O’z-o’zini tarbiyalash I) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va
rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruxiy
va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish - ta'lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan
o’qituvchining faoliyati.
O’qitish - 1) ta'limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy
bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta'minlanadi; 2) talaba va o’qituvchi,
talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muxit, uning
qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning
muntazam boshqarilish jarayoni.
O’qituvchining innovatsion faoliyati - ijtimoiy pedagogik fenomen bo’lib,
ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O’qitish vazifasi - ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
O’qitish turlari - sokratcha suxbat metodi, qoloq ta'lim, izoxlash-namoyish
etish asosida o’qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashti-rilgan ta'lim, o’quv
jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali xamda indnvidual ta'lim va boshqalar.
O’QISH – o’quvchinnng o’z qobiliyati, bilimi, malaka va ko’nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan xarakat.
Talabalarni kasbga yo’naltirish - talaba-yoshlarga kelajakda o’z kasblarini
aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy,
psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik
tadbirlarnnng asoslangan tizimi.
O’quv-bilish faoliyati - insoniyat tomonidan to’plangan madaniy boylikni
egallash bilan bog’lik faoliyat.
O’quv faoliyati shaxsning yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni
egallash jarayoni.
Qiziqish - shaxs xarakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli
shakli.
Xalollik - shaxsiy va ijtimoiy majburiyatlarni, axloqiy me'yorlarni
rostguylik bilan saqlash.
Xasad - o’zgalarpiig muvaffaqiyatlarini ko’ra olmaslikdan kelib chiqadigan
tyyg’u.
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni
o’rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar
xolatini aniqlash; bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni eksnerimental tadqiq
qilish va shu asosda pedagogik voqyelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyixa
satxi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri
asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o’quv reja, dastur, darslik va o’quv
ko’planmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik satxi -
pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta'lim
amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) satxi - ilmiy tadqiqotlar
natijalarining ta'lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baxolash.
Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta'lim va tarbiya, madaniyat
muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon - ta'lim masalalari, uning taraqqiyotini xal qilishga
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli
o’zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari - pedagogik faoliyatni tashkil etishning
asosiy talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning
qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik - ta'lim natijasi o’laroq bilim, malaka va ko’nikmalar
majmuidan iborat bir kasbiy gurux doirasidagi faoliyat turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |