5.4.2. AMMIAKLI AZOTLI O’G’ITLAR
Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 o’z tarkibida 20,5—20,0% azot tutadi. Jahon miqyosida ishlab chiqariladigan azotli o’g’itlarning qariyb 25% i ammoniy sulfat hissasiga to’g’ri keladi. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida o’simliklarning oziqlanishida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan oltingugurt tutadi. Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o’g’itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o’g’it tuproqqa tushgach nitrinkatsiya jarayoniga uchraydi. Tarkibidagi azot nitrat shakliga o’tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo’ladi va sulfat kislota ajralib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |