Tuproq strukturasining turlari va shakllari
I kubsimon tip: 1- yirik uvoqli; 2- yong‘oqsimon; 3- donador; 4- changsimon.
II prizmasimon tip: 5- ustunsimon; 6 -yirik prizmatik.
III plitasimon tip: 7- yassi qatlamsimon; 8- yaproqsimon
.
Tuproq donadorligi deb tuproq tipi va uning qatlamiga xos har xil o‘lchamga,
shaklga, suvga chidamlilik darajasiga ega bo‘lgan agregatlar yig‘indisiga aytiladi.
Tuproqlarda uch xil: kubsimon, prizmasimon va plitasimon donadorlik ajratiladi va
ular bin necha turga bo‘linadi.
Tuproq strukturasi tasnifi (S.A.Zaxarov)
№
Turi
Xili
Agregat o‘lchami,
mm
1 tip. Kubsimon
1.
Palaxsa
Yirik kubsimon
Mayda palaxsa
>10
10-1
147
2.
Kesakcha
Yirik kesakcha
O‘rta kesakcha
Mayda kesakcha
10-3
3-1
1-0,05
3.
To‘zon (chang) To‘zon (chang)
0,05
4.
Yong‘oqsimon Yirik yong‘oqsimon
O‘rta yong‘oqsimon
Mayda yong‘oqsimon
>10
10-7
7-5
5.
Donador
Yirik donador
O‘rta donador
Mayda donador
5-3
3-1
1-0,5
2 tip. Prizmasimon
1.
Ustunsimon
Yirik ustunsimon
O‘rta ustunsimon
Mayda ustunsimon
>5
5-3
3
2.
Ustunnamo
Yirik ustunnamo
O‘rta ustunnamo
Mayda ustunnamo
5
5-3
<3
3.
Prizmasimon
Yirik prizmasimon
O‘rta prizmasimon
Mayda prizmasimon
>5
5-3
3-1
3 tip. Plitasimon
1.
Plitasimon
Slanetssimon
Plitasimon
Plastinkasimon
>5
5-3
3-1
2.
Tangasimon
Yaproqsimon
Yirik tangasimon
Mayda tangasimon
1
3-1
1
2. Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo‘ladigan tuproqlarning struktura agregatlari
nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi uchun
o‘ziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon, prizmasimon va
plitasimon
kabi
uch
xil
shakli
ajratiladi.
Agronomik nuqtai nazardan P.V.Vershinin bo‘yicha, tuproq strukturasi o‘lchami
(katta-kichikligi) ga ko‘ra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura; 2)
10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha daђal mikrostruktura;
4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga bo‘linadi. Odatda tuproq strukturasi:
0,25-10 mm gacha bo‘lgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik
agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi. Tadqiqotlardan ma’lumki,
148
qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bo‘lishi
uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli
agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar
tuproqdagi eng qulay suv-havo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir
qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o‘lchamli
mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturalar O‘rta Osiyoning bo‘z
tuproqlari sharoitida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat o‘lchami bilan balki suvga
chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. Shunday
xususiyatga ega bo‘lgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular yomђir va
suђorish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov berilganda
barqaror, chidamli bo‘lib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning haydalma
qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas.
Strukturaning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri, uning ђovakligidir. Eng yaxshi
strukturali qora tuproqlarda agregatlar oraliђidagi ђovaklik, uning hajmiga nisbatan
50 foizga yaqin bo‘lib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini yaratadi.
Strukturadagi ђovaklik qanchalik oz bo‘lsa, tuproqda o‘simliklar uchun foydali nam,
havo shuncha kam va o‘simliklarning o‘sib, rivojlanishi uchun sharoit ham yomon
bo‘ladi.
3. Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar
o‘zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar to‘plamidan
makroagregatlar
yuzaga
keladi.
Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning
alohida agregatlar (bo‘laklar)ga ajralishi hamda suvga chidamli agregatlarning hosil
bo‘lishi kabi jarayonlar bilan boђliq. Tuproqning to‘la agregatlarga ajralib ketishi
o‘simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufayli, shuningdek tuproqda yashaydigan
jonivorlarning faoliyati va tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi,
yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida ro‘y beradi.
O‘simliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bo‘shliqlari (g‘ovakliklari)
bo‘ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo‘laklarga ajratadi; mexanik elementlar va
mikroagregatlarni mustahkamlaydi. O‘simliklar qoldiђidan hosil bo‘ladigan gumus
tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga chidamli
agregatlarning hosil bo‘lishida yomg‘ir chuvalchanglarining roli ham alohida
ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham qurishi tufayli
struktura
agregatlari
paydo
bo‘ladi.
Tuproqning nam siђimi 60-90 foiz bo‘lgan sharoitda yer muzlaganda eng ko‘p
struktura hosil bo‘lib, ammo ular suvga chidamsizdir.
149
Strukturaning hosil bo‘lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va
singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Oђir mexanik tarkibli, gumusga boy,
va ikki, uch valentli kationlar bilan to‘yingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib,
qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bo‘ladi.
Tuproqda agregatlarning yuzaga kelishida yerga mexanik ishlov berish
(haydash, kultivatsiya, boronalash singarilar) ham rol o‘ynaydi. Bunda yerga ishlov
berishning
ijobiy
va
salbiy
ta’siri
bo‘lishi
mumkin.
Strukturaning hosil bo‘lishi uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning maqbul
namligida, ya’ni yetilgan davrida olib borilishi lozim. Struktura hosil bo‘lish namligi
yengil qumoq tuproqlarda oђirligiga nisbatan 15 dan 18 foizgacha, soz tuproqlarda
esa 34-38 foiz atrofidadir. Tuproqdagi suvga chidamli strukturalarning hosil
bo‘lishida tuproq kolloidlari va singdirilgan kationlarning roli katta. Gumin
kislotalariga boy chirindi moddalari va gilli minerallardan montmorillonit,
gidroslyudalarning o‘zaro ta’siridan suvga chidamli, mustahkam struktura hosil
bo‘ladi.
Strukturaning yuzaga kelishiga tuproqdagi aeratsiya sharoitlari ham ta’sir etadi.
Aerob sharoitda mikrobiologik jarayonlar kuchli kechadi va organik qoldiqlar tez
parchalanib, gumin kislotalariga boy gumus moddalar hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda
mikroblar plazmasi ko‘prok to‘planib, suvga chidamli struktura hosil bo‘lishda
ishtirok etadi. Agronomik nuqtai-nazardan mustahkam strukturalar, tuproqda hosil
bo‘ladigan suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan mineral moddalar (kalsiy
karbonati, kalsiy fosfati, temir, alyuminiy oksidlari va boshqalar) ta’sirida xam ro‘y
beradi.
Strukturaning suvga chidamliligi dinamik ko‘rsatkich bo‘lib, ular vegetatsiya
davrida temperatura va namning o‘zgarishi tuproqning biologik aktivligi, chirindining
hosil bo‘lishi kabi sharoitlarga ko‘ra o‘zgarib turadi.
4. Ilgari aytilganidek, agronomik nuqtai nazardan tuproqning haydalma
qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bo‘lgan makroagregatlarning ahamiyati katta.
Makroagregatlarga ajralib turadigan tuproqlarga s t r u k t u r a l i, 0,25 mm dan
kichik mikroagregatlar ko‘p bo‘lgan tuproqlarga s t r u k t u r a s i z tuproqlar
deyiladi. Kesakli struktura ham strukturasiz tuproqlar jumlasiga kiradi.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan o‘zining ђovak qovushmasi,
kam zichligi va yuqori ђovakligi hamda kovakliklarning sifat ko‘rsatkichlari bilan
farqlanadi.
Strukturasiz tuproqlarda nozik ingichka kapillyarlar ko‘p bo‘lib, strukturali
tuproqlarning makroagregatlari orasida va ular ichida yirik bo‘shliqlar serob.
Struktura holatiga ko‘ra tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi keskin farq qiladi. Suv
ko‘taruvchanligining tezligi va balandligi strukturasiz tuproqlarda yuqori
150
bo‘lganidan, nam tez bug‘lanib ketadi. Strukturali tuproqlarda esa aksincha nam uzoq
saqlanadi. Tuproq strukturasi havo almashinuvida ham muhim rol o‘ynaydi.
Mikroagregatlar (<0,25) da (hatto ular quruq xolida ham) havo almashinuvi yomon
bo‘ladi. Makrostrukturalarda esa, yuqori namlikda ham havo almashinuvi yaxshi
bo‘lib turadi. Strukturasiz tuproqlarda nam yetarli bo‘lganda ham, o‘simliklarning
ildizi va aerob mikroorganizmlar erkin kislorod yetishmasligidan qiynaladi. Havo
yetarli bo‘lganda, aksincha foydali nam kamayadi. Strukturasiz tuproqlardan
atmosfera yoђinlari sekin o‘tadi. Bahorgi kuchli yomђirlar yer yuzasidan oqib ketib,
tuproqning eroziyalanishiga sabab bo‘ladi.
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo o‘rtasida qarama-qarshilik bo‘lmaydi.
O‘simliklar uchun yetarli miqdorda nam bo‘lganda, havo zahirasi ham yetarlidir. Bu
tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda mikrobiologik
jarayonlar yaxshi kechadi va o‘simliklar uchun maqbul o‘tadigan oziq elementlari
to‘planadi. Strukturali tuproqlarning ђovak holda bo‘lishi, uruђlarning tez va sifatli
unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga imkon berad.
Bu tuproqlarda urug‘larning unib chiqishi va ildizlarning rivojlanishi
yomonlashadi. Demak, strukturali tuproqlarda strukturasiz yerlarga nisbatan suv-havo,
issiqlik va oziq rejimlari ancha qulay. Shuning uchun ham bu tuproqlar unumdor
hisoblanadi. Har ikkala (strukturali va strukturasiz tuproqlar) sharoitida qullaniladigan,
bir xildagi agrotexnik tadbirlar hamma vaqt strukturali yerlarda yaxshi samara beradi va
hosil ham yuqori bo‘ladi. Bunday yerlar ishlanganda kam kuch va energiya sarflanadi.
3> Do'stlaringiz bilan baham: |