1.2 “KHANTEX AGROSERVIS” MCHJ agroklasterini tashkil etishining huquqiy va metodik asoslari.
Qo’rg’ontepa tumanidagi «KHANTEX AGRO’SERVIS» MCHJda 2022yil 5-maydan 7-may kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar.
Xisoboti
“KHANTEX AGRO SERVIS”MCHJ strukturasi Tasischi Ijrochi direrktor Direktor o’rinbosari Qishloq xo’jaligi bo’limi bosh agranom
Agronom olim 1 ta Paxta urug’chi agronom 1 ta
Xudud agronomlar 5 ta Donchilik agronom 1 ta
Entomolog agronom 5 ta
Gidro texniki 1 ta
Nazoratchi 1 ta
Tomchilatib sug’orish bo’limi boshlig’i 1 ta
Brigadrlar 70 ta
Tomchilatib sug’orish operatorlar 26 ta
Suvchi 385 ta
Mineral o’g’it ombor mudiri 1 ta
Dala qorovuli 3 ta
Mineral o’g’it ombor yordamchi 1 ta
Katta laborant 1 ta
Ombor ishchilari 10 ta
Laborant 1 ta
Avtogaraj bo’limi bosh muxandis 1 ta Savay garaj mexanigi 1 ta Dexqonchek garaj mexanigi 1 ta Tamirlovchi 2 ta Elektrik 1 ta Avto’ elektrik 1 ta Payvandchi 2 ta Tokir ustasi 1 ta Xaydovchilar LABO IVECO benz kara 8 ta Q/x texnik yuvuchi 2 ta Mexanizator traktorchilar 38 ta Savay garaj qorovuli 6 ta Dexqonchek garaj qorovuli 2 ta
Direktor o’rinbiosari
Bosh xisobchi
Taminotchi 1 ta
Bosh xisobchi yordamchisi 1 ta
Extiyot qisim omborchisi 1 ta
Ish xaqqi xisoblovchi 1 ta
Extiyot qisim omborchisi yordamchisi 1 ta
Moddiy qiymat xisobchisi 1 ta
Yoqilg’i omborchi 1 ta
Texnika xisobchisi 1 ta
Yoqilg’i ombor yordamchisi 3 ta
G’aznachi (kassir) 1 ta
Qishloq xo‘jalik korxonalari turli mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga oshiradilar. Masalan, urug’chik, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, yem-xashaklar, asosiy vositalarining eskirish qiymati, xodimlarning mehnatlariga to’langan haqlar, soliqlar, mahsulotlarini sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqda qilinadigan xarajatlaming turkumlanishi 1999-yil 5-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga oshiriladi.Qishloq xo'jaligida amalga oshiriladigan xarajatlar o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo’linadi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. Mahsulot hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bilan doimiy xarajatlar miqdori o'zgarmaydi. Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga to’lanadigan ijara haqi, asosiy vositalaming amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi. o‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o'zgarishi bilan bevosita bog’liqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorining ko'payishi o‘zgamvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo etadi. Ularga urug’liklar, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, yoqilg'i, ozuqa, mehnatga to’lanadigan ish haqi, elektron nergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan xarajatlar imkoniyat doirasida tejashga harakat qilish zarur. Buning uchun fan-texnika yutuqlarini, yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar imkoniyat doirasida ishlab chiqarishga tatbiq etish lozim. Xarajatlarning tejalishi olinadigan foyda summasi oshishini ta'minlaydi va natijada xo'jalikning rentabellik darajasi ortadi. Foyda summasining oshishi xo'jalikni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham bu masalaga respublikamiz hukumati, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar alohida e'tibor bermoq qilish zarur. Buning uchun fan-texnika yutuqlarini, yangi texnalogiyalari, ilg‘or tajribalami imkoniyat doirasida ishlab chiqarishga tatbiq etish lozim. Xarajatlarning tejalishi olinadigan foyda summasi oshishini ta'minlaydi va natijada xo'jalikning rentabellik darajasi ortadi. Foyda summasining oshishi xo'jalikni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham bu masalaga respublikamiz hukumati, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar alohida e'tibor bermoqdalar. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, bir xil xarajatlar xarajat elementlarini, bir nechta xarajat elementlari xarajat moddalarini tashkil etadi. Demak, xarajat moddalari xarajat elementlariga nisbatan kengroqdir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda (ishlami bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishda) qilinadigan xarajatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlarga ajratiladi:
• ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
• ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; • ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
• asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
• ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarish bilan bog'liq moddiy xarajatlar tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
• ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlami ko‘rsatishda) zamr tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar;
• normal texnologik jarayonni ta'minlash va mahsulotlami o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalarsinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-uskunalami tuzatish uchun ehtiyot qismlar, asboblar, moslamalar, inventar, jihozlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim va arzonbaholi boshqa ashyolaminig eskirishi;
♦ sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarida montaj qilinadigan yoki qo'shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
♦ tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy bo'linmalari tomonidan bajariladigan, faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar.
Qishloq xo‘jaligida har bir so‘mni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya'ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlaming tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun:
• dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanib, barcha ishlaring vaqtida, sifatli bajarilishini ta'minlash;
• ekinlaming tezpishar, yuqori hosilli navlarini, urug'chilikni, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni ta'minlash;
• xarajatlami tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalami joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini oshirish;
• qishloq xo'jalik korxonalarining texnik va texnologik jihatdan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
• yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va sug'orishning zamonaviy, tejamkor usullarini qo‘llash;
• qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyor bo‘lganda o‘z vaqtida yig'ishtirib olish, saqlash va tashishni to‘g‘ri tashkil etish;
• mehnatni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish; • ekinlar hosildorligini, chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga erishish lozim.O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liqlikda o’zgaradi.Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |