Agrokimyo va tuproqshunoslik


Tuproqlar va ona jinslarning mexanik tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyasi



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Tuproqlar va ona jinslarning mexanik tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyasi. 
(N.A.Kachinskiy) 
Mexanik 
tarkibiga ko‘ra 
«Fizik loy»(<0,01 mm) 
miqdori, foiz 
«Fizik qum» (>0,01 mm) 
miqdori, foiz 


107 
qisqacha nomi 
T u p r o q l a r
Podz
ol 
tipi- 
dagi 
Dasht 
tipidag

hamda 
qizil va 
sariq 
tuproq
lar 
SHo‘rt
ob va 
kuchli 
sho‘rto
blar 
Podzol 
tipidag

Dasht 
tipidagi 
hamda 
qizil va 
sariq 
tuproql
ar 
SHo‘rt
ob va 
kuchli 
sho‘rto
blar 
Qum tuproq: 
sochilma 
qum 
birikkan 
qum 
Qumloq tuproq 
Qumoq tuproq 
yengil 
qumoq 
o‘rta 
qumoq 
og’ir 
qumoq 
Soz tuproq 
yengil 
soz 
o‘rta soz 
og’ir soz 
0-5 
5-10 
10-20 
20-30 
30-40 
40-50 
50-65 
65-80 
>80 
0-5 
5-10 
10-20 
20-30 
30-45 
45-60 
60-75 
75-85 
>85 
0-5 
5-10 
10-15 
15-20 
20-30 
30-40 
40-50 
50-65 
>65 
100-95 
95-90 
90-80 
80-70 
70-60 
60-50 
50-35 
35-20 
<20 
100-95 
95-90 
90-80 
80-70 
70-55 
55-40 
40-25 
25-15 
<15 
100-95 
95-90 
90-85 
85-80 
80-70 
70-60 
60-50 
50-35 
<35 
Bu klassifikatsiyaga ko‘ra mexanik tarkibining asosiy nomi "fizik qum" ning 
"fizik loy" ga bo‘lgan nisbatiga qarab beriladi va qo‘shimcha nomlanayotganda esa, 
ko‘proq uchraydigan fraksiyalar (shaђal 3-1 mm, qum 1-0,05 mm, yirik chang 0,05-
0,01 mm, changsimon 0,01-0,001 mm va loyqa < 0,001 mm) miqdori e’tiborga 
olinadi. 
Masalan, bo‘z tuproqlar tarkibidagi fizik loy 28,1 foiz, qum 37,0, yirik chang 
34,9, o‘rtacha va mayda chang 16 yoki 12,1 foiz bo‘lganda, mexanik tarkibiga ko‘ra 
uning asosiy nomi - yengil qumoq bo‘lib, qo‘shimcha nomi - yirik chang qumlidir.
Mexanik tarkibining qo‘shimcha nomi, misolda keltirgandek, tuproqda ko‘prok 
uchraydigan ikki fraksiya asosida berilib, oxirida aytiladigan (masalan, qum) uning 
ko‘proq ekanligini ifodalaydi. 


108 
N.A.Kachinckiy o‘zining mukammal (uch hadli) klassifikatsiyasida qum, 
chang va loyqalarning nisbatini ham hisobga oladi, sho‘nga ko‘ra qaysi fraksiyaning 
ko‘pchiligiga qarab tuproq turli nom bilan ataladi. Masalan, og’ir qumoq va o‘rta 
qumoq tuproqlar yana quyidagi gruppalarga bo‘linadi: changli - loyqa tuproq, loyqa-
changli tuproq, yirik changli-loyqa tuproq, loyqa-yirik changli tuproq, changli tuproq, 
yirik changli tuproq, qum-changli tuproq, loyqa-qum tuproq, changli -qum 
tuproq.O‘rta va yengil soz tuproqlar esa loyqali-chang tuproq, changli-loyqa tuproq, 
yirik 
changli-loyqa 
tuproq, 
loyqali-yirik 
chang 
tuproqlarga 
bo‘linadi. 
Qovushmagan qumlar: mayda donador, o‘rtacha donador, yirik donador, mayda 
donador-shaђalli, o‘rtacha donador - shaђalli (graviyli), yirik donador-shaђalli 
qovushmagan qumlarga bo‘linadi. Qovushmagan qumlarda chang va loyqalar 
miqdori hisobga olinadi va zarrachalarning katta-kichikligiga qarab ular tegishli nom 
bilan ataladi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, klassifikatsiyada tuproqning genetik tabiati
ulardagi loy fraksiyalarning struktura agregatlariga birlashuvi xossasi e’tiborga 
olingan bo‘lib, bunda gumus miqdori, tarkibi va almashinuvchi kationlar hamda 
mineralogik tarkibi muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlar qanchalik yaxshi 
ifodalangan bo‘lsa, fizik loy miqdori bir xil bo‘lgan sharoitda ham loy 
zarrachalarining xossalari unda kuchliroq namoyon buladi. Shuning uchun ham doim 
dasht tuproqlari, qizil va sariq tuproqlar podzol, sho‘rtob tuproqlarga nisbatan 
strukturali bo‘lganidan, undagi fizik loy miqdori bu tuproqlarda ancha ko‘proq 
saqlangandagina og’ir mexanik tarkibli kategoriyalarga kiritiladi. Masalan 6-jadvalga 
ko‘ra dasht tuproqlari (qora tuproq kabi) ni soz tuproqlar jumlasiga fizik loy miqdori 
60-75 foiz bo‘lganda, podzol tuproqlarni 50-65 foiz, sho‘rtoblarni esa 40-50 foiz 
bo‘lganda kiritiladi. 
Demak, mexanik tarkibni aniklayotganda tuproqlar kelib chiqishining genetik 
xususiyatlariga e’tibor berish lozim. 
5. Mexanik tarkibi tuproqning eng muhim fundamental xossalari va 
unumdorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, birinchi navbatda 
uning agronomik ahamiyati kattadir. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nam siђimi 
kabi xossalari hamda havo-suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita 
boђliq bo‘lib, suђorish va zax qochirish melioratsiyasida bu ko‘rsatkichlar muhim rol 
o‘ynaydi. 
Turli mexanik tarkibli tuproqlar har xil unumdorlikka ega bo‘lganligidan yerni 
ishlash, o‘simliklarni oziqlantirish bo‘yicha turli agrotexnik tadbirlar olib boriladi. 
Soz tuproqlar odatda qumoq va qumli tuproqlarga nisbatan o‘simliklar uchun zarur 
oziqa kul moddalarni ko‘proq saqlaydi. Mexanik tarkibi tuproqning singdirish 
qobiliyati, oksidlanish-qaytarilish sharoitlariga, yerda chirindining va oziq 


109 
moddalarning 
to‘planishida 
ham 
muhim 
rol 
o‘ynaydi. 
Mexanik tarkibiga ko‘ra yerga ishlov berish sistemasi, dala ishlarining 
muddatlari, o‘ђitlash normasi, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemalari 
kabilar belgilanadi. 
Yerga ishlov berishda qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollariga 
ko‘rsatiladigan qarshilikni belgilaydigan tuproqning fizik-mexanik xossalari ham 
mexanik tarkibiga boђliq. Bu xossasiga ko‘ra traktorlar uchun sarflanadigan yoqilђi 
va ish normalari belgilanadi. Ayonki, mexanik tarkibi og’irlashuvi bilan tuproqning 
ish qurollariga ko‘rsatadagin qarshiligi va yoqilђi sarfi ham ortadi. Masalan, yengil 
qumoqlarda tuproqning qarshiligi har kvadrat sm.ga 0,50-0,70 kg.ni tashkil etib 10-
12 - kg/ga yoqilђi sarflanganda, o‘rtacha qumoqlarda -0,93-1,06 kg/sm2 va yoqilђi 
sarfi 15-18 kg/ga ni, yengil soz tuproqlarda esa qarshilik yanada kuchli bo‘lib, yoqilђi 
sarfi gektariga 28-30 kg ni tashkil etadi. 
Qum va qumloq tuproqlar yengil haydalganidan dehqonchilikda bularni yengil 
tuproqlar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o‘tkazib, maqbul xavo rejimiga ega, tez 
isiydi. Lekin bu tuproqlar qator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam siђimiga 
ega. Shuning uchun hatto seryoђin rayonlarda ham o‘simliklarga nam yetarli 
bo‘lmaydi. Yengil tuproqlarda chirindi va o‘simliklar uchun zarur oziq moddalar kam 
va singdirish qobiliyati past bo‘ladi, shamol eroziyasiga ko‘proq uchraydi. Og’ir 
qumoq va soz tuproqlar ancha yuqori birikkanligi va nam siђimining ko‘proq bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi. Oziq moddalar bilan yaxshiroq ta’minlangan, chirindiga boy. 
Bunday tuproqlarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko‘p kuch va energiya 
sarflanadi. Shuning uchun bu tuproqlar og’ir tuproqlar deb yuritiladi. Strukturasiz 
og’ir tuproqlar noqulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega. Suv o‘tkazuvchanligi 
past, yengil changlanib ketadi, qatkaloq hosil bo‘ladi, zichligi yuqori, yopishqoqligi 
va ko‘pincha havo, issiqlik rejimlarining noqulay bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu 
tuproqlar ham qumli va qumloq tuproqlar singari qishloq xo‘jaligida foydalanish 
uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam strukturali yengil qumoq va o‘rta qumoq 
tuproqlar qator maqbul xossalari bilan xarakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir. 
Tabiiy iqlim sharoitlari va tuproq tiplariga ko‘ra mexanik tarkibining maqbulligi ham 
o‘zgaradi. Masalan, dasht zonasining yaxshi strukturali qora tuproqlari uchun ancha 
og’ir mexanik tarkib (og’ir qumoq va soz tuproqlar) ham namni yaxshi to‘plash 
imkonini beradi. Bo‘z tuproqlarda esa o‘rtacha qumoq mexanik tarkib ancha yaxshi 
hisoblanadi. 
Mexanik tarkibi baholanayotganda, shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlarining 
biologik xususiyatlari va ularning tuproq sharoitlariga bo‘lgan talabchanligiga ham 
e’tibor berish lozim. Masalan, kartoshka va ko‘pchilik sabzavot ekinlari uchun 
qumloq 
va 
yengil 
qumoq 
tuproqlar 
ancha 
qulaydir. 


110 
Tuproqning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibi bilan boђliq bo‘lib, yerdan 
unumli foydalanilganda va turli tadbirlar qo‘llanilganda, uning xossalari yaxshilanib 
boradi. Buning uchun turli usullardan foydalaniladi. Masalan, qum tuproqlarni gillash 
(yerga loyqa oqizish), mahalliy o‘ђit qo‘llanish bilan yoki og’ir soz tuproqlarni 
qumlash (yerga qum solish) yo‘li bilan dehqonchilikda yaxshilab borish mumkin.

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish