Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
51
w
www.oriens.uz
2021
February
V.S.Solovevning Aflotun qarashlari evolyusiyasi bahosi bo‘yicha fikriga
qo‘shilish hamda unga qisqacha ta’rif berish mumkin:
a) ilk Suqrot bosqichi – erkinlik fuqaro ezguligi (qul darajasiga qarama qarshi
holda) ko‘rinishiga ega bo‘ladi hamda ijtimoiy-huquqiy ahamiyat kasb etadi,
tushunchaning ushbu aspekti Aflotunning butun bir ijodi davomida o‘zgarmay qoladi.
Faqat erkin inson o‘zining shiddati ustidan hukumron bo‘lishi mumkin [7, 201].
Jumladan, yunonlar davlati ushbu qadriyat orqali boshqa davlatlardan ajralib turadi
[11, 100]. “Suqrot apologiyasi”da tushunchaning metafizik ma’nosini ajratish
mumkin. Asosiy ozod bo‘lish – bu qalbni tanadan ozod bo‘lishidir, shu jumladan
kechroq yozgan ko‘plab dialoglarida ham shunday. Bu yerda G.V.Drach kabi
izlanuvchi tomonidan e’tiborga olingan orfikchilik-pifogorchilik an’analari tasiri
ko‘rinib turibdi [1, 118]. Bu erkinlik tushunchasi ayrim variatsiyalar bilan, xuddi shu
kabi Aflotunning butun bir ijodi davomida o‘zgarmay qoladi. Qadriyat munosabatida
erkinlik yuqori turadi;
b) yetuklik davriga o‘tishda – o‘rganilayotgan tushunchaga nisbatan salbiy
baholar paydo bo‘ladi. Sofistlar bilan bahsda Suqrot erkinlikni barcha narsa
mumkinligi sifatida tanqid qiladi. Masalan, “Gorgiy”da [9, 29];
v) yetuklik davri – “Teetet”da falsafa bilan shug‘ullanayotgan yoshlar
huquqshunoslardan farqli ravishda o‘zlarida erkinlikni ham tarbiyalaydi [16, 229].
Metafizik ma’noda tushuncha “Timey”da o‘z aksini topadi: barpo etuvchi tafakkur
zaruriyatni qo‘lga oladi. “Davlat”da ideal jamiyatni qanday qurish haqida gap ketadi.
Hokimyatni jamiyatning nisbatan erkin motivatsiyalashgan vakillari sifatida
faylasuflar qo‘lga kiritadilar [26, 295].
Suqrot ideal davlat poydevorlarini asoslagan holatda tezda erkinlik jamiyatga
zarurdir, ammo bu shaxsiy erkinlik emas, balki butun bir davlatnikidir degan izoh
beradi. Davlatning markaziy g‘oyasi – adolatdir. Bu holat D.Lubke ishlarida ko‘p
uchraydi [27, 31]. Davlat erkinligi sifatida qonunlar nazarda tutilgan.
Ideal mamlakatlarda hukumdorlar xalqni qullar deb ataydilar. Ideal tuzumdan
ilk bor chekinish – bu timokratiyadir. U boyishga intiladi hamda hokimyatda boylar
turadigan oligarxiyaga aylanadi. Ezgulik o‘rniga boylik ulug‘lanadi. Bunday davlatda
bir vaqtning o‘zida ikki xil davlat paydo bo‘ladi – boy va kambag‘al.
Ba’zan kambag‘allar boylar ustidan g‘alaba qozonib, hammani fuqaroviy
huquqlarda tenglashtiradilar. Shunday ko‘rinishda, demokratiya paydo bo‘ladi.
Demokratik inson – hammasidan oldin erkin inson hamda davlatning o‘zida ham
butun boshli erkinlik, ochiqlik, va nima istasa shuni qilish imkoniyati tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |