Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilgor va yangi pedagogik tajribalarni
O’rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar
xolatini aniqlash; bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni ekspremental tadqiq
qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyixa
satxi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri
asosida ularga muvofik metodik materiallar (o’quv reja, dastur, darslik va o’quv
yuklamasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik satxi -
pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta'lim
amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) satxi - ilmiy tadqiqotlar
natijalarining ta'lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baxolash.
Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta'lim va tarbiya, madaniyat
muassasalari) maqsadga muvofik tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon - ta'lim masalalari, uning taraqqiyotini xal qilishga qaratilgan,
maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o’zaro
munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari - pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy
talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning
qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik - ta'lim natijasi o’larok bilim, malaka va ko’nikmalar
majmuidan iborat bir kasbiy gurux doirasidagi faoliyat turi.
Pedagogik ixtisoslashish - pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir
turi.
Pedagogik malaka - muayyan toifadagi vazifalarni xal qilish imkoniyatiga
ega bulgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, uziga xos
tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog’lik tafakkur
qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta'lim qatnashchilarining ma'lum bir maqsadini
ko’zlagan ta'lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir.
Pedagogik maxorat - pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish,
xarakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori
samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik muloqot - ta'lim oluvchilarning maqsadlari xamda ularning
birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o’zaro alokalarni o’rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qullab-quvvatlashni tashkil etishning kup
qirrali jarayoni.
Pedagogik takt - shaxslar faoliyatini turli doiralarida ular bilan mulokotda
Bo’lishning pedagogik tamoyili, ulchovi, talabalar bilan ularning shaxsiy
xususiyatlarini xisobga olgan xolda tug’ri muloqotda bula olish malakasi.
Pedagogik texnika – 1) xar bir ta'lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta'sir
utqazishning samarali qullash uchun zarur bulgan malaka va kunikmalar majmuasi;
2) xar bir ta'lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta'minlash
uchun zarur bulgan malaka va kunikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni
birlashtirgan ta'limning uzaro bog’langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat - ta'lim maksadlarini amalga oshirishga qaratilgan
ijtimoiy faoliyatning aloxida turi.
Pedagogik o’yin - bilim olishga qaratilgan va ma'lum bir pedagogik natijani
Ko’zlagan xamda ta'lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat
turi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) - pedagogning dunyoga, pedagogik
voqelikka va pedagogik jarayonga bo’lgan intellektual va xissiy munosabati.