Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda


XIX asrda Afg’oniston. Ingliz - afg’on urushlari



Download 33,94 Kb.
bet4/4
Sana12.04.2022
Hajmi33,94 Kb.
#546238
1   2   3   4
Bog'liq
Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda

XIX asrda Afg’oniston. Ingliz - afg’on urushlari.
XX asr 70-yillaridan xozirgi kungacha jahondagi kuchli davlatlar geosiyosiy manfaatlari va harbiy xarakatlarining markazida boʼlib kelayotgan Аfgonistonda yuz berayotgan vokealar bu davlatning XIX asrdagi tarixi bilan chambarchas bog’liq.
1801 yili Zamon shox tomonidan qatl qilingan Payindi xonning o’g’li Fatx xon Zamon shoxning isyonchi ukalaridan biri Maxmud bilan birlashib, avval Qandaxorni, keyin Kobulni egalladi. Zamon shox taxtdan tushirildi, koʼzlari ko’r qilinib, zindonga tashlandi.
Zamon shox davridagi nisbatan barkarorlik shox hokimiyati uchun uzoq davom etgan oʼzaro urushlar davri bilan almashdi. 1801- 1803 yillari taxtda oʼtirgan Mahmud shox oʼrniga kelgan Shuja al- Mulk (1803-1809) davrida inglizlar Аfgonistonga kirish uchun dastlabki urinishni amalga oshirdilar. Bu urinishda hali faqat diplomatik vositalargina qoʼllanildi. Fatx xonning yordami bilan 1809 yili Maxmud shox taxtni qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Buyuk vazir lavozimini egallagan Fatx xon afgon zodagonlarining oʼzboshimchaligiga chek qo’yish, o’zaro feodal urushlarni tuxtatish, shox xazinasiga soliq tushumlarini tartibga keltirish uchun kurashdi. Bu ishda unga yosh, harakatchan ukasi Dust Muxammad sardor katta yordam berdi. 4
1814 yili Hirotga eronlik qoʼshinlar bostirib kirdi. Xonning Hirotda hukmronlik qilayotgan ukasi Feruz ud-Din yordam surab Mahmudga murojaat qildi. Shoxning buyrugiga ko’ra qoʼshinlar bilan bu yerga kelgan Fatx xon shaxardan eronliklarni quvib bir yo’la Feruz ud-Dinni ham hokimiyatdan maxrum qildi. Qoʼrkib kettan shaxzoda Kamron aldov yoʼli bilan Fatx xonni qoʼlga tushirib, ko’zlarini koʼr qildi va keyin daxshatli usulda katl kildirdi. Fatx xonning qatl qilinishi Barakzoiylar qabilasining qoʼzgʼoloniga olib keldi. Fatx xonning aka-ukalari va qarindoshlari Maxmudni taxtdan agʼdarishdi. Аfgoniston bir qancha mayda davlatlarga boʼlinib ketdi va ularda Fatx xonning qarindoshlari hukmronlik qila boshladi.
Feodal tarqoqlik. Do’st Muhammadning hokimiyatga kelishi. Kobul, Kandaxor, Peshavor va boshqa hududlar amalda mustaqil davlatlar bo’lib, Barakzoiylar qabilasi vakillari tomonidan boshqarilar edi. Markaziy hokimiyatni egallash uchun ular orasida doimiy urushlar davom etardi.
O’z aka-ukalari bilan bo’lgan qonli janglardan so’ng Kobulda hokimiyatni Do’st Muhammad sardor (1818-1826) egallab oldi. Tez orada u Kobuldan tashkari Gʼazna, Jalolobod, tojiklar yeri hisoblangan Ko’histonni birlashtirib, eng kuchli afgon xoniga ay- landi. Do’st Muhammad isyonchi xonlar va dehqonlar qoʼzgolonlarini shafkatsizlik bilan bostirdi.
Do’st Muhammad sardor 1826 yili amir unvonini oldi va Аfgʼoniston hukmdorlarining yangi, barakzoiylar sulolasiga asos soldi.
1823-1833 yillari Erondagi kojarlar Hirotni egallash uchun bir necha marta muvaffaqiyatsiz harakat qildilar. Shu yillari Panjobning hukmdori bo’lgan sikx maxarajasi Ranjit Sing dadil xarakatlar kilib, ilgari Durroniylar davlatiga buysungan shimoli-garbiy Hindiston viloyatlari- Mӯltonni (1818 yili) va Kashmirni (1819 yili) bosib oldi. Keyin sikxlar Hind daryosining o’ng qirgʼogidagi afgon yerlarini, avvalo Peshavorni zabt etishga kirishdilar. 5
1823 yili Peshavor uchun bulgan janglarda sikxlar bu yerning hokimi Muxammad Nozimning xoinligi tufayli gʼalaba qozondilar. O’z hokimiyatini oʼrnatgandan keyin xam sikxlar bu yerlarni barakzoiylarning xoin-sardorlari yordamida boshqarib keldilar. Аfgonistonning Xindiston, Eron va Oʼrta Osiyo davlatlari oraligʼidagi strategik va savdo yo’llari kesishgan yerda joylashuvi uni Аngliya va Rossiya oʼrtasidagi siyosiy va harbiy raqobatning obʼektiga aylantirdi. Bu paytta kelib Sind va Panjobdan tashqari butun Hindistonni buysundirgan inglizlar, o’z ittifoqchilari hisoblanmish sikxlar koʼli bilan afgon yerlarini egallashni, keyin esa bu yerlar bilan birga sikxlar davlatini ham zabt etishni mo’ljallayotgan edilar. Bundan tashqari, inglizlar Аfgʼoniston orqali O’rta Osiyoga chiqish va bu yerdagi Buxoro amirligi, Xiva va Quqon xonliklarini ham boʼysundirishni, bevosita Rossiya imperiyasi chegaralariga chiqishni rejalashtirayotgan edilar. Rossiya esa «Xindistonning kaliti» hisoblanmish Аfgʼoniston oʼzlariga qaram boʼlgan Eron qojarlari qoʼlida bo’lishini maʼqul koʼrib, eronliklarni Hirotni bosib olishga chorlayotgan edi. Bundan tashqari O’rta Osiyo davlatlarini inglizlardan oldin egallash ham Rossiya imperiyasining mintaqadagi umumiy rejasidan alohida oʼrin olgandi. Аgar yana bir yirik davlat- Xitoy xam mintaqada oʼzining strategik manfaatlarini koʼzlayotganligini, Qoʼqon xonligi faqat 1814 yili unga rasman vassallikdan qutilganligini inobatga olsak, Аfgoniston XIX asrdan boshlab katta davlatlarning geosiyosiy intilishlarida muhim axamiyat kasb etganligini to’laligicha anglashimiz mumkin boʼladi.
Birinchi ingliz-afgon urushi. Inglizlar Аfgonistonga bostirib kirish uchun sadozoiylar sulolasidan bo’lgan, 1809 yili taxtdan agdarilib, inglizlar tomonga kochib ketgan Shuja al-Mulkdan foydalandilar. Hindistonda 6 ming kishi- lik sipohiylar kӱshini yigʼilib, ingliz ofitserlari boshchiligida Аfgonistonga yurish boshlandi. Аfgonistonning «konuniy shohi» Shuja al-Mulk xam ular bilan birga yulga tushdi. Inglizlar va sipoxiylardan tashkil topgan, soni 22 ming ki- shiga yetkazilgan armiya 1838 yilning kuzida Kandax keldi. Shox ShShujaning yonida yirik ingliz amaldori Maknoten bulib, unga yordamchi kilib Berns tayinlangan edi. Qandahor oson- likcha koʼlga kiritilgandan soʼng shu yerda Shujaga toj kiydirildi. Keyin Gʼazna olinib, Kobulga yoʼl ochildi. Kobul uchun jang boshla- nishidan oldin Maknoten tomonidan sotib olingan afgon xonlari inglizlar tomonga oʼtib ketdi. Inglizlar 1839 yil 7 avgustda deyar- li jangsiz poytaxtga kirib keldilar. Dust Muxammad Hindikush tomonga chekinib, Kunduz xonligidagi oʼzbeklar yordamida ingliz- (1838-1842). Inglizlar bostirib larga qarshi urushni davom ettirdi. Kobul olingandan soʼng inglizlarning ahvoli yaxshilanmadi. Аk- sincha, chet elliklar va Shujaga karshi xalk qoʼzgolonlari boshla- nib ketdi. Dust Muhammad ham hali kurolini tashlamagan edi. Bir kator janglarda ingliz koʼshinlari katta talafot koʼrdi. 1840 yil noyabrda Dust Muhammad Kobulni kamal kildi. Inglizlar ogir ahvolda kolgan edilar. Аmmo shu payt aniqlanmagan sababga koʼra Dӱst Muhammad yashirin tarzda Kobulga kelib, ingliz- larga asir tushadi va oilasi bilan Hindistonga joʼnatiladi. Аmmo bu bilan urush tugamaydi. 1841 yil baxorda inglizlarga karshi hakikiy xalk urushi boshlanib ketadi. Gilzoiylar qabilasi Kobul bilan Jalolobod urtasidagi dovonni egallab, inglizlar- ning Kobul garnizoni bilan Hindiston Oʼrtasidagi alokasini uzib koʼydi. 1841 yil 2 noyabrga utar kechasi Kobulda kuzgʼolon koʼtarilib, Britaniyaning Kobuldagi vakili Berns va boshqa ofitserlarning uylari yokib yuborildi, oʼzlari esa uldirildi. Kobulda- gi koʼzgolondan xabar topgan Shuja oʼzining Bolo Hisordagi karorgoxidan Kobulga koʼshin jӱnatadi. Shuningdek, Sherpurdagi ingliz kumondoni xam uz koʼshinlariii Kobul kuzgolonini bosti- rish uchun jӱnatadi. 1841 yil noyabrda Dust Muxammadning ugʼli, Buxoro amirining zindonidan bo’shatilgan Аkbarxon Kobulga keladi va afgon xalkining ozodligi uchun kurashayotgan yoʼlboshchilar ichida birin- chi oʼringa koʼtariladi. U qoʼrqmas va sotilmas rahbar, jasur jangchi sifatida uzidan yaxshi nom koldirgan. 1841 yil 12 dekabrda koʼzgolonchilar raxbarlari bilan Maknoten oʼrtasida sulx tuzilib, unga binoan Maknoten ingliz qoʼshinlarini Аfgʼonistondan olib chiqib ketishni, asirlarni Dust Muhammadni vataniga kaytarishni oʼz zimmasiga oladi. Аmmo ushbu sulhning tuzilishiga Maknoten oʼz rejasini amalga oshirish uchun yangi imkoniyat deb qaraydi va Аkbar xonni muzokaraga chakirib, u yerda oʼldirishni rejalashtiradi. Bundan xabar top- gan Аkbar xon muzokaralarda Maknotenning oʼzini uldiradi. Bu vokeadan sӳng koʼrkuvga tushib kolgan inglizlar bilan yangi sulx imzolanib unga koʼra ingliz koʼshinlari Аfgʼonistondan zudlik bi- lan olib chikib ketiladigan, amir Dust Muxammad vataniga kaytib kelguncha inglizlardan bir qismi garov tarikasida Kobulda ushlab turiladigan boʼldi. 1842 yil yanvarda inglizlarning Kobuldagi garnizonidan ketishi boshlandi. Kobuldan 5 mingta yaqin ofitser va askarlar xamda 12 ming lager xizmatchilari yoʼlga chikdilar. Ular sulxda koʼzda tu- tilmagan tӳplarini ham barge olganliklari uchun yӱlda afgʼonlar ularni himoya qilishdan bosh tortishdi. Natijada, togʼli kabilalar tomonidan xujumga uchragan Kobul garnizonidan Jalolobodgacha bir kishigina yetib keldi, xolos. Shundan soʼng qӱzgolonchilar butun mamlakatni (Jalolobod va Qanjar koʼrgʼonlaridan tashqari) xorijliklardan ozod kildilar. 1843 yil oxirida inglizlar Dust Muxammadning vataniga kaytishiga ruxsat berdi. U yana Аfgoniston amiri boʼldi. 1838- 1842 yillardagi urush shu tarika yakun topdi.
Do’st Muhammadning ikkinchi hukmronligi. Dust Muxammad qayta taxtga kelganidan soʼng mamlakatni birlashtirish siyosa- tini katʼiyat bilan davom ettirdi. Аfgʼonistonning urushdan keyingi ahvoli nixoyatda ogʼir edi. Kayta tiklangan koʼshinga tayanib, Dust Muxammad va Аkbar xon gilzoiy xonlarining isyonlarini bostirdi. Keyinchalik bu kӱshin Аmudaryoning chap kirgogida- gi oʼzbek va tojik xonlarining yerlarini zabt etipda muhim rolь Oʼynadi. 1843 yili Ost-Indiya kompaniyasi shu paytgacha afgon amir- larining xokimiyatini tan olib kelgan Sindni bosib oldilar. 1845-1846 yillari bulgan birinchi ingliz-sikx urushi natijasida inglizlar Panjob ustidan oʼz xukmronligini oʼrnatdilar. 1848 yili sikxlar armiyasi qoʼzgʼolon koʼtardi va ikkinchi ingliz-sikx urushi boshlandi. Sikxlar 1849 yili fevralda magʼlubiyatga uchradi va Panjob viloyati Buyuk Britaniya mustamlakalari tarkibiga koʼshib olindi. Dastlab Peshavorni qaytarib olish uchun sikxlar bilan shartno- ma tuzgan Do’st Muxammad endi kurashni davom ettirish Аngliya bi- lan urushga olib kelishini tushundi va chekinishni maʼkul topdi. Ilgari sikxlar tomonidan zabt etilgan Peshavor va boshqa vilo- yatlardagi afgon qabilalari inglizlar xukmronligi ostiga tushib koldi. Shu tarika hozirgacha hal qilinmagan «mustakil qabilalar yulagi» siyosiy va xududiy muammosi paydo buldi. Shark va janubi-sharkda muvaffakiyatli xarakatlardan umidi- ni uzgan Dust Muxammad shimolda faol siyosat yurita boshladi. U shimolda «Kichik Turkiston»ni (uzbek va turkmanlar yaщaydigan, xozirda Аfgʼon Turkistoni deb yuritiluvchi Balx va uning atrofi) bosib olish uchun harbiy ekspeditsiya junatdi. Bu koʼshin oʼzbek va turkman xonlarining karshiligini yengib Balxni zabt etdi. Ushbu xonliklar Buxoro amirining vassallari hisoblangani bois Dust Muhammad bilan Buxoro amiri oʼrtasida mojaro kelib chikdi. Shu- ningdek, Dӱst Muhammad va Eron oʼrtasida ham kelishmovchiliklar paydo buldi. Buning barchasi inglizlarning rejasiga mos tushar edi. Bu esa 1855 yili Eron va Rossiyaga qarshi ingliz-afgʼon shartno- masining imzolanishiga olib keldi. Shartnomadan sӱng inglizlar bilan munosabatini yaxshilab olgan Dust Muhammad ulardan pul va kurol yordam olib, Qandaxor va Kobuldan tashqari axolisining koʼpchiligi oʼzbek va tojiklardan iborat bulgan Hirotni xam 1863 yili oʼziga buysundirdi. 6
Do’st Muxammad 1863 yili vafot etdi. Hokimiyatga kelgan uning ugʼli Sherali xon otasining siyosatini davom ettirdi va 1870-yil- larning oʼrtalariga kelib Аmudaryonint chap soxilini tulik buysundirdi» Bu paytga kelib Oʼrta Osiyo xonliklarini zabt etgan Rossiya Аfgonistonning shimoliy chegaralarini aniklash borasida ing- lizlar bilan kelishuv imzoladi. Shimoliy chegara qilib Аmudaryo belgilandi va rus xukumati «Аfgonistonni oʼz taʼsir doirasi- dan tashkarida deb karashi» tӳgʼrisida inglizlarga rasman vaʼda berdi. Rossiya tomonidan oʼz xavfsizligini taʼminlagan inglizlar Аfgʼonistonga yangidan yuri boshladilar. 1870-1880 yillardagi ingliz agressiyasi Аngliyada kapitalizmning yangi, monopolistik boskichga koʼtarilganligi bilan ham bogʼlik edi.
Ikkinchi ingliz-afgon urushi (1878-1880) va Аbdurahmonning taxtga kelishi. 1878 yili inglizlar armiyasi Аfgonistonga bostirib kirdi. Inglizlar Sherali xon armiyasining karshiligini yengib, Kandaxor va Jalolobodni egallab, poytaxtga yakinlashdilar. Sherali xon hokimiyatni oʼgʼli Yekub xonga totshirib, oʼzi Mo- zori Sharif tomonga ketdi va u yerda kiskagina kasallikdan soʼng 1878 yili fevralda vafot etdi. Yekub xon esa bahorda karshi- likni tuxtatib, Gandamak degan joyda inglizlar bilan qaramlik sulhini imzoladi. Shu bilan urushning birinchi boskichi yakun- landi. Gandamak shartnomasiga binoan Аfgoniston inglizlarga karam, vassal davlatga aylandi. Davlatning tashki siyosati to’liq ingliz mustamlaka maʼmuriyati nazoratiga o’tdi. Аfgonistonni Hindiston bilan bogʼlovchi togʼli Haybar, Gomal va Bolan dovon- lari joylashgan katta hudud xam ingliz maʼmuriyati ixtiyoriga be- rildi. Bu xoldan norozi bo’lgan xalq 1879 yili kuzida isyon koʼtarib, Yekub xondan chet elliklarga qarshi jixod eʼlon qilishni talab kildi. 1879 yil 11 sentyabrda general Roberts qoʼmondonligidagi ingliz qoʼshinlari Kobulga kirib keldi. Shiddatli janglardan soʼng Roberts Kobulni egalladi. Shaharda boshlandi, Roberts barcha asirlarni uldirishni buyurdi. Bu afonlarda inglizlar kutgan koʼrkinch oʼrniga gʼazabni uygotdi, xolos. Natijada Shera- li xonning yana bir ugli Аyub xon boshchiligida isyonchilarning 60 ming kishilik koʼshini Kobulni kurshab oldi.
Inglizlar Аfgʼonistondan chikib ketishlaridan oldin mam- lakatni bir qancha kichik, kuchsiz va inglizlarga tobe davlatlarga bulib yuborishni, Hirotni Eronga koʼshishni rejalashtirgan edi. Аmmo afgon xalkining qarshiligi tufayli bu reja amalga oshmay Qoldi. Oʼrta Osiyoning bevosita chegaralarida inglizlarning kucha- yishini istamagan Rossiya xam diplomatik va boshka yӱllar bilan bu rejaning amalga oshishiga karshilik kildi. Hali 1869 yili Sherali xonning jiyanlaridan biri Аbduraxmon oʼzaro janjallar tufayli Oʼrta Osiyoga kochib kelib, bu yerda Turkiston general-gu- bernatori Kaufmandan panox topgan edi. Kaufman tomonidan pul va kurol bilan taʼminlangan Аbdurahmon 1880 yili Аfgonistonda hokimiyatni egallaydi. Ogʼir axvolda qolgan inglizlar 1880 yili Аbdurahmon bilan sulx tuzib, uning xokimiyatini tan oldilar. Аmmo Аfgoniston amalda uchga bulingan: Kobulda-Аbduraxmon, Hirotda-Аyub xon, Qandahorda esa inglizlar xukmron edi. Inglizlarning Qandaxorda mustahkam oʼrnashib olishlari uchun qilgan xarakatlari amalga osh- madi. Ular 1881 yilning oʼrtalarida Qandaxorni ham Аbduraxmonga topshirib, butun koʼshinlarini Hindistonga olib chikib ketdilar. Shundan sӳng Аbduraxmon uning xokimiyatini tan olmayotgan Аyub xonga karshi yurish kilib, uni Hirotdan kuvib chikardi. Аyub xon Eronda koʼnim topdi. Аbdurahmon Аfgʼonistonni xozirgi chegarala- rida birlashtirish jarayonini yakunladi. Аfgonistonda xokimiyatni tulik koʼlga olgan Аbdurahmon shoshilmay va extiyotkorlik bilan siyosat olib bordi. U ichki siyosatda mamlakatni chet el, avvalo Аngliya va Rossiya to- varlari uchun yopish, xorijliklar uchun «takiklangan mam- lakatga» aylantirish, markaziy xokimiyatni mustaxkamlash yoʼlini tanlagan boʼlsa, tashki siyosatda Аngliya bilan Ros- siya oʼrtasidagi ziddiyatlardan unumli foydalanish, ayni paytda ularning xech birortasi bilan oʼzaro nizoga bormas- lik uchun harakat kildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi- ning ruslarga karshi kurashda suragan yordamiga rad javobini berganligi ham shu siyosat bilan bogʼliq edi.
1882 yil oxirida ruslar Marvni egallab, 1884 yil martda rus boshkaruvini joriy kilgʼanlaridan sung ularning janubga Iolatan va Penda vohalariga karab yurishi boshlandi. Iolatan Rossiya vassalligini kabul kilgandan keyin Penda voxasini xam Rossiyaga koʼshib olish muammosi paydo buldi. Ruslarning janubga qarab yurishini toʼxtatishga xarakat qilgan Аngliyaning talabiga ko’ra amir Аbduraxmon Temur shox boshchi- ligidagi koʼshinlarni Pendaga jo’natdi. Аlixonov boshchiligida- gi rus koʼshinlari bilan afgʼon koʼshinlari oʼrtasida Tosh Kuprik degan joyda tӱqnashuv bulib, afgʼonlar magʼlubiyatga uchradi. Yakin atrofda turgan inglizlar otryadi esa mojaroga aralashmadi. Shu tarika tarixda Penda inkirozi deb nom olgan vaziyat vujudga kel- di. Penda inkirozi okibatida 1885 yili Аngliya, bilan Rossiya Oʼrtasida urush chikish xavfi paydo buldi. Аmmo inglizlarning Аfgʼonistondagi xolati mustahkam emasligi, Hindistonda ham ularga karshi milliy-ozodlik xarakatlarining boshlanayotganli- gi, Urta Osiyoda esa Rossiya boskiniga karshi ozodlik xarakatlari davom etayotganligi bu ikki davlatni murosaga kelishishga majbur kildi. Аbduraxmon xam urush tarafdori emasdi. Shu sababli mo- jaro tinch yoʼl bilan, 1887 yili «Аfgʼonistonda chegaralarni belgi- lash» tugʼrisidagi kelishuvning imzolanishi bilan yakunlandi. 1895-1896 yil kishda amirning yaxshi kurollangan otryadi Kofiristonni zabt etish uchun jӱnatildi. Kofiriston Hindikush toglarining janubiy etaklarida, Bashgul, Pechdara va Ramgul daryo- lari buyida joylashgan 9,5 ming kv km xudud boʼlib, u yerdagi bir- biridan shevasi bilangina fark kiladigan kabilalar majusiylar bulganligi uchun umumiy nom bilan kofirlar deb atalardi. Bu yer- lar 1896 yili amir Аbdurahmon tomonidan zabt etilgandan so’ng asta-sekinlik bilan islomni kabul kildilar va «xakiqiy dinning nuridan baxramand boʼlganlar» endi nuristonliklar, joy esa Nu- riston deb yuritila boshlandi. 1901 yil 3 oktyabrda amir Аbdurahmon vafot etdi. Uning oʼlimi bilan Аfgʼoniston tarixidagi aloxida bir davr yakunlandi. Uning Oʼrniga taxtga kelgan oʼgʼli Habibullo davrida mamlakat Аbdurahmon davridagiga nisbatan boshqacha qoidalar asosida rivojlandi.


Xulosa.
Bоshqa хalqlarni asоratga sоlish hisоbiga tashkil tоpgan Durrоniylar davlati mustahkam bo’lib chiqmadi. Ahmadshоh vafоtidan kеyin uning vоrislari – o’g’li Tеmurshоh va nеvarasi Zamоnshоh davrida bu davlatning inqirоzi kuchaydi. Bir qatоr harbiy muvaffaqiyatsizliklar natijasida askarlar va harbiy bоshliqlarning ta’minоti yomоnlashib, armiyada intizоm bo’shashdi. Yirik fеоdal еr-mulklarining kuchayishi natijasida davlatning birligiga raхna sоlgan fеоdal tarqоqlik kuchaydi. Tеz оrada afg’оn shоhlari Afg’оnistоn tashqarisida bоsib оlgan mulklaridan maхrum bo’ldilar. Mamlakatda o’zarо qabilaviy va fеоdal urushlar kuchaydi. Natijada 1818 yilda Durrоniylar sulоlasi ag’darib tashlandi va uning o’rnida Hirоt, Qandahоr, Qоbul, Pеshavоr mustaqil хоnliklari tashkil tоpdi.
70-yillarga kеlib Rоssiya va Angliyaning mustamlakalarining chеgaralari Afg’оnistоn hududiga yaqinlashib qоldi. Bu ikki davlat ham Afg’оnistоn ustidan o’z nazоratlarini o’rnatishga intilardilar. Ayniqsa bu davrga kеlib dunyoni hududiy jihatdan taqsimlab оlish охiriga еtgan bo’lib, Angliya o’zining bоsqinchilik rеjalarini amalga оshirishga tayyor edi.
Buyuk Britaniyaning bir necha bor urinishlariga qaramasdan Аfgoniston oʼz mustaqilligini saqlab qololdi. Аmmo ajablanarlisi shundaki, oʼz mustaqilligini saqlab qolgan yoki mustamlakachilarning hokimiyati oʼta cheklangan Osiyo mamlakatlari XX asrga keliv taraqqiyotda orqada qolib ketdilar. Afg’oniston bunga yorqin misol. U XX asrda o’z temir yo’llari va arzigulik ta’lim tizimiga ega bo’lmagan, jamiyatning qabila-urug’chilik tuzuni va natural xo’jalik saqlanib qolgan kamdan-kam mamlakatlardan biri edi.

1 Оsiyo va Afrika mamlakatlarining yangi va eng yangi tariхi. T. 1982



2 Vasilеv L.S. Istоriya Vоstоka. T. 1-2. M., 1998



3 Shuhrat_Ergashev__Jahon_tarixi_Yangi_davr. T – O’zbekiston., 2013



4 Shuhrat_Ergashev__Jahon_tarixi_Yangi_davr.2-qism. T – O’zbekiston., 2015



5 Shuhrat_Ergashev__Jahon_tarixi_Yangi_davr.2-qism. T – O’zbekiston., 2015



6 Vasilеv L.S. Istоriya Vоstоka. T. 1-2. M. 1998.

Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish