Agrokimyo va tuproqshunoslik


Talabaning bilimini sinash uchun savollar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1. Tuproq profili va uni tashkil etuvchi genetik gorizontlarni
tushuntiring? 
2.Tuproqning 
asosiy 
morfologik 
belgilariga 
nimalar 
kiradi? 
3.Tuproq rangi va uni belgilovchi eng muhim moddalarni ta’riflang? 
4.Tuproq 
qovushmasi 
qanday 
xillarga 
bo‘linadi? 
5.Tuproqning 
yangi yaralmasi va qo‘shilmasi deb nimaga aytiladi? 
6. Tuproq profilining mikromorfologik tuzilishi va uni o‘rganish usullarini 
ta’riflang? 
12-MAVZU. TUPROQ VA TUPROQ PAYDO BO‘LUVCHI JINSLARNING 
GRANULOMETRIK (MEXANIK) TARKIBI. 
РЕЖА:
 
1. Tuproq granulometrik (mexanik) tarkibining vujudga kelishi. 
2. Tuproq mexanik elementlari, ularning klassifikatsiyasi. 
3. Tuproq mexanik fraksiyalarining minerologik, kimyoviy tarkibi, fizik 
xossalari va ahamiyati. 
4. Tuproqning granulometrik (mexanik) tarkibi, unga ko‘ra tuproqlar 
klassifikatsiyasi. 
5. Tuproq mexanik tarkibining ahamiyati, uning tuproq unumdorligi va 
agronomik xossalariga ta’siri.
1. 
Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqlar tarkibi turli katta-kichiklikdagi 
zarralar, jumladan birlamchi minerallarning yirik donachalaridan tortib, mikronlar 
bilan o‘lchanadigan eng mayda kolloid zarrachalari to‘plamidan tashkil topgan. 
Tuproqning mexanik tarkibi asosan ular hosil bo‘lgan tuproq paydo qiluvchi ona 
jinslaridan o‘tgan va tuproq paydo bo‘lish jarayonida kam o‘zgaradi.
G’ovak tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning hosil 
bo‘lishi va boshlanђich jinslar xarakteriga boђliq. Toђ jinslarining nurash 
mahsulotlari parchalanishi, suv va shamol oqimlari ta’sirida ko‘chirilish va 
yotqizilishi jarayonida ularning qayta saralanishi va yer yuzasida yirik bo‘lakli 


104 
jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi. Bunda 
allyuvial va eol yotqiziqlari tarkibi bir-biriga o‘xshash, yaxshi saralangan qum, 
qumloq, soz zarrachalarini ko‘p saqlaydigan holga o‘tadi. Muz, muz-suv va delyuvial 
yotqiziqlari esa yomon saralangan, har xil kattalikdagi zarra (bo‘lak) lar 
aralashmasidan tashkil topgan. 
Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy 
tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlanђich ona jinslardan 
o‘tgan, albatta asosiy qismi shunday kelib chiqishiga ega bo‘lsa ham, ammo bir qismi 
tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘lgan. Shuning uchun tuproqning 
mexanik elementlarini mineral, organik yoki organo-mineralli zarrachalar tashkil 
etadi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona jinslaridan o‘tgan) 
yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. 
2
. Jinslar va tuproqlardagi turli o‘lchamli alohida zarrachalar mexanik elementlar 
deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra mexanik elementlar: mineral, organik va organo-mineral 
zarrachalardan iborat. Bu zarrachalar toђ jinslarining bo‘lakchalaridan, ayrim (birlamchi, 
ikkilamchi) minerallar, chirindi moddalar va organik hamda mineral moddalarning 
o‘zaro 
ta’sirlashuvidan 
hosil 
bo‘lgan 
mahsulotlardan 
tashkil 
topgan. 
Mexanik elementlar tuproq va jinslarda alohida (qum) va turli struktura 
bo‘lakchalariga birikkan shaklda bo‘ladi. Mexanik elementlarni miqdoriy aniqlashga 
mexanik analiz deb ataladi. Mexanik elementlarning xossalari, ular o‘lchamiga ko‘ra 
o‘zgarib turadi. O‘lchami va xossalari bir-biriga yaqin zarrachalar odatda fraksiyalarga 
birlashtiriladi. 
Zarrachalar 
katta-kichikligiga 
qarab 
fraksiya 
gruppalarining 
klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Kattaligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratilgan 
zarrachalarning gruppalanishiga mexanik elementlar klassifikatsiyasi deyiladi. 
Hozirgi 
vaqtda 
N.A.Kachinskiy 
tavsiya 
etgan 
mexanik 
elementlar 
klassifikatsiyasi ko‘p ishlatiladi (5- jadval). 
Fraksiyalardagi o‘lchami 1 mm dan katta zarrachalarga jinslarning tosh qismi 
yoki tuproq skleti, 1 mm dan kichiklari esa mayda zarrachali yoki mayda qismi deb 
ataladi. Shuningdek, mayda zarrachadagi 0,01 mm dan katta zarrachalar xossalari 
qumga yaqin bo‘lgani uchun shartli "fizik qum" gruppasiga, 0,01dan kichiklari esa 
loyga o‘xshashligi sababli "fizik loy" deb yuritiladi. 
3. Turli mexanik elementlarning minerologik, kimyoviy tarkibi, ularning fizik va 
fizik-kimyoviy xossalari har xil bo‘lganidan, alohida fraksiyalar tuproqlar hamda 
jinslarning xossalariga turlicha ta’sir etadi. 
Alohida fraksiyalar uchun xarakterli bo‘lgan xossalarga qisqacha to‘xtalamiz. 
Tosh
(>3 mm) asosan turli toђ jinslarining bo‘lakchalaridan iborat bo‘lib, 
tuproqda toshning ko‘pligi qator salbiy xossalargi olib keladi. Jumladan, qishloq 
xo‘jalik mashinalari va qurollaridan foydalanishni qiyinlashtiradi, ekinlarning unib 


105 
chiqishi va o‘sishiga yomon ta’sir etadi. Tuproqning toshlilik darajasi odatda 
(massasiga nisbatan foiz xisobida) 3 mm dan katta zarrachalar miqdoriga ko‘ra 
quyidagi gruppalarga ajratiladi: toshli bo‘lmagan - 0,5 foiz, kam toshli - 0,5-5 
foizgacha, o‘rtacha toshli 5-10 foiz va kuchli toshloq tuproq 10 foizdan ko‘p.

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish