Agrokimyo va tuproqshunoslik


Talabaning bilimini sinash uchun savollar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1.Tuproq paydr bo‘lishidagi jarayonlar haqida nimalarni bilasiz? 
2.Tabiatda moddalarning aylanishi to‘ђrisida nazariy va amaliy tushunchalarga 
bo‘lgan munosabatingiz, misollar keltiring. 
3.Tuproq paydo bo‘lishida tuproqning o‘ziga xos belgilarining yuzaga kelishi to‘ђrisida 
nimalarni bilasiz? 
4. Tuproq unumdorligi nima ? 
5. Tuproq unumdorligini asosiy omillarini sanab bering ? 
6. Tuproqning madaniylashtirish nima? 
9-MAVZU. TUPROQ PAYDO BO‘LISH OMILLARI. 
REJA. 
1.Tuproq paydo bo‘lishi jarayonlari 
2. Tuproqning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida tushuncha 
3.Katta geologik doira bo‘ylab aylanayotgan moddalarning tuproq hosil
bo‘lishidagi roli 
4.Kichik 
biologik doira bo‘ylab xarakat qilayotgan kimyoviy 
moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati 
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni
deganda tog‘ jinslari va yotqiziqlar ustida, 
tabiiy sharoitda tuproq qoplamining genezisi, shakllanishi, uning tabiiy va inson 
(antropogen) ta’sirida rivojlanishi hamda evolyusiyasini tushunamiz. Tuproq hosil 
bo‘lish jarayoni tog‘ jinslarning nurashi va suv yordamida akkumulsiya qilingan, 
glyatsial, eol va gravitatsion to‘plangan mahsulotlarining tirik organizmlar tomonidan 
o‘zlashtirilishidan boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining birinchi bosqichi 
tog‘ jinslari – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinchlarning yemirilishi davriga 
to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil bo‘lishi yemirilish qobig‘i bilan 


80 
birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik abiotik davrda hosil bo‘lgan yotqiziqlarda
tuproqlar bo‘lmagan va faqat tog‘ jinslarining nurash qobiqlari ishtirok etgan, xolos. 
Shuning uchun tuproq va yer yemirilish qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida 
o‘rinni egallaydi. Birinchi jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar 
o‘zgaradi, maydalanadi, gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib yerning relefi bo‘yicha 
o‘lchamlariga qarab yig‘malar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq esa biokos tizim 
mahsuloti bo‘lib, gumusli genetik qatlamlardan iborat ma’lum morfologik to’zilishga 
ega bo‘lgan unumdorligi bilan ajralib turadigan tabiiy tarixiy tanadir. Tog‘ jinslari va 
ularning nurashidan hosil bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar, yemirilgan jinslarning 
barchasi geologik jarayon hisoblanib, yer yo’zasida elyuviy, o‘tuvchi (tranzit) yoki 
akkumulyativ yer qobig‘ini hosil qiladi va ular ona jinslar deb yuritiladi. Tog‘ 
jinslarining yemirilishidan tamomila boshqacha: g‘ovakligi, yumshoqligi, qatlamligi, 
havo va suv o‘tkazuvchanligi, birlamchi, ikkilamchi va kolloid minerallarning 
mavjudligi, biofil elementlarning to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa xos 
xususiyatlar va tarkib mujassamlanadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustida dastlab 
primitiv tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan 6 xil omil ta’sirida 
tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil bo‘ladi. Tuproqning rivojlanishi
ya’ni evolyusiya davri boshlanadi. Natijada shakllangan profil va to‘liq qatlamlar 
hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki sho‘rlanish avj olishi mumkin. 
Masalan, botqoq tuproqlar qurib o‘tloqi-botqoq, o‘tloqi, sho‘rxoklar yoki sahro 
tuproqlariga aylanishi mumkin. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni relefga, geokimyoviy 
jarayonlarga bog‘liq. Ularga adirlar, daryo pillapoyalari (terrasa), konus-vinoslar 
(keltirilma) misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va vodiylarda tuproq hosil 
bo‘lishida suv-akkumulyativ, gidromorf, poligidromorf jarayonlar ishtiroki bunga 
misol bo‘ladi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni asosan moddalar yig‘ilishi (akkumulyatsiyasi) va 
moddalarning olib chiqib ketilishi nisbatidan iborat. Tuproq paydo bo‘lishi 
jarayonida moddalar akkumulyatsiyasida uglerod yig‘ilishi (fotosintez-biomassaning 
yig‘ilishi-parsalanish-gumifikatsiya), azot (azotfiksatsiya-organizmlar tomonidan 
foydalanishi-biomassaning 
parchalanishi-nitrifikatsiya-ammonifikatsiya) 
suvda 
eriydigan to’zlar, gips, ohak, temir va kremniy birikmalarning to‘planishi misol 
bo‘lishi mumkin. 
Tuproq paydo bo‘lishida nisbiy birikmalar to‘planishida ona jins tarkibidan 
ishqor va ishqoriy yer elementlarining yuvilib olib chiqib ketilishi natijasida 
alyuminiy yoki kremniy oksidlarining to‘planishiga olib keladi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayonlari va omillarini o‘rganish natijasida tuproq 
qoplamining mintaqaviy xususiyatga ega ekanligi va ularning yer yo’zasida ma’lum 
bir qonuniyat bilan joylashish tartibini keltirib chiqaradi. Tuproq hosil bo‘lishida 


81 
omillarning ta’siri konsepsiyasi yaratilishi asosida V.V.Dokuchayev tomonidan 
tuproq qoplamining mintaqaviy hudud bo‘yicha ma’lum tip shaklida o’zviy 
bog‘liqligi “Tabiatning mintaqaviyligi ta’limoti” degan asarida tavsif etiladi. 
V.V.Dokuchayev tomonidan 5 ta mintaqaviy katta hududlar ajratildi: 1) boreal 
(arktika), 2) o‘rmon, 3) qora tuproq cho‘llari, 4) areal va 5) lateral tuproqlarga 
guruhlandi. Bundan tashqari tog‘liklar, allyuvial, toshli o‘rmon kengliklari ko‘rsatib 
o‘tildi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida V.V.Dokuchayev iqlimni asosiy omil sifatida 
ajratib, har bir mintaqaviy kenglikda zonal yoki normal tuproq tiplarining joylashish 
tartibini qayd etdi. 
Keyingi paytlarda qit’alar tuproqlari o‘rganilib, ularda mintaqalar nafaqat 
bioiqlim sharoiti, geologik to’zilishi, orografiyasi, tektonikasi, okean yoki dengiz 
havzalaridan o’zoq yaqinligi ham e’tiborga olindi. 
V.V.Dokuchayev shogirdlari tomonidan sobiq ittifoq hududlarida gorizontal va 
vertikal kengliklar bo‘yicha mintaqalar ajratildi, ya’ni arktika, tundra, breal, 
subboreal, yarim sahro, subtropik hududlar. 
Tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev Kavkaz mintaqasi 
bo‘yicha ham tekichlikdagi yerlarga o‘xshash tuproq tiplarining joylashishi va 
tarqalish qonuniyatlarini aniqladi. K.D.Glinka (1910), S.S.Neustruev (1930), 
S.A.Zaxarovlar Kavkaz va O‘rta Osiyo tog‘larining tabiiy sharoitlarini o‘rganib, 
tuproq qoplamining vertikal mintaqalar bo‘yicha joylashish tartibi haqida ta’limotga 
asos qo‘ydilar. Bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari Y.A.Liverovskiy, N.N.Rozov, 
V.M.Fridland, M.A.Glazovskayalar tomonidan davom ettirildi. 
2. Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, metamorfik, 
cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida yemirilib, iqlim, 
suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy va eol 
yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati 
ta’sirida uning tadrijiy rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. 
Tuproqqa ochiq holatda o‘zi shakllanib, o‘zi rivojlanuvchi murakkab dinamik tizim 
deb qarash mumkin.
L.I.Pirasolov genetik tuproqshunoslik doirasida tuproqni o‘rganish haqidagi mashxur 
tasavvurini rivojlantirib, asosiy nazariy yondashuvlarni quyidagicha taqdim etadi. 
1. Substantiv yonshashuv – obyektning moddiy tarkibi va to’zilmasini 
o‘rganish. Asosiy savol: Obyekt nimadan tarkib topgan va uni tashkil qilgan 
bo‘shliqda qanday joylashgan? 
2. Funksianal yondashuv – obyektning funksiyalashuvini o‘rganish. Asosiy 
savol: obyektning ichida, obyektlararo va uni o‘rab turgan muxit o‘rtasida modda va 
quvvat-informatsiya almashinuvi qanday kechadi? 


82 
3. Evolyutsion genetik yondashuv – obyekt genezisi, tarixini o‘rganish. Asosiy 
savol: obyektni qanday jarayon va mexanizimlar qanday ketma-ketlikda 
shakllantirgan? 
4. Ekologik yondashuv – obyektning shakllanish sabab va sharoitlari. Asosiy 
savol: obyekt qanday sharoitda paydo bo‘lgan va qanday sharoitda yashayapti, ko‘p 
o‘lchamli bo‘shliqda ekologik holati qanday? 
Tuproq paydo bo‘lishi, rivojlanishi, evolyutsiyasi, sistematikasi va tasnifi 
majmualarini o‘z ichiga oladigan fan – genetik tuproqshunoslik hisoblanadi. Tuproq 
genezisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosan V.V.Dokuchayev nomi bilan bog‘liq.
Chunki u tuproq hosil bo‘lish jarayonini iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi hamda vaqt ta’siri natijasida amalga oshishini Rossiyaning qora 
va podzol tupoqlari misolida ko‘rsatib berdi. Tuproq paydo bo‘lishi

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish