271
Масалан, а – 10 мл; Т – 0,0024 г, Е – 250 мл, М – 20 мл Н – 50 г бўлса,
тупроқ таркибида 0,6 % сульфат кислота бўлади.
10 ∙ 0,0024 ∙ 250 ∙100
Х = ---------------------------- = 0,6
20∙ 50
Kalsiyni aniqlash.
Kalsiy o‘simlik hayoti uchun zarur element bo‘lib,
sho‘rlanmagan tuproqlarda, asosan kalsiy nitrat,
kalsiy karbonat va kalsiy
bikarbonat shaklida uchraydi. Turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda esa kalsiy
sulfat (gips) va kalsiy xlorid shakllarida uchraydi. Bu birikmalar o‘simlik hayoti
uchun zararli hisoblanadi. Tuproqdagi kalsiy miqdorini
hajmiy metod bilan
aniqlash oson va qulay. Bu metod kalsiy kationini ammoniy oksalat eritmasi
yordami bilan suv va kuchsiz kislotada erimaydigan kalsiy oksalat shaklida
cho‘ktirishga asoslangan. Bundan tashqari kalsiy miqdorini
trilonli metod bilan
ham aniqlanadi.
Ishning bajarilish tartibi:
Tuproqdagi kalsiyning taxminiy miqdoriga
qarab, so‘rimdan 20-50 ml olib, 100 kub sm hajmli ximiyaviy stakanga solinadi.
Eritmaning reaksiyasi neytrallanadi (lakmus qog‘oz bilan tekshirib ko‘riladi).
Eritmaga bir necha tomchi 10 % li sirka kislota (CH
3
- COOH) tomizilib
qaynaguncha qizdiriladi va va ustiga ammoniy oksalatning [(NH
4
)
2
C
2
O
4
]
to‘yingan eritmasidan 10 ml qo‘yiladi. Stakanning usti soat oynasi bilan yopiladi
va to‘liq cho‘kma hosil bo‘lishi uchun iliq joyda 4 soat saqlanadi.
Stakandagi eritmaning ustki tiniq qismidan probirkaga 1-2 ml olib, ammoniy
oksalatning to‘yingan eritmasidan tomiziladi va qizdiriladi.
Bu bilan kalsiyning
to‘liq cho‘kkanligi aniqlanadi va eritma ( tekshirishga olingan eritma ham)
kichkina qalin filtr orqali suziladi. Filtrda yig‘ilgan kalsiy oksalat (Sa2S2O4)
holidagi cho‘kma ammoniy oksalat qo‘shib issiq suv bilan yuviladi. Yuvish
voronkadan tushayotgan oxirgi tomchilarda xlor ionini tugaguncha davom
ettiriladi; xlor ionini bor-yo‘qligini aniqlash uchun
oxirgi tomchilar probirkaga
yig‘ilib, ustiga kumush nitrat eritmasidan tomizib ko‘riladi.
Xloridlardan tozalangan filtrdagi cho‘kma ammoniy oksalatdan tozalash
uchun distillangan issiq suv bilan bir necha marta yuviladi. Stakanga yig‘ilgan
eritma o‘kib tashlamayd, u magniyni aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Cho‘kmani
ehtiyotlik bilan
filtrlash va yuvish lozim, aks holda cho‘kmadagi ayrim mayda
zarrachalar filtrdan o‘tib ketishi mumkin.
Kalsiy oksalat holidagi tozalab yuvilgan bu cho‘kma eritiladi. Buning uchun
cho‘kindili voronka tagiga kalsiy cho‘ktirilgan stakan qo‘yib, voronkadagi
cho‘kma 10 ml 1 % li issiq sulfat kislota bilan bir necha marta yuviladi.
Stakandagi eritmaga 10 % li sulfat kislotadan 5 ml va 40-50 ml distillangan
suv qo‘shib, qaynay boshlagncha qizdiriladi. So‘ngra eritma o‘zgarmas (bir necha
272
minutda) och binafsha rang kirguncha kaliy permanganat (K MnO
4
) ning 1/20
normal eritmasi bilan titrlanadi.
Analiz natijasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: