Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
48
w
www.oriens.uz
2021
February
Shunday qilib, Aflotun bo‘yicha faylasuf boshqa davlat vakillariga nisbatan
ko‘p darajada erkindir. Haqiqatga intilish bo‘yicha erkindir hamda bu haqiqatni
o‘zining ham fuqarolariga yetkazish qobiliyatiga ega. Ammo shu bilan bir qatorda,
“soqchiga aylanuvchi faylasuf g‘orga qaytib kirishi hamda haqiqat quyoshini hech
qachon ko‘rmaganlar orasida yashashi kerak” [28, 114].
Eslatib o‘tish zarurki, turli davrlar, diniy e’tiqodlar va mamlakatlarga tegishli
insonlar uchun ulkan qadriyatlardan biri har doim erkinlik bo‘lgan. Hozirgi davr bu
g‘oyani, ayniqsa, yuqori cho‘qqiga ko‘tardi. Ammmo erkinlik tushunchasini
mazmunini tushuntirish turli madaniyatlarda bir biriga sezilarli darajada to‘g‘ri
kelmasligini ko‘rish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, uning bir biriga mos
ma’nosini aniqlash uchun Aflotun zamirida erkinlik ma’nosini shakllanishini ko‘rish
foydadan holi emas. Turli sohalarga aflotuncha an’anani ta’siri ko‘rinarli
masshtablarga yetishdi. Bertran Rassel sotsial davlat (SSSR) unga Aflotun
utopiyasini yodga solishini aytib o‘tgan [22, 428].
Agar asosiy e’lon qilingan zamonaviy g‘arbiy jamiyat tamoyili – individning
hususiy erkinligi g‘oyasi bo‘lsa, unda Aflotun o‘zining “Davlat”ida birinchi o‘ringa
adolat g‘oyasini qo‘yadi. Zamonaviy va aflotuncha erkinlik tushunchasini o‘xshash
va farqli ma’nolarini aniqlashga, uning Aflotun qo‘llagan asosiy aloqalarini,
shuningdek, mutafakkirning ijodiy davrlari davomida qarashlarining o‘zgarishini
ochib berishga harakat qilamiz. Erkinlikni keng qamrovli tushunilishi tufayli bu
masalani yangicha ko‘rish Aflotunda ijtimoiy-siyosiy sohadagi erkinlik va adolat
dialektikasi sifatida taklif qilinadi.
Erkinlik tushunchasining talqinini turli yo‘nalishlarda berish joiz. Yaqinda,
oldingi mafkura qulashidan avval erkinlik tushunchasi asosan, “apofatik”, ya’ni
jamoaviylikka,
jamoaviy-administrativ
tizimga,
mafkuraviy
senzuraga
va
boshqalarga qarshi bo‘lgan ko‘rinishda talqin etilgan. Yangi falsafiy lug‘atdagi talqin
bo‘yicha, erkinlik – “bu faoliyat imkoniyatini va tashqi belgilangan maqsad
bo‘lmagan
sharoitlarda
xulqini
aniqlovchi
sub’ekt
qatorining
madaniyat
universaliyasi sanaladi...” [6, 608].
Vl.Solovev fikri bo‘yicha, tanlov erkinligi – bu mantiqan xususiy borliq bilan
umumolamiy borliqning, individual mavjudlik bilan universal mavjudlikning chin
munosabati haqidagi savolga olib borish mumkin bo‘lgan bahsli masala. “...Ruhiy
ezguliklar tabiatidan majburiy bo‘lishi mumkin emas. Bu ezguliklar insonda ikkita:
yaxshilik, ya’ni
bizning irodamizning o‘z-o‘zidan ichki joylashuvi
hamda chinlik
(yoki huquqiylik), ya’ni
bizning aqlimiz bilan qanday bo‘lsa shunday qaqiqatning
Do'stlaringiz bilan baham: |