Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
53
w
www.oriens.uz
2021
February
Jismoniy mashqlar bilan barcha shug‘ullanishi darkor. Otalarining fikriga
qaramasdan farzandlar ham bajarishlari kerak, axir bolalar ota-onalariga qaraganda
davlatga ko‘proq tegishlidirlar.
Karl Popper individ qadriyatini ko‘p marotaba ta’kidlab o‘tadi. “Boshlanqich
nuqta”ga mos bo‘lgan holda o‘sha individning o‘zida shaxsiy erkinlik mavjud bo‘ladi.
Aflotun burchak boshiga umumiy yoki davlat manfaatlarini qo‘yadi. Shu jumladan,
ushbu vaziyatda davlat ham erkin bo‘lishi zarur. Agar Popper erkinlikni individning
jamoaga omadli ravishda qarshi turishida topsa [19], Aflotun bo‘yicha bunday o‘zaro
munosabatlar kosmosga kiritilgan.
Aflotun to‘g‘ridan to‘g‘ri aytadi – eng yaxshi asos – tiraniyadir. Lekin ideal
davlatda: “...Erkinlik va do‘stlk idrok bilan bog‘liq holda mavjud bo‘lishi uchun unga
ham, bunga ham shubhasiz aloqador bo‘lish kerak” [17, 145]. Shuni e’tiborga olish
kerakki, “tiran” so‘zi Qadimgi Yunonistonda har doim ham yomon ma’noda
qo‘llanilmagan. Shu bilan Aflotun izlanishi tushuntirilmoqda.
Quyidagi tezis takroran: qonun – bu davlat erkinligidir. Aflotunning VIII
maktubidan quyidagi satrlarini keltirish o‘rinli bo‘lar edi. “...Bo‘ysunish kabi erkinlik
ham, agar ular chegarani bosib o‘tishsa, shu ulkan yovuzlikdir, shu miqdorda – ulkan
ezgulik hamdir: xudolarga qullarcha bo‘ysunish yaxshi, insonlarga esa yaxshimas.
Idrokli insonlar uchun qonun – xudo, nodonlarga esa - lazzatlanishdir” [12, 507].
Xulosa va takliflar
Shunday qilib, Aflotunning sof aql-idrokka asoslangan (rasionallik) va
an’anaviy mifologiyadan tayanch izlovchi ob’ektiv-idealistik tendensiya o‘zaro
kurashadi. Ikkinchisi g‘alaba qozonadi. Bu g‘alabaga ruhning ko‘chib yurishi
haqidagi qadimgi sharq g‘oyalari, shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Aflotunning ontologiya,
kosmologiya, mifologiyaga va erkinlikka oid qarashlari sharq falsafiy ta’limotlariga
yaqin turadi. Lekin gnoseologiya, etika va estetikaga oid ta’limotlarida o‘ziga xos
yunon ijtimoiy hayotining ta’sirini kuzatishimiz mumkin.
Tadqiqot
doirasida,
uning
xulosalaridan
ijtimoiy-falsafiy
tafakkurni
kengaytirishda, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalarning tegishli bandlarini yozishda,
mustaqil fikrni shakllantirishda, falsafa tarixiga, bilish nazariyasiga bo‘lgan ijobiy
munosabatni shakllantirishda foydalanish mumkin. Hozirgi kunda turli ta’limotlarni
o‘rganib, atroflicha tahlil qilib, zamonamiz talabiga binoan to‘g‘ri xulosa chiqarish va
ulardan yoshlarimizni ilmiy-ma’naviy dunyoqarashlarini kengaytirishda, barkamol
inson qilib yetishtirishda foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |