Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib
idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora
qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional kechinmalar
sifatida ro’y beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar
orqali o’rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulqatvorini
olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan
interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar
bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og’zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a'zolari faoliyatini va
modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini
o’rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish
xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan
o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy,
aqliy va estetik qarashlari yig’indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma'lum ob'ektga uzoq vaqtdavomida
muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko’lami – bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga
qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga
taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchisiga
ko’chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi.
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo’lib, bunda so’zlovchilar barobar teng,
birgalikda faollik ko’rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o’rnatishda o’z
fikrini o’tkazish xislatining yorqin namoyon bo’lishi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini
va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Yosh davri nizolari – o’ziga xos, uncha uzoqqa cho’zilmaydigan ontogenez
davrlari bo’lib, bu vaqtda keskin psixik o’zgarishlar yuz beradi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan
birlashgan odamlar guruhi.