Agrokimyo va tuproqshunoslik


Tuproq profilining mikromorfologik tuzilishi



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

3. Tuproq profilining mikromorfologik tuzilishi.
Tuproq 
makromorfologik belgilari bilan bir qatorda oddiy ko‘z bilan ilђash qiyin bo‘lgan 
ammo faqat polyarizatsion (qutblashtiruvchi) mikroskop orqali, maxsus usullardan 
foydalanib o‘rganish mumkin bo‘lgan mikromorfologik xususiyatlari bilan ham 
xarakterlanadi. Tuproqning mikromorfologik belgilarini o‘rganish usulini dastlab 
nemis olimi V.Kubiyen ishlab chiqqan va keyinchalik ko‘plab tuproqshunoslar 


102 
(Myukenxauzen, Yarilova, Porfenova, Dobrovolskiy) tomonidan takomillashtirilgan. 
Bu usul qovushmasi buzilmagan tuproq namunalari shliflarini polyarizatsion 
mikroskopda o‘rganishga asoslangan(13- rasm). 
Mikromorfologik metod tuproqning mikrotuzilishi va mikroqovushmasini 
kovakligini tuproqning alohida komponentlari (tarkibiy qismlari) tarkibini o‘rganish 
imkonini beradi. Shliflarda tuproqning skelet va plazmasi ajratiladi. 
Skeleti 2 mkm dan yirik minerallardan (asosan birlamchi minerallardan) 
plazmasi esa o‘lchami 2 mkm dan kichik nozik zarralardan iborat. Plazma gilli 
minerallardan, silikatsiz ikkilamchi temir va alyuminiy oksidlaridan va gumusdan 
iborat bo‘lib, tarkibi jihatidan gilli, gumus gilli, karbonat gilli, temir gilli gruppalarga 
bo‘linadi. Shliflarda G’ovakligi, agregatlanish xarakteri va tuproq paydo bo‘lish 
jarayonlarini ifodalovchi turli yangi yaralmalar yaxshi ko‘rinib turadi.
7- rasm. Shlifda tuproq namunasining qutblashtiruvchi
mikroskopda ko‘rinishi.
4. Tuproq morfologik belgilarini o‘rganish tuproq paydo qiluvchi jarayonlarni 
hamda ayrim gorizontlarning tarkibi, xossalari, xarakteri asosida tuproq tiplari, tipchalari 
va turlarini aniqlash imkoniyatini beradi va tuproqlarni aniqlash uchun zarur. 
Tuproqlarni aniqlash uni u yoki bu tipga, tipchaga, xil va ayirmalarga mansub ekanligini 
aniqlashga imkon beradi. 
Masalan, agarda tuproq qora tusli, donador yoki mayda kesakli strukturali, uning 
qora tusli chirindili qatlami 50-70-100 sm ga ega, va nihoyat chirindi osti qatlam xlorid 
kislotasi ta’sirida qaynasa (ya’ni karbonatliligining belgisi), bunday tuproqni biz ishonch 
bilan qora tuproqlar tipiga kiritishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar qora 
tuproqlarni bildiradigan tip belgilari hisoblanadi. Tipga xos bo‘lgan belgilarning qay 
darajada ifodalanishiga ko‘ra o‘z navbatida tipchalarga bo‘linadi. Masalan, qora 
tuproqlar podzollangan, ishqorsizlangan, tipik, oddiy va janubiy tipchalarga bo‘linadi. 


103 
Ular bir-birlaridan qoramtir tusning namoyon bo‘lish darajasi, chirindili qatlamining 
qalinligi (qalin - 1 m, o‘rtacha 60-80 sm, kam < 60 sm va h.k.), strukturasining xarakteri 
va kislota ta’sirida qaynash chuqurligi kabi belgilari bilan farq qiladi. Tipchalar o‘z 
navbatida avlodlarga, avlodlar turlarga, ular xillarga, xillar esa ayirmalarga bo‘linadi.
Shunday qilib, tuproqlarning morfologik belgilarini o‘rganishdan maqsad, ularni 
aniqlashda qaysi tip, tipcha, avlod, tur, xil va ayirmalardagi tuproq ekanligini 
aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari tuproqlarning morfologik belgilari ularning ichki 
xossalari bilan boђliq bo‘lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalarini ham bildiradi va 
yaqincha aniqlashga yordam beradi.

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish