I. “KHANTEX AGROSERVIS” MCHJ agroklasteri bilan tanishish 1.1 “KHANTEX AGROSERVIS” MCHJ agroklasterining tashkiliy tuzilmasi. Qo’rg’ontepa tumanidagi “KHANTEX AGROSERVIS” MCHJda 2022yil 25-apreldan 30-aprel kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar.
Xisoboti O’zbekiston Respublikasi Vazirligi Maxkamasining 2018-yil 25- yanvardagi 53-sonli xamda 2018-yil fevraldagi 149-sonli “Qishloq xo’jaligida bozor mexanizimlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanida “Khantex Group” MCHJ paxta-to’qimachilik klasteri tashkil etildi. “Khantex Group” MCHJpaxta-to‘qimachilik klasteri tegishli fabrikasi 14 gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib. Ishlab chiqarish dastgohlari Shveysariyaning “Rieter” (yigiruv), Belgiyaning “Picanol” (to‘quv), Germaniyaning “Erbatech” (bo‘yoq-pardozlash) va “Textima” (tikuv v.b.) kompaniyalaridan sotib olinibxozirda to‘liq ishga tushirildi.Loyiha negizida Markaziy Osiyoda yagona bo‘yoqxona tashkil etildi va ishlab chiqarishda xom mato va gazlamalar to‘xtovsiz ravishda bo‘yaladi. Bu esa turdosh korxonalarga nisbatan suvni 50% ga, gazni 25% ga, elektr-energiyasini 10% gacha tejash imkonini beradi.“Khantex Cotton” MCHJ (paxtani dastlabki qayta ishlash)Qo‘rg‘ontepa tumanida eng zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan“Khantex Cotton” paxta tozalash korxonasini tashkil etildi. Loyiha doirasida 5,0 mln. AQSH dollr. miqdorida kiritilgan investisiya mablag‘lari hisobidan AQSHning “Lummus” kompaniyasi dastgohlari sotib olinib ishga tushirildi.Yaratiladigan ishchi o‘rinlari – 200 ta; Kunlik ishlab chiqarish quvvatlari: 110 tonna paxta tolasi va 10 tonna lint. DASTGOHLARNING QULAYLIKLARI- elektr-energiyaga bo‘lgan ehtiyoj turdosh dastgohlarga nisbatan 50% gacha past- yuqori ishlab chiqarish unumdorligi (turdosh dastgohlarga nisbatan 30%) - keltirilgan dastgohlarda paxta xom ashyosi 2 marta tozalanadi va quritiladi, bu esa tolaning tozaligiga va sifatiga ijobiy ta’sir qiladi, natijada paxta tolasi chiqish miqdori 38% gacha (amalda turdosh dastgohlarda 34.7% gacha) “Khantex Group” MCHJpaxta-to‘qimachilik klasteritomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida paxta xosilini yetishtirish va terib olish uchun klaster tarkibida tashkil etish maksadida uning negizidahantex Agro Servis” MCHJtashlkil etilgan“Khantex Agro Servis” MCHJtomonidan 23 mln. AQSH doll. miqdorida investisiya kiritilgan bo‘lib, AQSH va Yevropa davlatlarining “John Deere”, “Monosem”, “New Holland”, Case-IH, Sfoggia, Nardi va boshqa yetakchikompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy traktor va yerga ishlov berish moslamalar sotib olinib, tumandagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda, jumladan: - Yuqori unumli 22dona “John Deere” 6195-6155 yer xaydash va chigit ekishga tayyorlash,48 dona “Case Puma”rusumdagi yuqori unumli traktorlar go’za qator orasiga ishlov berish, kultivasiya qilish, kasallik va zarar kurandalarga qarshi kurashish xamda barcha agrotexnik tadbirlar o’z ichiga oladi. - 1dona “John Deere” va 2dona “CasePatriot”o’zi yurar purkagichlari. - 1dona “John Deere” va 16dona“Case”kompaniyalarining va 17 dona paxta terish kombaynlari olib kelindi. - Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun 32 dona yer xaydash omochlari, 6 donalazerniyer tekkislagich, 16 dona yerni tayyorlovchi diskli barana, Fransiyaning “Monosem”kompaniyasidan 6 dona Italiyaning “Sfoggia” kompaniyasidan 48 donajami 54 dona chigitni pnevmatik (aniq uyalarga) tejamkorusulda chigit ekish seyalkalari, AQSH ning “ORTMAN” kompaniyasidan70 dona qator oralarga ishlov berish kultivatorlari, 20 dona o‘g‘it sepish moslamalari (NRU), 24 dona ammiyak quyish moslamalari, 29dona osma ugit purkagichlar, 5 dona go’za poyasini maydalash uskunasi (izmelchitel), 27 dona universal va 15 dona traktor tirkamalari (prisep).Yuqoridagi traktor va agregatlar bilan chigitni qator orasi 76 smsxema usuli tadbiq etildi va chigit yuqori aniqlikda zamonaviypnevmatik seyalkalarda ekish xisobiga 70-80 kg o‘rniga 35-40 kg dan sarflash xisobiga xar gektaridan 550,0-650,0 ming so‘m iqtisod qilindi. Chigitni plyonka ostiga emas balki ochiq maydonlarga ekilishi xisobiga xar gektaridan 850,0 ming so‘mdan mablag‘ iqtisod qilishga erishildi.Agrotexnik tadbirlar to‘liq mexanizasiyalashtirilishi va yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni tadbiq etilishi xisobiga tumandagi fermer xo‘jaliklari singari xar gektariga fizik xolda 700–800kg dan mineral o‘g‘itsarflash o‘rniga jaxon tajribasidan kelib chiqib yangi usulda 250–300 kg dan suvsiz ammiak sarflandi. Ushbu o‘g‘itlash usulipaxta hosildorligini gektariga 45sentnergacha xosil olib unga sarflanadigan mablag‘larni 30% qisqartirish imkonini berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safar qilgan chog’ida Qo’rg’ontepa tumanidagi “Khantex Group “ mas’ulyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-to’qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Jamiyat tomonidan to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilgan edi. Bugungi kunga kelib bu rejalar to’la amalga oshirildi ulkan yigiruv sexi binosi qurilib, Shvesariyaning kompaniyasidan zamonaviy uskunalar keltirib o’rnatildi. Hududa yashovchi 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish joyga ega bo’ldi. Keyingi bosqichlarda mato to’qish uni bo’yash tayyor kiyim-kechaklar va sochiqlar ishlab chiqarish rejalshtirilgan. Loyixaning umumiy qiymati qariyib 58 million yevro bo’lib korxona to’liq quvvat bilan ishlay boshlagach yiliga 9 ming tonaddan ziyod ip-kalava qariyib 6 million pog’ona metr gazlama 10 million donadan ortiq tikuv-tirkotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi 1500 ta ish o’rni yaratiladi. Eksport hajmini 40 million dollargacha yetkazish mo’ljalangan. Shuningdek klaster negizida 2 ming tonna yog’ 7,5 ming tonna shrot 5,4 ming tonna sheluxa ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy yog’-ekstraksiya zavodi hamda chorva kompleksi tashkil etish bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Agrotexnika ishlari uchun va < Case> kompaniyalarining 13 turdagi qishloq xo’jaligi texniksi keltirilgan. Qo’rg’ontepa tumanidagi “KHANTEX AGRO’SERVIS”MCHJ agroklasteri bugungi kunda paxta yetishtirishda tumanda ilg’or klaster va xozirgi kunda savay, chimyon dardoq,dehqonchek, bo’rilik, mamurobod qishloq larida boshqa qishloqlarda paxta xomashyosi yetishtiril moqda. Paxtani qabul qilish maskanlarini texnik vositalari va mexanizmlari paxtani saqlash usullari. Paxtani saqlash qoidalari va uni saqlash davrida sifat kо‘rsatkichlarini nazorat qilish paxtani tayyorlash va saqlashdagi texnologiya va uskunalarni takomillashtirish paxtani saqlash usullari. Tayyorlov punktidan paxta xom-ashyosini tashishni tashkil etish paxta tozalash korxonasiga tashib keltirilgan paxtani qabul qilish. Paxta tozalash sexi va qabul qilish maskanlarida paxta sifatini nazorat qilish paxta va paxtadan olinadigan mahsulotlar uchun davlat standartlari. Paxta tozalash korxonalari va paxtani tayyorlash maskanlaridagi texnologik laboratoriyalar texnologik laborotoriya asbob-uskunalarining tuzilishi va unda laboratoriya sinovlarini о‘tkazish.Arrali va valikli tola ajratgichlar (jinlar) о‘rnatilgan paxta tozalash korxonalarning texnologik jarayonlari. Valikli jinlar о‘rnatilgan paxta tozalash korxonasining texnologik jarayoni. Paxta tozalash korxonalarida joriy qilingan texnologik jarayonlar. Chet el texnologiyasi asosida ishlovchi paxta tozalash korxonalari ulardagi paxtani qayta ishlash texnologiyasi va uskunalari nazorat qilish imkonini beradi.