–
Qisqa tire
O‘rtacha tire
Raqamli tire
en-dash
(n-dash)
Alt + 0150
Raqamlar oralig‘ini ifodalash
uchun ishlatiladi:
• 3–4 dona;
• 1941–1945-yillar;
• 10–15 daqiqa.
Oldin va keyin bo‘sh
joy
qoldirmay
yoziladi.
—
Tire
Katta tire
en-dash
(m-dash)
Alt + 0151
Gaplar va bo‘laklarini ajratishga
xizmat qiladi:
• Til — bu millat g‘ururi.
• Bulbul chamanni sevar,
odam — vatanni.
•Toshkent — Samarqand
yo‘nalishi.
Oldin va keyin
bo‘sh joy
qoldirib
yoziladi.
49
Ikki nuqta
Ikki nuqta
– tinish belgisi. Ustma-ust qo‘yiladigan ikki
nuqtadan (:) iborat bo‘lib, asosan, quyidagi hollarda qo‘yiladi:
1) uyushiq bo‘laklar oldidan qo‘llanadigan umumlashtiruvchi
bo‘lakdan so‘ng. Misol:
Yig‘ilib keldi butun qishloq: keksa-yu
yosh, erkagu ayol;
2) bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni ajratishni
ko‘rsatish uchun. Misol:
Yakun qildim: ko‘z yoshlariga ikki bois
bor ekan asli;
3) ko‘chirma gapdan oldin qo‘llangan muallif gapidan so‘ng.
Misol:
U o‘yladi: shunday vaziyatda nima qilishim kerak? va b.
Qavs
Qavs (arab. – yoy, egilgan narsa) – o‘zbek tilida keng
qo‘llanadigan, ikki elementli (qo‘shaloq), asosan, gap o‘rtasida va
oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va
yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u “Turkiston viloyatining
gazeti”da 1873-yildan qo‘llangan, keyinchalik boshqa gazeta va
jurnallarda, kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hozirgi yozuvda
asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi qavs () asosiy me’yor
hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) o‘rta qavs yoki
katta qavs – [] va () – matematika, geometriya, kimyo va boshqalar
fanlarda, shuningdek, qavs ichida qavs keladigan holatda uchraydi.
Xususan, matematikada bu belgi amallarning bajarilishi tartibini
belgilash uchun ishlatiladi. Masalan: (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichi-
dagi amal bajariladi). Qavsning yopiluvchi (ikkinchi) qismi ba’zan
yozma nutqda ketma-ket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, ta’riflarni
raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham
qo‘llanishi mumkin.
Hozirgi o‘zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi:
a) kiritma konstruksiyalar (kiritma so‘z, kiritma birikma, kirit-
ma gaplar);
b) remarkalar;
v) sitata yoki misollarning manbalari;
g) tushuntirish, izoh, uqtirish ma’nosidagi so‘z, birikma va
gaplar, shuningdek, gazeta va jurnallardagi “davomi bor”, “boshi
3-betda” kabilar ham qavsga olinadi;
50
d) sitatadagi biror so‘z yoki jumlaga muallifning turli muno-
sabatini bildiruvchi so‘roq, undov belgilari, shuningdek, muallif to-
monidan sitataga kiritilgan gaplar. Qavsga olingan qism asosiy gap
(matn) bilan bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |