Aflotun qarashlarida erkinlik tushunchasining



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana30.05.2023
Hajmi0,66 Mb.
#945967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
aflotun-qarashlarida-erkinlik-tushunchasining-tasnifi

 
Tadqiqot metodologiyasi 
Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, 
analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy-komparativistik tahlil kabi ilmiy-
falsafiy tamoyillardan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar
Antik sotsiumni tarixiy dinamika jrayonida erkinlik haqidagi tasavvurlar 
kundalik ongdagi doimiylik darajasida ham, huquqlar tizimida hamda falsafiy 
ta’limotlarda biriktirilgan nazariy darajada ham ma’lum bir o‘zgarishlarga duchor 
bo‘lgan. Aynan antik falsafada inson erkinligi va huquqlari o‘rtasidagi prinsipial 
o‘zaro aloqadorligi, ushbu tushunchaning normativ va regulyativ xarakteri ko‘rsatib 
berilgan. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘z ustozi Suqrotdan farq qilgan holda Aflotun 
Afinaning demokratik tuzumidan, shu bilan birga, yunon polisi o‘z fuqarolariga 
taklif qilgan huquq va erkinliklar sohasidan havsalasi pir bo‘lgan. Hamda ushbu 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
47 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
sharoitda Suqrot o‘limidan so‘ng Aflotun Yunonistonning boshqa shaharlaridan 
tubdan farq qilgan Spartaga o‘z e’tiborini qaratadi. 
Sparta tashqi siyosati harbiy faoliyat bo‘lgan ustuvorlikdan biri sifatidagi 
polisni o‘zida namoyon etardi. Inson erkinligi hayotining ilk daqiqalaridanoq 
chegaralanar edi: oqsoqollar kengashi yangi tug‘ilgan chaqaloqni yashash yoki 
o‘lishini aniqlab berardilar. Oilada tarbiya topish muddati o‘g‘il bolalarda ham, 
qizlarda ham faqat yetti yoshgacha etib belgilangan. Yetti yoshdan keyin ular harbiy 
san’t to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishlari uchun maxsus qo‘shinlarga – 
“agela”larga yuborilardi. Lekin Spartada boshqa polislardan farqli tomoni ayollarning 
o‘rni tan olinardi. Spartalik ayollar qizlik paytlaridanoq yigitlar bilan bir qatorda 
harbiy saboqlarni o‘zlashtirar edilar. Balog‘at yoshida esa shahar hayotida faol 
faoliyat olib borardilar.
Plutarx Spartada shakllangan ijtimoiy tizimni quyidagicha tasvirlagan: 
“Likurg... hamfuqarolarni boshqalardan alohida yashashni bilmaslik va istamaslikni 
o‘rgatdi, aksincha, ular asalarilarga o‘xshab har doim birga o‘zlarining 
boshqaruvchilari atrofida yashashlari zarur edi...” [18, 116]. 
Shuning uchun ham Suqrotning o‘limiga olib kelgan afinaliklar qo‘zg‘alonidan 
keyin Aflotun o‘zining e’tiborini uning oldida ideal davlat ko‘rinishida turgan: bosh 
ko‘tarishlarsiz, tub burilishlarsiz hamda qo‘zg‘olonlarsiz bo‘lgan Spartaga 
qaratganini hayron qolarli joyi yo‘q. Aflotun o‘zining “Davlat” nomli asarida inson 
erkinligining chegaralanishini ko‘rsatadi, fuqarolarni esa uch turkumga bo‘lishga 
qaror qiladi: soqchilar, jangchilar va oddiy insonlar. Yolg‘on Aflotun bo‘yicha 
hukumatning imtiyozli huquqi sanaladi. Faqat yolg‘on tufayli fuqarolar tomonidan 
davlatning asosiy dogmati qabul qilinadi. Xudo insonlarni uch xil turdan bunyod 
etgan: “eng yaxshilari oltindan ishlangan, sal kamroq yaxshilari – kumushdan va 
oddiy xalq – mis va temirdan. Oltindan qilinganlari soqchi bo‘lish uchun yaroqli, 
kumushdan ishlanganlari jangchilar bo‘lishi kerak, qolganlar esa jismoniy mehnat 
bilan shug‘ullanishlari zarur” [15, 629]. 
Aflotun “Davlat”da davlat boshqaruvchilarini – soqchilar, faylasuflar – o‘sib 
borishiga katta e’tibor qaratadi. Aynan faylasuflar narsalarning asl mohiyatini 
anglashga qodirdirlar. Shu tufayli ham o‘z diologiga “G‘or” allegoriyasini kiritadi. 
G‘or tasviriga muvofiq u faylasuflarni bilan o‘z navbatida asir sanalgan oddiy 
odamlar farqini ochib beradi. Ular g‘orning asirlari, chunki ular noreal narsalarni, 
ya’ni ularni soyalarini qabul qiladilar. Faqat faylasufgina g‘or tutqunligidan qutilib
quyosh bilan ilk uchrashuvdagi achishtiruvchi og‘riqni yengan holda, yorug‘likka 
chiqishga qodir. 



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish