III. “KHANTEX AGROSERVIS” MCHJ agroklasterida faoliyat ko’rsatayotgan boshqa soxalar bilan tanishish. 3.1 “KHANTEX AGROSERVIS” MCHJ agroklasterida faoliyat ko’rsatayotgan boshqa soxalar bilan tanishish
“Khantex Group” MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida paxta xosilini yetishtirish va terib olish uchun klaster tarkibida tashkil etish maqsadida uning negizida “Khantex Agro Servis” MCHJtashlkil etilgan “Khantex Agro Servis” MCHJ tomonidan 23 mln. AQSH doll. miqdorida innvestisiya kiritilgan bo‘lib, AQSH va Yevropa davlatlarining “John Deere”, “Monosem”, “New Holland”, Case-IH, Sfoggia, Nardi va boshqa yetakchikompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy traktor va yerga ishlov berish moslamalar sotib olinib, tumandagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yuqori unumli 22dona “John Deere” 6195-6155 yer xaydash va chigit ekishga tayyorlash,48 dona “Case Puma”rusumdagi yuqori unumli traktorlar go’za qator orasiga ishlov berish, kultivasiya qilish, kasallik va zarar kurandalarga qarshi kurashish xamda barcha agrotexnik tadbirlar o’z ichiga oladi.- 1dona “John Deere” va 2dona “CasePatriot”o’zi yurar purkagichlari.- 1dona “John Deere” va 16dona“Case”kompaniyalarining va 17 dona paxta terish kombaynlari olib kelindi. Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun 32 dona yer xaydash omochlari, 6 donalazerniyer tekkislagich, 16 dona yerni tayyorlovchi diskli barana, Fransiyaning “Monosem”kompaniyasidan 6 dona Italiyaning “Sfoggia” kompaniyasidan 48 donajami 54 dona chigitni pnevmatik (aniq uyalarga) tejamkorusulda chigit ekish seyalkalari, AQSH ning “ORTMAN” kompaniyasidan70 dona qator oralarga ishlov berish kultivatorlari, 20 dona o‘g‘it sepish moslamalari (NRU), 24 dona ammiyak quyish moslamalari, 29dona osma ugit purkagichlar, 5 dona go’za poyasini maydalash uskunasi (izmelchitel), 27 dona universal va 15 dona traktor tirkamalari (prisep).Yuqoridagi traktor va agregatlar bilan chigitni qator orasi 76 smsxema usuli tadbiq etildi va chigit yuqori aniqlikda zamonaviypnevmatik seyalkalarda ekish xisobiga 70-80 kg o‘rniga 35-40 kg dan sarflash xisobiga xar gektaridan 550,0-650,0 ming so‘m iqtisod qilindi. Chigitni plyonka ostiga emas balki ochiq maydonlarga ekilishi xisobiga xar gektaridan 850,0 ming so‘mdan mablag‘ iqtisod qilishga erishildi.Agrotexnik tadbirlar to‘liq mexanizasiyalashtirilishi va yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni tadbiq etilishi xisobiga tumandagi fermer xo‘jaliklari singari xar gektariga fizik xolda 700–800kg dan mineral o‘g‘itsarflash o‘rniga jaxon tajribasidan kelib chiqib yangi usulda 250–300 kg dan suvsiz ammiak sarflandi. Ushbu o‘g‘itlash usulipaxta hosildorligini gektariga 45sentnergacha xosil olib unga sarflanadigan mablag‘larni 30% qisqartirish imkonini berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safar qilgan chog’ida Qo’rg’ontepa tumanidagi “Khantex Group “ mas’ulyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-to’qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Jamiyat tomonidan to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilgan edi. Bugungi kunga kelib bu rejalar to’la amalga oshirildi ulkan yigiruv sexi binosi qurilib, Shvesariyaning kompaniyasidan zamonaviy uskunalar keltirib o’rnatildi. Hududa yashovchi 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish joyga ega bo’ldi. Keyingi bosqichlarda mato to’qish uni bo’yash tayyor kiyim-kechaklar va sochiqlar ishlab chiqarish rejalshtirilgan. Loyixaning umumiy qiymati qariyib 58 million yevro bo’lib korxona to’liq quvvat bilan ishlay boshlagach yiliga 9 ming tonaddan ziyod ip-kalava qariyib 6 million pog’ona metr gazlama 10 million donadan ortiq tikuv-tirkotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi 1500 ta ish o’rni yaratiladi. Eksport hajmini 40 million dollargacha yetkazish mo’ljalangan. Shuningdek klaster negizida 2 ming tonna yog’ 7,5 ming tonna shrot 5,4 ming tonna sheluxa ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy yog’-ekstraksiya zavodi hamda chorva kompleksi tashkil etish bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Agrotexnika ishlari uchun va < Case> kompaniyalarining 13 turdagi qishloq xo’jaligi texniksi keltirilgan. Qo’rg’ontepa tumanidagi “KHANTEX AGRO’SERVIS” MCHJ agroklasteri bugungi kunda paxta yetishtirishda tumanda ilg’or klaster va xozirgi kunda savay, chimyon dardoq,dehqonchek, bo’rilik, mamurobod qishloq larida boshqa qishloqlarda paxta xomashyosi yetishtiril moqda. Paxtani qabul qilish maskanlarini texnik vositalari va mexanizmlari paxtani saqlash usullari. Paxtani saqlash qoidalari va uni saqlash davrida sifat kо‘rsatkichlarini nazorat qilish paxtani tayyorlash va saqlashdagi texnologiya va uskunalarni takomillashtirish paxtani saqlash usullari.Yetishtirilgan paxta xosilini maxsus paxta terish kombaynlarida kiska muddatda arzon va sifatli xolda yig‘ib terib olish va yukoridagi xarajatlarni kamaytirish xisobiga yetishtirilgan paxta xom-ashyosini tannarxinipasaytirishga erishildi. Shuningdek klaster tomonidan 2019 yilda Isroil davlatining “NETAFIN” kompaniyasi bilan 81,0 gektar yer maydonida zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnalogiyasi joriy qilindi va har gektar yer madondan o‘rtacha 61.2sentnerdan jami 496.0 tonna paxta xom-ashyosi yetishtirildi. 2021 yilda “NETAFIN” kompaniyasi bilan 2000,0 gektar yer maydonida zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnalogiyasi joriy qilinib, to’liq ishga tushrildi. KHANTEX AGROSERVIS MCHJning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatqichlarini korxonaning mas’ul xodimlari bilan yani KHANTEX AGROSERVIS MCHJning raxbari Xakimov Begzodbek Tolipjonovich bugalteriya ishlarini olib borayotgan Mexridilo va menga biriktirilgan raxbar Begijon xamda bir nechta korxonaning masul xodimlari bilan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatqichlarini muxokama qildik bugungi kunda KHANTEX AGROSERVIS MCHJning iqtisodiy samaradorlik darajasini kelishib oldik.Qo’shimcha xarajatlarni xar bir navbatdagi chiqarilgan qo’shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin korxona foydalanadigan ko’plab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xomashyo, yonilg’i va energiya sarflari tovar xajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar xajmi o’zgarishi uchun uzoq vakt talab qilinadi. Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig’ida mahsulot miqdorini o’zgartirishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishga vaqt omili, ya’ni xarajat qilingan pirovard natijasi olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda aloxida tahlil qilinadi.Korxona ishlab chiqarish xajmini o’zgartirish uchun qisqa muddatli davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin.