Sho’rtoblarning tasnifi
(4.3.1 - jadval)
Tipi
|
Tipchasi
(mintaqa
belgisi
asosida)
|
Oilasi
|
Turi
|
Avtomorf
|
Qora tuproqlar
Kashtan
tuproqlar
Yarim sahro
qo’ng’ir
tuproqlari
|
Kimyoviy tarkibi va
sho’rlanish tipi. Sodali
aralashgan (sodali-sulfatli -
sodali-xloridli-sulfatli)
neytral muhitli(sulfatlixloridli,
xloridli -sulfatli)
Sho’rlanish qatlamining
qalinligi bo’yicha
(sho’rlanishning yuqori
chegarasi)
|
Sho’rtoblangan
qatlamning qalinligi
bo’yichaAl: qatqaloqli
(3 sm gacha)
kichik (3-10 sm) o’rta (10-18 sm)
chuqur( 18 sm )
Sho’rtobli qatlamda
singdirilgan natriyni
miqdori bo’yicha
|
Yarim
Gidromorf
|
O’tloqi-qora
tuproqlar
O’tloqi
kashtan tuproqlar.
Yarim
saxro o’tloqi.
O’tloqi qo’ng’ir
tuproqlar
O’tloqi
muzlangan
tuproqlar
|
Sho’rtoblashgan-oson
eriydigan tuzlarni tarqalish
chuqurligi 5-30 sm
Yuqori sho’rtoblashgan 30-
50 sm
Sho’rtoblashgan 5 0-100
sm
Kuchli sho’rxoklashgan
100-200 sm
Sho’rxoklashmagan (kuchli
sho’rlangan-200 sm)
|
Juda past 10% gacha
(qoldiqli)
Kam natriylangan
10-25%
O’rta natriylangan
25-40%
Ko’p natriylangan
40 %
|
Gidromorf
|
Qora o’tloqi
tuproqlar
Kashtan
o’tloqi
tuproqlar
Qo’ng’ir
Yarim saxro
O’tloqi
‘tloqibotqoq
O’tloqi muzlangan
|
Sho’rlanish darajasi bo’yicha
Sho’rtoblar — sho’rxoklar.
Kuchli sho’rlangan
O’rtacha sho’rlangan
Kuchsiz sho’rlangan.
Sho’rlanmagan(kam
uchraydi) Karbonat va
gipsni tarqalish chuqurligi
bo’yicha yuqori karbonatli
—40 sm chuqur karbonatli
—40 sm yuqori gipslangan
40 sm chuqur
gi pslangan — 40 sm
|
Sho’rtoblanish
darajasi
bo’yicha. Kuchsiz
sho’rtoblangan
Sho’rtoblangan Kuchli
sho’rtoblangan
Sho’rtoblashgan
qatlamning strukturasi
bo’yicha B1
|
Oila va turlarni bo’linishi barcha tiplarga tegishli ularning melioratsiyalash tadbirlari quyidagilardan iborat:
Kimyoviy:
gipslash;
ohaklash;
nordonlash.
Agronomik va agromeliorativ:
o’z-o’zini melioratsiyalash;
ko’p yarusli haydash;
shudgor holida qoldirish;
chuqur haydash.
Biologik:
chidamli o’tlar ekish;
agro-o’rmon melioratsiyasi.
V BOB. AZOTLI O’G’ITLAR
5.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AZOTNING AHAMIYATI
O’simliklar oziqlanishida azot manbayi bo’lib ammoniy (NH4+) va nitrat (NO3─) tuzlari xizmat qiladi.
O’simliklar tomonidan azotning o’zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayon aminlanish jarayoni deb ataladi.
Aminokislotalar sintezi uchun azot faqat qaytarilgan shaklda bo’lishi lozim, nitrat va nitritlar karbon kislotalarning ketogruhi bilan bevosita reaksiyaga kirisha olmaydi. O’simlik tanasida uglevodlar zaxirasi yetarli bo’lsa, nitrat shaklidagi azot fermentlar ishtirokida ildizning o’zidayoq ammiakka aylanadi. Nitratlardan ammiak hosil boiishida ishtirok etadigan fermentlar metallo-flavoproteidlar deb nomlanadi, chunki birinchi bosqichda molibden, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda mis, temir, magniy, so’nggi bosqichda esa marganets va magniyning ishtirok etishi shartdir.
Qaytarilmasdan o’simlik tarkibiga o’tadigan nitrat shakldagi azot o’simliklar uchun zararsiz bo’lib, to’qimalarda ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Lekin qishloq xo’jalik mahsulotlari (ayniqsa, yemxashak, sabzavot va poliz ekinlari) tarkibida nitratlarning ma’lum darajadan ortib ketishi ularni iste’mol qiladigan liayvon va insonlarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Odatda, erkin ammiak o’simliklar tanasida kam uchraydi. Ayni modda miqdorining ko’payib ketishi o’simliklarning zaharlanishiga sabab bo’ladi.
O’simlik tanasidagi glutamin va aspargin kislotalarning qayta aminlanishga moyilligi ularning modda almashinuvida juda katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, aspargin va glutamin kislotalarining amidlari — aspargin va glutaminlar ham qayta aminlanishi ancha oson kechadi.
D.N. Prvanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishining oldini olishini isbotladi. Tarkibidagi uglevod zaxirasi kam urug’lar, masalan, qand lavlagining unib chiqishida o’simlik tanasiga ortiqcha miqdorda kiradigan ammiak, kislotalar sintezida to’la sarflanmaydi, to’qimalarda to’planib, o’simlikni zaharlaydi. Urug’i uglevodlarga boy o’simliklar (masalan, kartoshka) ammiakni tez o’zlashtiradi va tuproqqa ammiakli — azotli o’g’itlarni kiritish ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Demak, azotli organik birikmalar hosil bo’lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N. Pryanishnikov ammiak o’simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham, omegasi hamdir degan edi.
O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo’ladi, lekin lining sur’ati va xarakteri o’sish hamda rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. Masalan, urug’ning unish jarayonida endosperma va urug’ palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo’ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi. O’simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo’lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan >‘utiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar jadal rivojlanib, tana qo’yadigan davrda o’zlashtiriladi. Ayni paytning o’zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi: yosh, o’sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo’ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug’larga oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi.
Turli o’simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta o’simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar) azotga boy bo’lib, poya va ildizlarda lining miqdori birmuncha kamdir.
Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simlikning o’sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg’ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlariningshakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.
Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o’simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o’simlikning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to’q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o’sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojianishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. Lekin o’sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo’yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o’sish organlari kuchli rivojlanib, o’simlikning “g’ovlab ketishi” ga sabab bo’ladi.
Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko’payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qand lavlagi o’suv davrining oxirida azot bilan mo’l oziqlantirilsa, ildizda ko’p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to’planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Hosil sifati, shuningdek, qo’llaniladigan azotli o’g’it turiga ham bog’liq. Chunonchi, ammiakli azot bilan oziqlantirilgan o’simlik hujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot qo’llanilganda esa oksidlovchanlik qobiliyati kuchayadi.
D.N. Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o’simliklar hayotida ammiak hamda nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Lekin o’simliklarning ammiak yoki nitrat shakldagi azotni o’zlashtirishi qator ichki va tashqi omillarga, xususan, ekinning biologik xususiyati, uglevodlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tuproq muhiti, mikro- va makroelementlarning mavjudligi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq muhiti mo’tadil bo’lsa, o’simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi, nordon muhitda esa, aksificha, nitrat shakldagi azot yaxshiroq o’zlashtiriladi. Tuproqda kalsiy, magniy va kaliyning ko’p bo’lishi ammiak azotini, fosforning mo’lligi esa nitratlarning o’zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqda molibden tanqisligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o’simliklarning ayni shakldagi azotni assimilatsiyalashini cheklaydi.
Urug’dagi azotning asosiy qismi (yalpi miqdorining 90% ga yaqini) oqsillar tarkibiga kiradi. O’simlik oqsilida 14—18%, o’rta hisobda 16% azot mavjud. Demak, urug’dagi azotning nisbiy miqdori oqsil miqdoriga bog’liq va uning taxminan 1/6 qismini tashkil qiladi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’i tarkibida oqsil, binobarin azot miqdori ko’p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |