Agrokimyo kirish



Download 323,88 Kb.
bet42/161
Sana31.12.2021
Hajmi323,88 Kb.
#216917
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Denitrifikatsiya — nitrat shakldagi azotning azot (Il)-oksidi (NO)azot (I)-oksidi (N2O) va molekular azot (N2) kabi gazsimon moddalargacha qaytarilish jarayonidir. Denitrifikatsiyani o’simlik tanasida nitrat shakldagi azotning ammiakka qadar qaytarilishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Denitrifikatsiyada tuproq azotining kamayishi sodir bo’ladi. Bu jarayon denitrifikatsiyalovchilar deb yuritiladigan Bac. denitrificans, Bac. stutzeri. Bac. flurescens va Bac. puocuaneum kabi bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Denitrifikatsiya tuproqda havo tanqis, pH ishqoriy va chirib ulgurmagan organik moddalar mo’l bo’lgan sharoitlarda jadal ketadi. Agar 1 g tuproqda lmln dona Bac. stutzeri mavjud desak, ular 1 kecha-kunduzda 0,5 mg azotni tuproqdan chiqarib yuboradi.

  • Organik moddalarning minerallashuvi, nitrifikatsiya va denitrifikatsiyalar bilan bir vaqtda tuproqda azotning o’simlik o’zlashtira olmaydigan organik birikmalar holatiga o’tishi ham sodir bo’ladi. Bu jarayonga azotning immobilizatsiyasi (muqimlanishi) deyiladi. Immobilizatsiya to’laligicha biologik xarakterda bo’lib, mikroorganizmlarning uglevodlar va azot ishtirokida o’z tanasida oqsilning sintezlanishiga asoslangan. Turli bakteriya, aktinomiset va mog’or zamburug’lar selluloza, pentoza hamda boshqa o’simlik hamda hayvon qoldiqlarini parchalaydi. Ularga azotli oziqa sifatida, birinchi navbatda, tuproqdagi azotning mineral birikmalari (yoki azotli o’g’itlar) zarur. Hosil bo’ladigan niazkur ikki modda mikrob hujayrasi plazmasining oqsiliga aylanadi. Muqimlangan azot yo’qolmaydi, aksincha, mikroorganizmlar nobud bo’lgach, bir qismi mineral (NH3) holatga, bir qismi esa oqsilning gumitikatsiyalanishi natijasida tuproqdagi gumus moddalar tarkibiga o’tadi.

  • Tuproqda azot nobudgarchiligining oldini olish va qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l hosil yetishtirish uchun uning zaxirasini muttasil to’ldirib turish kerak. Tuproqdagi azot zaxirasini to’ldirishning asosiy, tabiiy manbayi atmosfera azoti hisoblanadi. Yer yuzasining har 1 ga maydoni ustida 70—80 ming t ga yaqin azot mavjud, lekin havodagi molekular azotni aksariyat o’simliklar o’zlashtira olmaydi. Tabiiy sharoitlarda atmosfera azotining o’simliklar o’zlashtiradigan holatga o’tishi ikkitayo’1 bilan sodir bo’ladi. Birinchisi, atmosferadagi fizik jarayonlar (chaqmoq, yashin), ta’sirida azotning bog’lanishidir. Ayni hodisalar ko’proq tog’ oldi va tog’li o’lkalarda kuzatiladi, 1 yilda 2—5 kg ga azot tuproqqa kelib tushadi. Ikkinchi yo’l, ya’ni atmosfera azotining tuproqda erkin yashovchi va tuganak bakteriyalar kabi azot to’plovchi mikroorganizmlar tomonidan bog’lanishidir. Bunga tuproqda erkin yashab, azot to’plovchi mikroorganizmlar va Azotobacter chroococcum (aerob) larni kiritish mumkin. Ular qulay hayotiy sharoitlarda yiliga 3—15 kg ga atrofida azot to’plashi mumkin. Mikroorganizmlar faoliyati uchun tuproqdagi o’zlashtiriladigan uglevodlar fosfor va kalsiyning kamligi, nordon muhit, past harorat hamda namlikning haddan tashqari kam yoki kam bo’lishi cheklovchi omil bo’lishi mumkin. Atmosfera azoti Rhizobium yoki Bacterium radicicola kabi dukkakli ekinlar bilan simbioz hayot kechiradigan tuganak bakteriyalar tomonidan ko’p miqdorda o’zlashtiriladi. Tuproqda organik modda, harakatchan fosfor, kaliy, shuningdek molibden va bor kabi mikroelementlar yetarli bo’lgan sharoitlarda tuganaklar hosil bo’lishi tezlashadi va bakteriyalarning faolligi ortadi. Tuproqda to’planadigan azot miqdori dukkakli ekin turi bilan bog’liq. Bir ga maydondagi sebarga 150—160, lyupin — 160—170, beda 250—300, soya —100— 110, loviya va rus no’xati — 70—80 kg ga yaqin azot to’playdi. Dukkakli ekinlar tomonidan bog’lanadigan azotning taxminan 1/3 qismi ildiz va ang’iz qoldiqlari tarkibida bo’lib, ular asta-sekin mine ralla shadi va keyingi ekiladigan ekinlarning azot bilan ta’minlanishi yaxshilanadi.

  • Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, tabiiy manbalardan, shuningdek, dukkakli ekinlar tomonidan tuproqqa kelib tushadigan azot yuvilish, denitrifikatsiya va immobilizatsiya natijasida chiqib ketadigan azotga nisbatan ancha kamdir. Shu sababdan almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish, mahalliy va mineral o’g’ltlardan unumli foydalanish yo’li bilangina ekinlar hosildorligini oshirish mumkin.



    Download 323,88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish