Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
50
w
www.oriens.uz
2021
February
Immanuil Kant esa, aksincha, Aflotun respublikasi “...qonunga muvofiq tarzda
har bir inson erkinligi qolgan boshqalarniki bilan to‘la mos ko‘rinishidagi anchayin
insoniy erkinlik...” [2, 285]ka asoslangan deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu davlat
tizimini istalgan davlat konstitutsiyasini tuzishda asos qilib olish zarur.
Bizning nazarimizda qiziq bo‘lgan bir necha fikrlarni keltirib o‘tamiz. Gotfrid
Vilgelm Leybnis yozadi: “Aflotunda eng ajib narsa... uning ruh o‘z o‘zini harakatga
keltiruvchi
substansiyadir...
materiyaga
qarama-qarshi
bo‘lgan
faollikni
boshlang‘ichidir degan ta’kidi sanaladi...” [3, 192].
Fridrix Nisshe o‘zining “Insoniy, haddan ortiq insoniy” asarida yunon
faylasuflarini “ruh tiranlari” deb ataydi. Albatta, Aflotunni ham hisobga olgan holda
uni “ qari odatiy sotsialist” [5, 446] deb ataydi.
V.S.Solovev Aflotun o‘zining ijodida Suqrotning erkin fikr quyidan pastga,
inson ustidan total nazoratni oqlovchi “Qonunlar”ga tushib ketgan deb hisoblagan [21,
624].
Lev Shestov yozadi, Aflotun soyalar chindek tuyuladigan g‘ordan chiqib
ketishni istaydi hamda xudolar o‘zlarining hech qanday chegaralanmagan erkinliklari
bilan yashaydigan sohasiga erishishni xohlaydi [25, 379].
Ushbu mavzuga aloqador zamonaviy qarashlardan, Aflotunda erkinlik tasodif
sifatida tasavvur qilinadi deganini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. “Fedr”da qalblar
g‘oyalar saltanatida yashagan holda “qandaydir tasodif” orqali jismga tushib qoladilar.
Shu tarzda qalb ontologik jihatdan tasodif bilan taminlanadi [23, 65].
A.F.Losev “Majusiylarning “Taqdir”i mistik va mifologik jihatlar o‘chirib
qo‘yilganda sababiyat haqidagi yangi Yevropa ta’limotiga aylanashidir” [4, 114] deb
hisoblaydi. Uning fikricha, yunonlar tasodifni ajratib ko‘rsatgan joyda uni xuddi
shunday deb nomlagan, yangi olimlar qandaydir koinot “uyg‘unligi”ni tirkab
qo‘yamoqdalar. Aflotunning taqdir va erkinlik to‘g‘risidagi fikrlari o‘sha davr
an’anaviy tasavvurlaridan farq qilmagan. Shunda savol tug‘iladi: Aflotun ta’limoti –
bu erkinlikmi yoki totalitarizmmi? Javob quyidagi tezisda yotadi:
Afinalik. Forslar,
keragidan ortiq monarxiya boshlanqichini sevib qoldilar, afinaliklar esa – erkinlikni;
shuning uchun ham na ularda va na bularda mo‘’tadillik yo‘q
[13, 693].
Aflotun erkinlik haqida tizimli ta’limot qoldirmagan. Erkinlik tushunchasi
tarixiy o‘zgarib borardi hamda Aflotunda savollar ta’rifi uning falsafiy qarashlari
kontekstini hisobga olmagan holatda to‘g‘ri emas. Qalb unda jism zindoniga
tashlangan, shuning uchun bu yerda, mana shu dunyoda erkinlik yetarlicha
muammolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |