgarishlar kechki bo‘rda (100-80 mln yil
ilgari) sodir bo‘lgan. Janubiy Amerika Afrikaga
nisbatan soat mili harakati
yo‘nalishiga teskari burilib, g‘arbga qarab hozirgi tutgan o‘rniga suriladi. Hindiston
Afrikadan ajralib, Osiyoga qarab shimolga suriladi. Avstraliya va Antraktida
Afrikadan janubiy-sharq va janubga qarab suriladi. Afrika kontinenti birmuncha
burilib, shimolga qarab Yevropaga qo‘shilguncha siljiydi. Ularni faqat O‘rta yer
dengizi ajratib turgan (4.5-kartasxema).
Mezozoy erasidagi tektonik harakatlarning jadalligi shu qadar yuqori bo‘lganki,
bunda tog‘ hosil qiluvchi jarayonlar ba’zi paltformali viloyatlarni ham qamrab olgan.
Epiplatformali faollashuv epiplatformali orogenez deb ataluvchi viloyatlar vujudga
keladi. Bunga misol qilib Mug‘ul-Oxota qambarini keltirish mumkin.
Mezozoy burmalanishi va qadimiy platformalarning
tutashgan joylarida old
botiqliklar shakllanadi. Platformalar yaqqol cho‘kkan va ko‘tarilgan viloyatlarga
ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: