Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet33/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Qadimgi arab qasidasi, qasidada mazmun va kompozitsiya. Islom­ga qadar o‘tgan to‘plamlarda yuzdan ortiq johiliyya davri ijodkorlarining she’riy asarlari jamlangan. Bular asosan, V asrdan boshlab VII asrning o‘rtalarigacha davom etgan asarlar edi. Qadimgi arab qasidasi odatda sahroda ketayotgan badaviyga muro­jaat qilib, shoir unga bir to‘xtab o‘tishni aytadi. Bu to‘xtash, ya’ni bekat joyi arablarda o‘tmishni eslash. Uning yaxshiliklarini xotirlash ma’nosini beradi. Shoir badaviy arabning tuyasi yoki otining tasvirini ham qasidada beradi. Keyinroq yashagan Ibn Qutayba “Shoir va she’r kitobi”da qasidaga xos xususiyatlarni tushuntirib bergan. Islomga qadar qasida umumlashtiruvchi janr bo‘lib, unda qo‘shiqqa xos xususiyatlar ham, dostonga has epik voqealar tasviri ham jamlangan.
Qasidaning lirik chekinish qismi nasib deb yuritilgan. Unda shoir o‘zining sevgi ehtiroslarini bayon qilgan. Nasib qasiadda o‘ziga xos kirish qismi vazifasini ham bajargan. Nasibdan ke­yingi qism vasf deb yuritilgan. Vasfda tinglovchilarni voqeani eshitishga tayyorlash, asosiy mavzuni qabul qilishga tayyorgarlik qilish nazarda tutilgan.
Qasidaning markaziy qismi faxr deb nomlangan. Unda shoir o‘zi erishgan yutuqlar bilan maqtangan, ya’ni madh va madih bu qismning asosiy qahramoni hisoblangan. Qasidada faxr bilan madh asosiy o‘rin tutadi. Ular bir-biridan nimaning tasvirla­nishiga va qanday qilib tasvirlashga qarab farqlanadi.
Qasidaning ayrim misralari hamniyat hisoblangan. Unda alo­hida shodlik va surur tasvirlangan. Shuningdek, qasidada hikma, ya’ni hikmatli so‘zlar ma’lum mavqeni bajargan. Uning ham qa­sida kompozitsiyasida ma’lum o‘rni bor. Qasida janri arab ada­biyotida shunchalar taraqqiy etdiki, u nafaqat johiliyya davri­ning asosiy she’riy janri bo‘lib qoldi, balki keyingi davrlarda ham she’riyatda asosiy mavqeni qozondi.
Islom Renesansi (Uyg‘onishi)
Islom dini ilk O’rta asrda barcha musulmon mamlakatlari singari O’rta Osiy xalqlari madaniyati, ma’naviyatining eng asosiy va nihoyatda muhim bo‘lgan qismigagina emas, xislatiga ham aylanganligini yuqorida qayd qilib o‘tdik.
Islomning asosiy muqaddas manbai – Qur’on oyatlari va suralaridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etilgan. Undan so‘ng asosiy manbai Hadis – Muhammad payg‘am­barning aytgan so‘zlari, uning hayotiy faoliyati, ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlar to‘plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan. Kalom so‘zi VIII asrlarda shakllangan bo‘lib, u islomning nazariy-falsafiy ta’limotidan iboratdir. Kalom O’rta Osiyoda ham keng tarqaldi. Qur’ondagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga ham asos bo‘ldi. Shariatda ular huquqiy tizim sifatida kuchga kirdi. So‘ngroq esa shariat qonun-qoida­larini ishlash, tartibga solish, talqin berish bilan shug‘ulla­nuvchi Islom ilohiyotining muhim sohasi – musulmon huquqshu­nosligi – fiqh vujudga keldi va O’rta Osiyoda keng tarqaldi.
Shu bilan birga islom dinshunosligining muhim tarmog‘i sifatida Qur’on, Hadis va boshqa diniy manbalarni talqin etish – tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi O’rta Osiyoda keng tarqaldi. Ularni shakllantirish va rivojlantirishda Movaroun­nahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qo‘shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umaman qadimgi madaniyatga ega bo‘lgan O’rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma’naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslikning yo‘nalishi sifatida munosabatda bo‘lingan.
Xususan IX asrda musulmon o‘lkalarida hadisshunoslik, hadis to‘plash, uni o‘rganib tartibga solish dinshunoslikning eng muhim sohalaridan hisoblangan. To‘plangan hadislarning hajmi, chin­ligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to‘plovchi) mashhur bo‘ldi. Shulardan uchtasi o‘rtaosiyo­likdir. Muhaddislar ichida eng obro‘lisi va mashhuri Imom Buxoriydir (809–870). U Buxoroda tug‘ilib, shu erda o‘z davri ilmlarini, ayniqsa diniy bilimlarni har tomonlama o‘rgangan. So‘ng o‘z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag‘dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi juda ko‘p shaharlarga borgan. Bu shaharlarda u ko‘p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, so‘ng o‘z Vataniga qaytib Samarqand yaqinida vafot etgan.
Buxoriydan bizga juda katta meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. “Al-Jome’ as-Sahih”, “At-tarix al-Kabir”, “At-tarix as-sag‘ir”, “Al-Adab al-mufrad” kabi asarlar shular jum­lasidandir. Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to‘rt jildli “Al-Jome’ as-Sahih” (“Ishonchli to‘plam”) bo‘lib, u “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham ma’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Buxoriy hadislarni to‘plash va bayon etishda ularning haqiqiyligiga katta e’tibor bergan. Uning diqqatm arkazida dinning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, tozaligi, dono­ligi, yaxshi va yomonni bir-biridan ajrata bilishi turadi. Din­ning, hadislarning asosiy maqsadi do‘stlik, adolat, o‘zaro muno­sabatlarni mustahkamlash, insonni yomonlikdan saqlash bo‘lgan.
“Sahih” butun musulmon olamida keng tarqalgan, unga taq­lidlar, sharhlar, tadqiqotlar yozilgan.
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo‘lmish mashhur muhad­dislardan biri Imom at-Termiziydir (824–892). U Termizga yaqin Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilib, Sharqning juda ko‘p shaharlarida bo‘lib, o‘z davrining diniy ilmlarini egallagan va o‘z vatanida vafot etgan. At-Termiziy o‘ndan ortiq diniy asarlar muallifidir. “Jome al-kabir” (“Jome at-Termiziy”), “Ash-Shamoil al-nabaviya”, “Al-Ilal fi-(fi-l)hadis”, “Risala fil xilof va-l-jdalal”, “At-Tarix”, “Kitob az-Zuxd” kabi asarlar shular jumlasidandir. Bu asarlar hadislardan tashqari filologiya, tarixga oid masalalarni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Termiziyning musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jome at-Termiziy” yoki “Sunan at-Termiziy”dir.
Bu asar islomda haqiqiy deb tanilgan mashhur 6 hadis to‘plamlaridan biridir. Bu hadislarda diniy masalalar bilan birga ahloqiy masalalar, insonparvarlik g‘oyalari o‘zining keng ifodasini topgan. Ularda axloqiy fazilatlar ulug‘lanib, o‘g‘­rilik, zo‘ravonlik, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, mamanlik kabi salbiy xislatlar qoralanadi. Termiziy merosi faqat diniy aha­miyatga ega bo‘lib qolmay, u axloqshunoslik, didaktika tarixida ham muhim o‘rin tutadi.
Islomda mashhur bo‘lgan muhaddislardan yana bir Abu Abdurahmon an-Nasoiydir (830–915). U Niso (Turkmaniston) shahrida tug‘ilib, Sharqning qator ilm markazlarida o‘z bilimini oshirgan, uzoq vaqt Misrda yashagan va o‘z vatanidan uzoqda – Palastinning Romla shaxarida vafot etgan. U Misrdalik chog‘ida hadislar to‘plami “at-Sunai al-Kubro”ni, so‘ngroq uning asosida eng ishonarli hadislarni ajratib, “Al-Mujtaba” nomidagi ikkinchi, qisqartirilgan “al-Sunan” kitobini yozib qoldirgan. Bu kitob ham islom dinshunoslari orasida katta obro‘ga egadir. 6 ta mashhur hadisshunoslarning qolgan uchtasi Eron va Arab mam­lakatlaridadir.
O’rtaosiyolik olimlar hadisshunoslik bilan birga islom huquqshunosligi – fiqh hamda Qur’onga tafsir yozish sohasida ham shuhrat qozonganlar. Masalan, O’rta Osiyodan chiqqan mashhur huquq­shunoslardan Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiylarni ko‘rsatib o‘tish zarur.
Burxoniddin Marg‘inoniy. Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy (1197 yilda vafot etgan) qator asarlar muallifi bo‘lib, fiqhga oid eng mashhur kitobi “Hidoya fi-l-furuz” (“Shariat sohalari bo‘yicha qo‘llanma”)dir. “Hidoya” musulmon huquqshunosligi sohasidagi eng yirik va keng tarqalgan asar­lardan biri bo‘lib, fors, ingliz va rus tillariga o‘girilgan va hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Xorazmshohlar hukmronligi davrida Movarounnahrda Abul-Hasan al Xorazmiy, An-Nahaviy al-Adab, Yoqub Sakkokiy kabi islom qonunshunosligi, ilohiyoti bilan chuqur shug‘ullangan taniqli olimlar haqida manbalarda qator ma’lumotlar keltiriladi.
Islomning asosiy manbai “Qur’on”ga tafsir (sharh, izoh) yozish sohasida ham bu davrdagi o‘rtaosiyolik olimlardan Xorazmda yashab ijod etgan Zamaxshariy, Faxriddin Roziy kabilar o‘z asarlari bilan Islom dinshunoslari orasida nom qozonganlar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Bu davrda dinshunoslik, islom ilohiyotini o‘rganish, kalom, fiqh, ilm-fan, ilmiy mada­niyatning muhim sohalaridan o‘rin egallagan. Shu sababdan bo‘lsa kerak bu davrda qomusiy olim-mutafakkirlar turli aniq libim­lar qatorida diniy bilimlar bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. Diniy bilimlarni O’rta asr ma’naviyati, madaniyati o‘zining uzviy va tarkibiy qismi sifatida talqin etgan.
Ilk islom davrida yashab ijod qilgan al-Axtal esa turli qabilalarni san’atkorona so‘zlar bilan masxara qilgani uchun shuhrat qozongan.77 Shoir al-G’iyos ibn G’avs al-Axtalning turli qabilalardan birini maqtab, ikkinchisini haqoratlab, bir-biriga qayrab qo‘yishi ko‘p qonli qirg‘inlarga sabab bo‘lgani uchun, yana Makka mushriklarining etakchilaridan Abu Sufyon ibn Harbning xotini Hind o‘zini oliy nasabli va shoira deb bilib, musul­monlarga qarshi jang oldidan qo‘shiqlar aytib, kofirlarni ruh­lantirgani uchun, yana Bani Isroil qavmidan bo‘lgan munofiqlar Muhammad rasulullohning payg‘ambarligini tan olmay, uni majnun shoir deb masxara qilganlari uchun islom dinida shoirlar va raqqosalarga qarshi nafrat qo‘zg‘olgan bo‘lishi mumkin. Shu fikrning isboti yana shunda ko‘rinadiki, Makka fatx etilgan kuni juda ko‘p aybdor mushriklar payg‘ambar tomonidan afv etilgan holda, Ibn Axtal (Al-Axtalning o‘g‘li, u ham shoir) va uning qo‘shiqchi joriyasi o‘limga hukm etilgan.
Ammo, bundan islom dini umuman she’riyatga va adabiyot va san’atga qarshi, degan ma’no kelib chiqmasligi kerak. Yuqorida aytganimizdek, arablar qadimdan she’riyat va qo‘shiqni yaxshi ko‘rganlar. Hijrat vaqtida Qubo qishlog‘i va Madinada minglab yigit-qizlar, ayollar rasulullohning kelishini childirma chalib, go‘zal qo‘shiqlar aytib kutib olganlar. Rasululloh bunday kutib olinishdan quvongan. Hazrat Abu Bakr, hazrat Bilol va hazrat Ali ko‘p hollarda she’r bilan murojaat qilganlar. Ayniqsa, hazrat Alining Qur’on va hadislarni ulug‘lovchi she’riy o‘gitlari, hikmatli so‘zlari islom olamida shuhrat qozongan. Bu dalillardan ko‘rinadiki, johiliyat davri axloqi va madaniyati asosan axloq­sizlik va madaniyatsizlikdan iborat edi. Faqat johiliyat davrida ham xayr-saxovat katta Xotam ibn Abdulloh ibn Sa’d benihoya xayr-saxovati, ehsonparvarligi bilan shuhrat qozongan. Ammo, u qabilasining shuhrati oshsin deb, otasining barcha boyliklarini, otlari, tuyalarini uyuri, podasi bilan talon-taroj qilib, bosh­qalarga berib yuboravergan. Shu xislati uchun otasi Abdulloh o‘g‘lidan voz kechgan. Ko‘rinadiki, ota, ona roziligini olish – jo­hiliyat davrida qadriyat hisoblanmagan. Qullar, cho‘rilar esa umu­man odam qatoriga qo‘shilmagan.
Islomiy axloq va madaniyatning eng katta g‘alabalaridan biri – turli qabila va urug‘larga mansub odamlararo urush-qirg‘in­larning qoralanishi, odamlarning bir-biriga mehr-muruvvati, musulmonlar­ning qullarni ham o‘zlaridek ko‘rishi, halollik va rostgo‘ylik, bi­rov­larga til va qo‘l bilan zarar etkazmaslik kabi umuminsoniy qadriyatlar musulmonlarning asosiy axloqiy va ijtimoiy qadriyat­lari deb e’lon qilindi.
Qur’oni karimda yaxshi, ezgu amallar Allohning nuri va hidoyati tufayli bo‘lishi, yomonliklar (kofirlarning qilgan amallari) “ustma-ust to‘lqin va ustini (qora) bulut qoplab olgan dengizlagi zulmatga” o‘xshashi aytiladi. Boshqa bir o‘rinda inson uchun foydali bilimlar zaytun moyi to‘ldirilgan shisha chiroqqa o‘xshatiladi.
Amerika sharqshunos olimi Frans Pouzental “Bilim tan­tanasi” (O’rta asr islom madaniyatida bilim kontseptsiyasi) kito­bida Qur’oni karimda va juda ko‘p ulamolarning kitoblarida bilim nuri, gunohlar zulmatida ilm – chirog‘ ekanligi ta’kid­lanishini aytadi. “Azalda mavjud Qalam ham nurdir, muqaddas kitobdagi yozuvlar ham Olloh nuridir.”78
Islom dini ilk O’rta asrda barcha musulmon mamlakatlari singari O’rta Osiy xalqlari madaniyati, ma’naviyatining eng asosiy va nihoyatda muhim bo‘lgan qismigagina emas, xislatiga ham aylan­ganligini yuqorida qayd qilib o‘tdik.
Islomning asosiy muqaddas manbai – Qur’on oyatlari va sura­laridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etil­gan. Undan so‘ng asosiy manbai Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, uning hayotiy faoliyati, ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlar to‘plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan. Kalom so‘zi VIII asrlarda shakllangan bo‘lib, u islomning nazariy-falsafiy ta’limo­tidan iboratdir. Kalom O’rta Osiyoda ham keng tarqaldi. Qur’ondagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga ham asos bo‘ldi. Shariatda ular huquqiy tizim sifatida kuchga kirdi. So‘ngroq esa shariat qonun-qoidalarini ishlash, tartibga solish, talqin berish bilan shug‘ullanuvchi Islom ilohiyotining muhim sohasi – musulmon huquqshunosligi – fiqh vujudga keldi va O’rta Osiyoda keng tarqaldi.
Shu bilan birga islom dinshunosligining muhim tarmog‘i sifatida Qur’on, Hadis va boshqa diniy manbalarni talqin etish – tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi O’rta Osiyoda keng tar­qaldi. Ularni shakllantirish va rivojlantirishda Movarounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qo‘shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umaman qadimgi madaniyatga ega bo‘lgan O’rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma’naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslik­ning yo‘nalishi sifatida munosabatda bo‘lingan.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish