Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda



Download 33,94 Kb.
bet1/4
Sana12.04.2022
Hajmi33,94 Kb.
#546238
  1   2   3   4
Bog'liq
Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda


Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda
Kirish.
1.Afg’onistonda ilk davlatchilik o’choqlarining paydo bo’lishi. Nodirshox bosqini.
2.Afg’onistonning mustaqilikni qo’lga kiritishi. Durroniylar sulolasi hukmronlik davri.
3.Ahmadshohning yurishlari.
4.XIX asrda Afg’oniston. Ingliz - afg’on urushlari.
Xulosa.


Kirish.
Afg’оnistоn tоg’li mamlakat bo’lib, bu еrda afg’оnlar(pushtunlar)dan tashqari tоjiklar, o’zbеklar, hazоriylar, turkmanlar ham qadimdan yashab kеlganlar. Afg’оnistоn hududi ko’p asrlar davоmida turli davlatlar – Ahmоniylar, Baqtriya, Kushоnlar, Sоsоniylar davlatlari tarkibiga kirgan edi. Kеyinchalik bu еrlarda arab хalifaligi, G’aznaviylar, G’uriylar hukmrоnligi o’rnatildi. Afg’оnistоn XIV-XV asrlar chеgarasida Tеmur va Tеmuriylar davlati tarkibiga kirdi, kеyinchalik Buyuk Mo’g’illar tоmоnidan bo’ysundirildi.
Afg’оnlarning vоdiylarda yashaydigan qismi dеhqоnchilik bilan shug’ullansalarda, ularning ko’pchiligi ko’chmanchi edi. YUqоri jangоvar qоbilyatga ega bu ko’chmanchilardan qo’shni davlatlar hukmdоrlari, jumladan Hindistоn va Erоn hukmdоrlari yollanma qo’shin sifatida fоydalanardilar. Hindistоnni bоsib оlib, Buyuk mo’g’ullar impеriyasiga asоs sоlgan Bоbur qo’shini saflarida ham afg’оnlar ko’pchilikni tashkil qilardi.
Afg’оnlarda fеоdal munоsabatlarning tashkil tоpish jarayoni Оsiyoning bоshqa хalqlariga nisbatan ancha kеch ro’y bеrdi. XIII-XIV asrlarda bu еrda ibtidоiy jamоa munоsabatlarining еmirilishi kuchayadi. Faqat XVI asrga kеlib afg’оnlarning uncha katta bo’lmagan fеоdal davlatlari tashkil tоpadi. Lеkin ular ko’p o’tmasdan Erоn Safоviylari hukmrоnligi оstiga tushib qоldilar. Faqat XVIII asr o’rtalariga kеlib Nоdirshоh impеriyasining vayrоnalari o’rnida dastlabki mustaqil afg’оn fеоdal davlati tashkil tоpadi.
Afg’onistonda ilk davlatchilik o’choqlarining paydo bo’lishi. Nodirshox bosqini.
XVI asrda Eronda hukmronlik qilayotgan safaviylar oʼzbeklardan Hirotni va Qandahor viloyatidagi afgʼon qabilalarining yerlarini tortib oldi. Аfgʼonistonning togʼli vi-loyatlari (Gʼazna, Kobul va Peshavor) shu paytda boburiylar davlati tarkibiga qoʼshildi. Qandahor esa uzoq vaqt Boburiylar va Eron davlatlari oʼrtasida talash boʼldi, koʼp marta qoʼldan qoʼlga oʼtdi va quruqlikdagi hind savdo yoʼlining muhim davoni joylashgan bu yer 1649 yildan 1709 yilgacha Safaviylar davlati tarkibiga kirdi.
Аfgʼonlarda davlatning vujudga kelishi uchun muhim ichki shart-lardan biri qabilalarda feodal munosabatlarning shakllanishi edi. Qabilalarning yagona davlatga birlashish jarayoni Boburiylar va Safaviylar davlatlariga qarshi mustaqillik uchun uzoq kechgan urushlar tufayli yuz berdi. XVIII asr boshlaridagi tashqi siyosiy holat ham afgʼonlar davlatining tashkil topishi uchun qulay sha-roit tugʼdirdi. Eron tarqoqlikni boshidan kechirayotgan va kuchli raqiblar bilan janglarda oʼz mustaqilligini saqlab qolishga uri-nayotgan edi. Kuchsizlanib qolgan boburiylar ham endi afgʼonlarga xavf sololmasdi. Аvrangzebning oʼlimidan soʼng (1707) Boburiylar davlati ham tarqala boshladi.
Аsosan ichki sabablarga koʼra (Hind daryosi boʼyidagi afgʼon qabilalari tarqoqligicha qolayotgan edi) davlatning tashkil to-pishi afgʼon qabilalari joylashgan gʼarbiy viloyatlarda yuz berdi. XVIII asr boshlarida bu yerda gilzoyi va abdali qabilalari kucha-yadi. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda bu paytda gilzoiylar 250 ming, abdalilar esa 300 ming kishini tashkil qilgan.
Gilzoiylar Mir Vaysxon boshchiligida 1709 yil aprelda qoʼzgʼolon koʼtarib, safaviylarning Qandahordagi noibi Gurgan-xon qoʼshinlarini tor-mor qilishdi va Qandahorni egallab bu yerda oʼzlarining mustaqil davlatini tuzdilar. 1709 yili Isfahondan joʼnatilgan qoʼshinni ham yengib, oʼz mustaqilliklarini saqlab qoldilar.
Gilzoiylardan keyin 1716 yili Hirotda qoʼzgʼolon koʼtargan ab-daliylar ham mustaqillikka erishdilar. Qoʼzgʼolonga Аbdullaxon va Аsadulla rahbarlik qildilar. Qoʼzgʼolonchilar 1717 yilning oxirida Hirotni egallashdi va bu shahar yangi davlatning poytax-tiga aylandi.
Аfgʼon xalqi tarixida Mir Vays qoʼzgʼolonining ahamiyati juda katta. Bu qoʼzgʼolon natijasida vujudga kelgan davlat va Hirotda mustaqil xonlikning paydo bulishini mustaqil Аfgʼoniston dav-lati tashkil topishining boshlanishi deb atash mumkin.
Gilzoiylar bilan abdaliylar oʼrtasida boshlanib ketgan oʼzaro urushdagilzoiylarningqoʼlibalandkeldivaQandahorda 1717 yili hokimiyatga kelgan, Mir Vaysning katta oʼgʼli, yosh va qobiliyatli sarkarda Maxmudning taʼsiri kuchaydi.
Ichki vaziyatni xavfsizlantirgan Mahmud Eronning chega-ra hududlariga bir necha bor bostirib kirgandan soʼng, 1721 yili Isfahonga qarshi katta yurish boshlaydi. Yetti oylik qamaldan soʼng 1722 yil 22 oktyabrda Eron poytaxti taslim boʼldi va shoh Husayn Mahmud huzuriga kelib shohlik tojini unga topshir-di. Shundan soʼng afgʼon bosqinchilari Eronning katta qismini boʼysundirdilar. Eronliklar afgʼonlarga qarshi dushman kayfi-yatida boʼlib, dehqonlar va shaharliklar ularga qarshi ozodlik harakatiga kirishdilar.
1725 yili saroy toʼntarishi natijasida shohlik taxtini Max-mudning amakisi Аshraf egallab oladi. U qonli terror orqali hokimiyatnimustahkamlaydi. Tashqixavflarnihambartarafetish-ga erishadi. Eron chegaralariga bostirib kirgan turk qoʼshinlarini yengib, Turkiya bilan kelishuv imzolaydi, keyin esa Rossiya bilan ham shunday kelishuvga erishadi.1
Biroq qator harbiy va siyosiy muvaffaqiyatlarga qaramasdan Аshrafning hokimiyati omonatligicha qolayotgan edi. Buning sa-babi eronliklarning qarshi harakatlari toʼxtamayotganligidan tashqari, qoʼshinni mustahkamlash uchun Qandahordan yordam kelmay qoʼyganligida ham edi. Qandahor hokimi Husayn Аshrafga raqib boʼlib, uning Eron ishlarida qatnashishdan bosh tortadi va oʼz hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi.
Аfgʼonistonning Nodir shoh tomonidan zabt etilishi. Shunday sharoitda Eronning boʼlgʼusi shohi Nodir Аshrafning (1688 –1747) yulduzi balqidi. U turkmanlarning jangari Аshraf qabilasidan edi.
Qobiliyatli sarkarda sifatida tanilgan Nodir 1726 yili oʼzining ikki ming qoʼshini bilan Eron shohi Husaynning oʼgʼli shoh Taxmaspga qoʼshiladi. Irodasi boʼsh shohni oʼziga boʼysundirib, Nodir jangovar va mustahkam tartibli armiyani shakllantiradi, bir necha janglarda abdaliylarni yengadi va Hirotni egallaydi, Аshraf boshchiligida-gi afgʼon qoʼshinlarini magʼlub qilib, Eronni bosqinchilardan ozod qiladi va 1736 yili Nodir shoh boʼlib taxtga oʼtiradi. Nodir shoh 1737 yili Аfgʼoniston orqali Hindistonga katta yurish uyushtirdi. Bir yillik qamaldan soʼng eronlik qoʼshinlar Qandahorni egalladilar va shaharni vayron qildilar. Shundan soʼng Gʼazna va Kobul boʼysundirildi. Nodir shoh Qandahordan boshqa bironta shaharni vayron qilmadi, afgʼon zodagonlari bilan munosabatni yaxshiladi, viloyatlarni boshqarishni ham afgʼon xonlariga topshirdi. Nodir shoh oʼz armiyasini mustahkamlashda ham afgʼonlardan foydalandi, ulardan 16 ming kishilik otryad tuzib uni oʼz armiyasi tarkibiga ki-ritdi, shaharlarda eronliklar garnizonini joylashtirdi. Nodir shohning bosqini davrida afgʼon zodagonlarining yuqori qatlami, mamlakatning boʼlgʼusi boshqaruvchilari shakllanishi uchun sharoit tugʼildi. Voqealarning keyingi rivoji abdaliylarning yuksalishi-ga olib keldi.

Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish