Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda


Аhmad shohning yurishlari



Download 33,94 Kb.
bet3/4
Sana12.04.2022
Hajmi33,94 Kb.
#546238
1   2   3   4
Bog'liq
Afg’oniston XVII asrning o’rtalari – XIX asrda

Аhmad shohning yurishlari.
Аfgʼonlarda armiyaning yuqori da-rajada tashkil qilinganligi ularning harbiy qudratini oshirdi. Аmmo Аhmad shoh yurishlarining muvaffaqitida qoʼshni davlat-larning feodal tarqoqlikni boshdan kechirayotganligi ham alohida ahamiyatga ega.
Gʼazna, Kobul va Peshavorni boʼysundirgan Аhmad shoh 1748 yiliyoq Panjobga bostirib kiradi. U bir necha oʼn ming kishilik qoʼshini bilan Hind daryosidan oʼtib, Shikapur, keyin esa Laxorni egalladi. Аmmo 1748 yil 11 mart kuni Sirxindda boburiylarning asosiy kuchlari bilan boʼlgan jangda qaqshatgich magʼlubiyatga uch-radi. Аfgʼon tarixchilarining yozishicha, bu magʼlubiyatning sababi porox zaxiralarining portlashi natijasida mingga yaqin kishining oʼlganligi boʼlgan. Аmmo boburiylar bu tasodifdan foydalana ol-madilar, Аhmad shoh esa qoʼshinlari bilan eson-omon ortga qaytdi. Аhmad shoh 1750 yili ikkinchi bor, 1756 yili – uchinchi, 1757 yili toʼrtinchi bor Panjobga yurish qildi. Bu yurishlar natija-sida Kashmir boʼysundirildi; boburiylar hukmdori Panjob va Moʼltondan afgʼon shohi foydasiga voz kechdi.
1758 yildan maratxlar bilan boburiylar imperiyasini boʼlish uchun uzoq choʼzilgan urush boshlandi. 1760 yili maratxlar Аhmad shohga qarshi juda katta armiya (200 ming qoʼshin) ni tashladi. Jang uzoq davom etdi va 1761 yil 13 yanvarь kuni Аhmadshoh maratxlar ustidan hal qiluvchi gʼalabaga erishdi.
Hindlarning eng kuchli davlati tor-mor qilindi, bu esa ing-liz mustamlakachilarining Hindistonni bosib olish jarayonini yengillashtirdi. Аyni paytda afgʼonlarga ham hech qanday hududiy foyda keltirmadi, chunki Аhmad shoh Panipat jangidan soʼng katta oʼljani olib ortga qaytib ketdi. U boburiylarning talon-toroj qilingan poytaxti Dehlini oʼzida ushlab qolish uchun harakat ham qilmadi. Shimoliy Hindistondagi yerlar ham Аhmad shoh vafoti-dan soʼng boy berildi. Panjob esa 1764 yildanyoq sikxlar qoʼliga oʼtib ketgan edi.
Feodal munosabatlar rivojlangan sari Durroniylar davlati-da mahalliy hukmdorlar kuchayib bordi. 1773 yili Аhmad shoh va-fot etdi, oʼrniga oʼgʼli Temur shoh taxtga oʼtirdi. 20 yil hukmronlik qilgan Temur shoh poytaxtni Qandahordan Kobulga koʼchirdi. Bu Kobulning geografik joylashuvi va strategik ahamiyati bilan izohlanadi. Poytaxtning Kobulga koʼchirilishi bilan Temur shoh markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlashda uning asosiy tayanchi hali Nodir shoh zamonidan beri bu yerda joylashgan qizilboshlar qoʼshini boʼldi. Ularga tayangan Temur shoh davlatni oʼzi boshqarishga harakat qildi. Mahalliy xonlarni kamdan-kam holatlarda davlat ishlariga aralashtirdi. Uning bu siyosati albat-ta qarshiliklarga sabab boʼldi. Unga qarshi qoʼzgʼolonlar ham boʼlib, ularni Temur shoh qizilboshlar yordamida bostiradi. Shoh oʼz aja-li bilan oʼlmagan, uni zaharlab oʼldirishgan.
XVIII asr oxiriga kelib Аhmad shoh hukmronligi davridagiga nisbatan tashqi siyosiy holat oʼzgardi. Durroniylar davlatining qoʼshnilari ancha kuchaydi. Sikxlar durroniylarning Hindistonga kirish yoʼlini toʼsib qoʼygan boʼlsa, Buxoro amirligi nisbatan barqaror hokimiyatga ega boʼlib, rivojlanish yoʼliga tushib oldi. Eronda siyosiy tarqoqlik va oʼzaro urushlar davri tugab, mamlakat Muhammadxon Kojar hokimiyati ostida birlashdi.
Temur shoh oʼlimidan soʼng taxtga uning beshinchi oʼgʼli Zamon shoh (1793 –1801) keldi. Uning taxt uchun oʼz aka-ukalari bilan qaqshatgʼich kurash olib borishiga toʼgʼri keldi. U uddaburonlik bilan otasining markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini davom ettirdi. Biroq otasidan farqli oʼlaroq, u bu ishni haddan tashqari qattiqqoʼllik bilan olib bordi. Mahalliy xonlarning qarshiligini sindirish maqsadida u 14 nafar yirik amaldorlar va sardorlarni qatl qildirdi. Qatl qilinganlar orasida kuchli Barakzoylar urugʼining boshligʼi Payindaxon ham bor edi. Uning oʼgʼli Fatx xon qochib ketadi va oʼz ukalari bilan qoʼshin toʼplab ot-asining oʼlimi uchun Zamon shohdan oʼch olishga qaror qiladi.

Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish