G'AZAL. Lug'aviy ma'nosi "Oshiqona so'z". G'azal 5(3) - 17(19) baytdan iborat bo'ladi. G'azalning birinchi bayti o'zaro qofiyalanadi. Qolgan baytlarning toq misralari ochiq kelib, juft misralari birinchi baytga qofiyalanadi (a-a, b-a, c-a, d-a...)
Jonimdin o'zga yoru vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim,
Ko'nglum kibi ko'ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko'zga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo'y etmisham, netay,
Chun vaslga o'zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur, o'zungni o'rgatako'r, yorsizki, men
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.
G'azalning birinchi bayti matla' yoki mabda' deb yuritiladi (matla'-quyosh chiqishi). Oxirgi bayti esa maqta' deyiladi (maqta'-quyosh botishi). Maqta'da odatda ijodkorning taxallusi bo'ladi.
G'azal devonga birinchi kiritiladi.
Turkiy tilda g'azalning ilk namunasini "Qissasi Rabg'uziyda" Burhoniddin Rabg'uziy yozib qoldirgan. (Fors-tojik she'riyatida birinchi g'azalni Abu Abdulloh Rudakiy (Odam ush-shuaro) yozib qoldirgan).
Turkiy tilda eng ko'p Alisher Navoiy g'azal yozgan. Uning "Xazoyin ul-ma'oniy" ("Ma'nolar xazinasi", devoning 2-nomi "Chor devon") nomli devonning ichki to'rt devonining har birida 650 tadan 2600 ta g'azal kiritilgan. "Devoni foniy"ga kiritilgan fors-tojik tilidagi g'azallari soni esa 600 ta.
G'azal kompozitsiyasiga - tuzilishiga ko'ra 4ga bo'linadi:
1.Musalsal g'azal
2.Yakpora g'azal
3.Voqeaband g'azal
4.Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal
Bundan tashqari Muvashshax g'azallar ham bo'ladi. Bunda har bir baytning birinchi misralaridagi birinchi harflar olib yozib chiqilsa, kishi ismi kelib chiqadi.
O’zbek adabiyotida g’azallarni qofiyalanish tartibiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi:
gazalning qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, e-a, f-a,g-a,h-a
gazalning qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, e-a, f-a,g-a,h-a bu nima degani
a-a bu mubtalo-oshno so`zlari b-a esa - muddao so`zi, d-a dagi a Mosivo so`zi xuddi shunady davom etadi
O’zbek adabiyotida g’azallarni qofiyalanish tartibiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi:
1.Oddiy g’azal – g’azalning bu turi juda keng tarqalgan.Qofiyalanishi a-a, b-a,v-a
2.G’azali husni matla’ – bunda g’azalning birinchi baytidan tashqari ikkinchi bayti ham qofiyalangan bo’ladi.Sxemasi: a-a, a-a , b-a, v-a,g-a…
3.G’azal-qit’a – bunday g’azalning qofiyalanish tartibi qit’aning qofiyalanish tartibi bilan bir xil bo’ladi: b-a, v-a, g-a…
4.G’azali musajja’ – bu g’azalda odatdagi qofiyalardan tashqari ichki qofiyalar ham bo’ladi.
5.G’azal-muvashshah – bu g’azalning tuzilishi muvashshahning aynan o’zini eslatadi.
6.G’azal-muoshira – bu g’azal ikki yoki undan ortiq shoirning dialogi – munozarasi tarzida tuziladi.
7.G’azal-zulqofiyatayn – bu kam uchraydigan hodisa bo’lib, unda har bir bayt o’zaro qofiyalanadi: a-a,b-b,v-v,g-g…
8.G’azal zeb qofiya – bunda g’azalning barcha baytlari qofiyalangan bo’ladi.Bu ham kam uchraydigan hodisadir.Sxemasi: a-a,a-a,a-a,a-a,…
9.G’azal-chiston – bu topishmoqning o’zi.
10.G’azal-nazira(tatabbu’, tazmin) – shoirning boshqa bir shoir g’azaliga o’xshatib yozilgan g’azalidir.
Muvashshah – ma’naviy san’atlardan biri,ayni vaqtda she’riy janr.Bunda she’r asosan g’azal shaklida yozilib, she’r misralari boshidagi harflar yig’indisidan bironta kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |